Burxoniddin Zarnudjiy
. X11 asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan. O‘zining ko`p
yillik pedagogik tajribasini umumlashtirib, «O‘quvchiga ta’lim yo`lida kullanma» nomli
pedagogik asar yaratdi. Bu asar Shark mamlakatlarida ko`p marta nashr etilib, keng tarkalgan.
Unda pedagoglik kasbi, o‘quvchi va muallim muomala odobiga doir bir kancha kasbiy va
axloqiy talablar ifodalangan.
Muslixiddin Sa’diy She’roziy
ning «Guliston» va «Buston» kabi pedagogik – axloqiy
kitoblari eski o‘zbek maktablarida darslik sifatida o‘qitilgan. «Guliston» asarining «Tarbiyaning
ta’siri bayonida» deb nomlangan yettinchi bobida tarbiyachilik faoliyati, tarbiyashunoslik ilmi,
o‘qituvchi odobining bir necha muxim qonun – koidalari kizikarli xikoyatlar shaqlida bayon
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |