Mini-ma’ruza (10 daqiqa)
Muloqot – ma’naviy-madaniy boylik. Lekin u muhitga, sharoitga, boshqa kishining ruhiy
holati, kayfiyati va ehtiyojlariga qarab o‘zgarib turadi. Hamma bilan bir tartibda, bir usulda
muloqot qiladigan kishi uchramaydi.
“Muloqot” tushunchasi
ning bir nechta ta’rifi mavjud. Juda oddiy ta’riflardan biri
muloqot – boshqa kishi bilan axborot almashish (so‘z orqali yoki so‘zsiz) jarayoni bo‘lib, u
quyidagicha amalga oshadi: bir kishi ikkinchisining nima haqida gapirayotganini tushunadi.
So‘zlash, tinglash va tushunish – muloqot jarayonining asosiy tarkibiy qismlari.
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, u
insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘liq
ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham, uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Aslida har
bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot
jarayonlarining mahsulidir.
Muloqot odamlarning jamiyatda birgalikdagi harakatlarining ichki psixologik mexanizmini
tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi zamon talabiga asoslangan munosabatlar sharoitida turli
qarorlarni yakka tartibda emas, balki birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga
olsak, odamlarning muloqatchanligining psixologik xususiyatlarini aniqlab olish, rivojlantirish
orqali
har
bir
harakat
unumdorligi
va samaradorligiga erishish mumkin bo‘ladi.
Shaxsning muloqotchanligi uning rivojlanish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ayniqsa,
yetakchining aql-zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyatini, saviyasini, tafakkurini so‘zdagi
ifodasi bo‘lmish nutq madaniyatini ahamiyati yuksakdir. Yaxshi so‘z bilan kishilarning ishonchi,
qalbini egallash mumkin. Yaxshi muomala hayotning quroli bo‘lib, muomala madaniyatida so‘z
aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Odamning odobi dastavval uning tilida, keyin tili orqali
muomalasida ko‘rinadi. Shuning uchun odob doirasidagi muomala madaniyatini o‘zlashtirgan
kishilarga nisbatan farosatli, fahmli, odobli, aqlli, madaniyatli kabi sifatlar orqali baho beriladi.
Shaxsdagi muloqotga kirishuvchanlik xususiyatini kommunikativ sifatlar yoki
kommunikativ bilimdonlik tushunchasi bilan ataydilar. Kommunikativ malakalarga odamlarni
o‘ziga jalb eta olishni bilish, barcha odamlar bilan til topisha olish, guruh ichida tartibni saqlay
olish, o‘z so‘zini va gapini uqtira olish kabi bir qator sifatlarni kiritish mumkin. Shaxsdagi
kirishimlilik, ya’ni kommunikativlilik uning shaxsi to‘g‘risida fikr shakllanishiga, o‘z fikrini
bayon eta olishiga ham imkon beradigan sifatlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |