Murtazayev saidmurodxon saidaloyevich murtazayev saidalo murtazayevich bolalar fakultet terapevtik


Pulpitlarni zamonaviy davolash usullari



Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/103
Sana29.01.2022
Hajmi2,86 Mb.
#415716
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

Pulpitlarni zamonaviy davolash usullari.
 
PERIODONT YALLIG`LANISHI 
 
Bolalarda periodontitlarni o`ziga xos klinik kechishi. 
Bolalarda odatda surunkali periodontit o`tkir periodontitdan so`ng yoki birlamchi 
surunkali periodontit sifatida pulpa yallig`lanishi va nekrozi oqibatida, shu bilan 
birgalikda ayrim hollarda uzoq davom etgan, periodont to`qimasiga ta’sir ko`rsatuvchi 
mexanik mikrotravmalar (baland qilib qo`yilgan plomba, tishlar orasida qalam, ruchka 
va boshqa predmetlarni tutib turish odati, noto`g`ri qo`yilgan ortodontiya moslamalari 
va x. k.) natijasida yuzaga keladi. O`tkir mexanik kuchli travma oqibatida pulpa 


18 
to`qimasining o`lishi ham vaqt o`tishi bilan surunkali periodont yallig`lanishini yuzaga 
keltiradi. 
Infeksiyali surunkali periodontitlar ko`pchilik hollarda birlamchi surunkali 
periodont yallig`lanish sifatida kechadi. Surunkali periodontitlarda sut tishlari ildiz 
kanallari mikrobiologik tekshirilganda (4-8 yashar bolalarda) 70% Streptococcus 
Salivarius, 23% Stafilacoccus Albus topilgan. 
Bolalar yoshida periodont, pulpa va tish qattiq to`qimalarining o`ziga xos 
anatomik, gistologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, surunkali periodontitlar 
bir qator o`ziga xos klinik xususiyatlar bilan kechadi: 
1) Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda surunkali periodontitlar unchalik 
chuqur bo`lmagan kariyes kovagi mavjud tishlarda pulpa bo`shlig`ining yopiq bo`lishi 
bilan kechadi; 
2) Sut tishlarida asosan periodontitning granulyatsiyalanuvchi turi ko`proqq 
yuzaga keladi va ildizlarning patologik so`rilishi kuzatiladi; 
3) Yosh bolalarda kechadigan granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontit 
mavjud tishlar atrofidagi milk to`qimasida, katta yoshdagi o`smir bolalarga nisbatan 
deyarli barcha hollarda oqma yo`l borligi kuzatiladi; 
4) Ko`pchilik hollarda surunkali periodontit tish ildizlari bifurkatsiyasi sohasida 
suyak to`qimasining yemirilishiga olib keladi; 
5) Surunkali periodontitlarda pulpa nekrozi va o`suvchi soha to`qimasining 
o`sishi shakllanmagan ildizlarning o`sishini to`xtashiga sabab bo`ladi; 
6) Sut tishi ildizi atrofida paydo bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima doimiy 
tish follikulasiga tarqalib uning me’yordagi rivojini buzadi; 
7) Ko`p ildizli tishlar ildizi atrofida har xil yallig`lanish jarayonlari sodir bo`lishi 
mumkin (granulyatsiyalanuvchi, fibroz, granulematoz); 
8) Katta yoshdagi kishilarnikidan farqli o`laroq surunkali granulyatsiyalanuvchi 
periodontit bolalarda, aksariyat hollarda surunkali limfadenit va periost yallig`lanishi 
bilan kechadi. 
Surunkali kechadigan sut tishlari periodontiti yallig`lanish jarayonining va 
jadallik darajasiga qarab, uzoq muddat kechishi vaqtiga qarab har xil asoratlarga sabab 
bo`lishi mumkin. 
1. Sut tishlari periodont to`qimasidagi surunkali yallig`lanish jarayoni doimiy 
tishlar kurtagida ohaklanish jarayoni yuz bermasdan oldin shu kurtaklarni qamrab olib 
yallig`lanish jarayoniga tortgan bo`lsa, mazkur doimiy tish kurtaklarining o`lishi yuz 
beradi. Rentgen tasvirda tish kurtaklarini o`rab, ajratib turuvchi kortikal suyak 
plastinkasi erib ketganligi va tish kurtagining mavjudmasligi aks etgan bo`ladi. 
2. Bir qadar oxaklashgan doimiy tish follikulalarida uning atrofidagi surunkali 
perikoronal yallig`lanish tish kurtaklaridagi modda almashinuv va mineral almashinuv 
jarayonlarini buzishi oqibatida mahalliy gipoplaziyaning har xil ko`rinishlari yuz beradi. 
Shu bilan bir qatorda odontoblast hujayralar funksiyasi buzilsa bunda tishlar shakli va 
rangi buzilishi kuzatiladi. (Turner tishlari). 
3. Doimiy tish kurtaklarining sut tishlarining surunkali periodontiti tufayli 
nekrozga uchrashi oqibatida shakllanishi to`xtaydi va u sekvestrlarga ajralib parchalana 
boshlaydi. Sut tishlari olib tashlansa, alveola bo`shlig`ining yiring bilan to`lganligi va 


19 
doimiy tish sekvestrlari mavjudligi aniqlanadi. Bunday tish oldirib tashlashdan 
boshqaga yaramaydi. 
4. Sut tishlari periodontining surunkali granulyatsiyalanib yallig`lanishi doimiy 
tish kurtagini ajratib turuvchi kortikal suyak plastinkasini erta yemirilishiga va doimiy 
tishning muddatidan oldin chiqishiga sabab bo`ladi. Bunday xol o`z navbatida juft – juft 
bo`lib chiqish tartibini buzadi va tishlar qatori prikusining deformatsiyasiga olib keladi. 
Bunday bar vaqt chiqqan tishlar tezda kariyes jarayoniga uchraydi. 
5. Sut tishlari periodontitidagi surunkali granulyatsiyalanuvchi yallig`lanish 
jarayoni va muntazam ravishda yig`ilib turadigan yiringli ekssudat doimiy tish kurtagini 
o`rnidan siljitishi, uning holatini o`zgartirishi, o`z o`qi atrofida aylantirishi mumkin. Bu 
esa keyinchalik shu tishning vaqtida chiqmasligiga, til yoki lunj tomondan yorib 
chiqishiga sabab bo`ladi. 
6. Sut tishlari ildizi atrofidagi surunkali yallig`lanish jarayoni shu sohadagi 
doimiy tish kurtagining retensiyaga uchrashini, chiqmay qolishini ham ta’minlashi 
mumkin. 
7. Sut tishi ildizidan doimiy tish kurtagiga tarqalgan surunkali yallig`lanish 
doimiy tish kurtagini qamrab olgan ildiz kistasining hosil bo`lishiga olib keladi. 

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish