Kelishikli bog‘lanish Ko‘makchili bog‘lanish
Kitobni o‘qidi do‘sti bilan bordi
Kitobga qaradi kitob haqida suhbatlashdi
Kitobda ko‘rgan akam kabi bo‘laman
Kitobdan olgan Vatan uchun ishlaymiz
Misollardagi birikmalarning barchasida to‘ldiruvchining tobe so‘z bo‘lib
kelayotganiga o‘quvchilar etibori qaratiladi. Ularni tobe qilgan narsa ana shu
kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar ekanligi aytiladi. Shuningdek,
ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga to‘ldiruvchi bo‘lishi va bir
so‘roqqa javob bo‘lishi tushuntiriladi.
“Gap bo‘laklari” mavzusini mustahkamlash uchun berilgan 116-mashqni
quyidagicha bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |