Bilimlar: Tilning kishilik jamiyatidagi ahamiyati. O'zbek tilshunosligi, o'zbek
adabiy tili, o'zbek xalq shevalari, til va yozuv, dunyo tillari, yozma adabiy nutq,
og'zaki adabiy nutq, nutq va matn, matnning xarakteri. «Davlat tili haqida»gi
Qonunning tarixiy va ijtimoiy ahamiyati.
O'zbek tilshunosligining asosiy bo'limlari.
Sintaksis. So'z birikmasi, gap, gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari (darak gap,
so'roq gap, buyruq gap, his-hayajon gap), gap bo'lagi, gapning bosh bo'laklari: ega,
kesim.
Sodda gap, yig'iq sodda gap, yoyiq sodda gap. Gapning ikkinchi darajali bo'laklari:
to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol. Tinish belgilari, ko'chirma gap. Uyushiq bo'lakli gaplar.
Undalma.
Do'stlaringiz bilan baham: |