Umidlar varog‘i
Bu metod vaqt ziqligida, trening boshida ishtirokchilar faol ishlamaydigan yoki
muhokamada qatnashmaydigan kirish qismi bo‘lganda samaralidir. Bu vaqtda trener davra bo‘ylab
quyida keltirilgan jadval tasvirlangan bitta yoki ikkita (davraning ikki tomoniga) qog‘oz yuboradi
(rasmga qarang).
Ishtirokchilardan galma-gal jadvalga o‘z fikr-mulohazalarini yozish so‘raladi. Agar ularning
fikrlari jadvalda aks etgan fikrlarga mos kelsa, shu joyga belgi (+) qo‘yishlari mumkin. Trening
yakunida trener xuddi shu varaqlarni yana davra bo‘ylab yuboradi va ishtirokchilardan amalga
oshgan xohish-istaklarni o‘chirishni so‘raydi. Bunday ishni kichik guruhlarda ham bajarish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |