Trener taqdimoti
O‘g‘il bolaning shaxsiy gigiyenasi
Organizmning jadal shakllanishi va gormonal o‘zgarishlar davrida o‘g‘il bolaning shaxsiy
gigiyenasi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi. O‘zgarayotgan organizmning sog‘ligi haqida
qayg‘urar ekanmiz, o‘g‘il bola organizmining bu davrda shakllanishi va shaxsiy gigiyenasi haqida
bilishimiz zarur.
Endi esa o‘smir o‘g‘il bola shaxsiy gigiyenasining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
Qo‘l tozaligi va parvarishi
Avvalo esda tutishimiz kerakki, qo‘llarimizni doimo ozoda saqlashimiz, shuningdek,
ko‘chadan uyga kirganda, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari bilan muloqotdan keyin,
xojatxonaga borgandan keyin va undan tashqari individual gigiyenik vositalardan
foydalanishimizdan oldin muntazam ravishda qo‘llarimizni yuvishimiz kerak. Undan tashqari
tirnoqlar ostida mikroblar yig‘ilmasligi uchun, tirnoqlarni muntazam olishimiz kerak, Qo‘llardagi
tirnoqlarni xaftada 1 marta, oyoqlardagini esa 2-3 xaftada bir marta olib turishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |