Oyoqlar parvarishi
Nafaqat qo‘ltiq ostida balki oyoqlarda kuchli terlash kuzatilishi mumkin va o‘g‘il bolada
zamburug‘ kassaligi bo‘lishi mumkin, goho shu sababli juda noxush hid keladi. Shuning uchun
oyoqlarda hid kelmasligi va zamburug‘ kasalliklari rivojlanmasligi uchun, muntazam ravishda har
kuni oyoqlarni yuvish, paypoqlarni har kuni yuvish va almashtirish, oyoq kiyimini tozaligi va
quruqligiga e’tibor berish kerak. Krasovkalarni yuvib quritish kerak. Muammo bo‘lsa oyoqlarni
tuzli vanna qilib, quritib, keyin Teymurov pastasini (aptekada sotiladi) har kuni to noxush hid
ketgunicha surish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |