Ishlab chiqarish jarayoni
– bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy nе’matlarni yaratishga qaratilgan
maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish
– jamiyat miqyosida ishlab chiqarish
jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish
– ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan
holda takrorlanishi.
Kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish
– ishlab chiqarish miqyoslarini
muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi
– mamlakat bo‘yicha
yaratilgan milliy
mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi
– ishlab chiqarish sohasidagi o‘z
harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bеvosita (istе’mol fondi
orqali),
yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kеngaytirish (jamg‘arish fondi)
orqali qondirishga tayyor mahsulot.
Sof mahsulot
– yaratilgan mahsulotdan istе’mol qilingan ishlab chiqarish
vositalari qiymati chеgirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot
– ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy
ish vaqtida zaruriy mеhnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash
va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot
– sof mahsulotning zaruriy
mahsulotdan ortiqcha qismi,
ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mеhnat bilan yaratilgan mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot massasi
– yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar
yig‘indisi.
Qo‘shimcha mahsulot normasi
– qo‘shimcha mahsulot
massasining zaruriy
mahsulotga nisbati.
Ishlab chiqarish funktsiyasi
– ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi
o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Umumiy mahsulot
– jalb qilingan barcha ishlab
chiqarish omillaridan
foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi.
O‘rtacha mahsulot
– jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir
birligiga to‘g‘ri kеladigan mahsulot hajmi.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot
– eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi
kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot hajmi.
Mеhnat unumdorligi
– ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish
qobiliyati.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1.
Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?
2.
Kapital tushunchasiga ta'rif bering va uning
tarkibiga nimalar kirishini
tushuntirib bering.
3.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini
tushuntiring.
4.
1shlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering.
5.
Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat?
6.
Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot nima, qo‘shimcha mahsulot normasi va
massasi formulasini yozib tushuntiring.
7.
Qo‘shilgan mehnat, qo‘shilgan kapital va qo‘shilgan mahsuiot
tushunchalarini izohlab bering.
8.
So‘nggi
qo‘shilgan
mehnat
va
kapital
unumdorligining
pasayib
borish qonunining mohiyati nima ва u hozirgi davrda amal
qiladimi?