254
- o‗rtacha o‗tkir kechish- xuruj 3-6 oy davom etadi, klinik belgilari kasallikning o‗tkir kechishiga
qaraganda biroz sustroq bo‗ladi; patologik jarayon ham o‗rtacha faollikda kechadi. Davo-lanish
natijasi ham o‗rtacha bo‗ladi;
-cho‗zilgan kechish - xuruji 6 oydan ko‗proq davom etadi,
kasallik belgilari kam,bir maromda
bo‗lib, patologik jarayon o‗rta darajadagi faollik bilan kechadi, uzluksiz qaytalaydigan, kechishi
to‗lqinsimon va noto‗liq sog‗ayish bilan o‗tadi, shikastlangan a‘zolar soni har xurujda ko‗payib
boradi;
— yashirin kechish — revmatizm bilan shikastlanganlik ko‗pincha klinik, laboratoriya hamda
asboblar bilan tekshirishda aniqlanmasligi mumkin. Bemorda revmatizmning yashirin kechganini,
kasallikning asorati —yurak illati paydo bo‗lganidan bilish mumkin.
Klinikasi. Ma‘lumki, revmatizmda yurak va qon tomirlar sistemasi jarohatlanadi. Shu sababli
revmatizmning hamma belgilarini yurak va yurakdan tashqari belgilarga bo‗lish maqsadga muvofiq
bo‗lib, kasallikning klinik manzarasini shu nuqtayi nazar-dan o‗rganish kerak. Revmatizmning
klinik manzarasi kasallik davri, yallig‗lanish
jarayonining faollik darajasi, kasallikning kechish
xususiyati, tabiati, yurak illatlari va yetishmovchiligi mavjudligi va boshqalarga bog‗liq.
A.I.Nesterov fikricha, kasallik-ning rivojlanishi va klinik manzarasi shakllanishida uchta asosiy
davrni farq qilish mumkin.
Yurak illati shakllangan, bundan tashqari yurak yetish-movchiligi paydo bo‗lgan bemorlarda
revmatizm qaytalansa, uning faollik belgilarini topish ancha qiyin. Revmatizmning birinchi xuruji
ko‗pincha o‗tkazilgan infeksiya bilan bog‗liq bo‗ladi. Angina yoki yuqori nafas yo‗llarining
shamollashidan 1-2 hafta o‗tgach tana harorati ba‘zida 38-40°C gacha ko‗tariladi, bir kunlik
o‗zgarish 1-2°C ni tashkil qiladi va ko‗p terlash kuzatiladi. Revmatizm qaytalanib, navbatdagi yangi
yallig‗lanish faqat o‗tkazilgan infeksiya bilan bog‗liq bo‗lmay, balki boshqa sabab-lar:
sovuq
qotish, jismoniy zo‗riqish, jarrohlik muolajalaridan keyin bo‗lishi mumkin.
Kasallikning
eng ko‗p uchraydigan belgisi- yurak shikastlanishi - revmokarditdir.
Revmokardit deganda, bir vaqtning o‗zida yurakning miokard va endokardit (80-100% bemorlarda)
shikastlanishi nazarda tutiladi.
Revmokarditda ko‗pincha miokardit (80-100%), 15-10% bemorlarda pankardit kuzatiladi.
Miokardning klinik belgilari eksudatli yallig‗lanishning miokardga tarqalish darajasiga bog‗liq
bo‗ladi. Shunga ko‗ra yaqqol, o‗rtacha va sust ifodalangan kar-ditlar farqlanadi. Katta yoshdagi
odamlarda revmokardit yengilroq, o‗rtacha va sust ifodalangan ko‗rinishda o‗tadi. Bemorlar yurak
sohasidagi kuchsiz og‗riq va noxush sezgilardan, harakat qilganda hansirashdan, ba‘zi hollarda
yurak urishi yoki yurakning notekis urushidan shikoyat qiladilar. Bu belgilar yurakning revmatizm
bilan shikastlanganligiga xos belgilar bo‗lmay, balki uning boshqa kasalliklarida ham uchraydi.
Perikardit hozirgi davrda revmatizmning yurakdan tashqari belgilariga o‗xshab kam, asosan,
yoshlar va bolalarda, revmatizm o‗tkir kechganda uchraydi. Quraq perikardit rivojlanganda
bemorlar yurak sohasida paydo bo‗lgan doimiy og‗riqdan shikoyat qiladilar. Yallig‗lanish suyuqligi
yig‗ilishi bilan ekssudadtli peri¬kardit yurak qopchasida seroz-fibrinoz yallig‗lanish suyuqligi-
ekssudat paydo bo‗lishiga olib keladi; bu holda suyuqlik perikard varaqlarni bir-biridan ajratib
yuborganligi tufayli yurak sohasidagi og‗riq yo‗q bo‗lib ketadi. Bemorning gorizontal holatida ku-
chayadigan hansirash paydo bo‗ladi. Quraq perikarditda
perikard ishqalanishi shovqini, yurak
chegaralarining hamma tomonga kengayganligi, yurak qopchasiga suyuqlik yig‗ilganda esa tonlar-
ning pastligi, katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi belgilari paydo bo‗lganligi aniqlanadi.
Revmatik poliartit revmatizm o‗tkir kechganda 50% bemorlarda uchraydi. Bemorning katta
bo‗g‗imlarida og‗riq paydo bo‗lganligi, faol harakat qilish qiyinlashganligi va cheklanganligi,
bo‗g‗imlarning qizargani va hajmi kattalashganligi qayd etiladi.
255
Davolash.
Hozirgi
davrda
revmatizmni
davolash
uch
bosqichda
olib
boriladi.
1. Kasallikni faol davrida kasalxonada davolash.2. Kasalxonadan chiqqandan keyin davolashni
poliklinikani kardiorevmatologik xonasida davom ettirish.3. Bemorni ko‗p yillar davomida
poliklinikada kasallik qaytalanishining oldini olish maqsadida davolash va nazorat qilib
borish.Davolash muolajalari quyidagilardan iborat:a) streptokokk infeksiyasiga qarshi kurashish;b)
faol revmatik jarayonni davolash; d) immunologik o‗zgarishlarni bartaraf qilish. Revmatizmning
faol davrida streptokokk infeksiyasiniyo‗qotish
uchun antibiotiklar, asosan, penitsillin va yarim
sun‘iy penitsillinlar qo‗llaniladi.Davolash ikki hafta davomida olib boriladi. Sulfanilamidlar va
tetratsiklin guruhidagi antibiotiklarni qo‗llash maqsadga muvofiq emas, chunki bu dorilar
bakteriostatik ta‘sir ko‗rsatib, streptokokklarning chidamli turlari paydo bo‗li-shiga olib kelishi
mumkin. Faol revmatizmni davolashda yallig‗la-nishga qarshi har xil nosteroid dorilar ham
qo‗llaniladi. Bulardan asetilsalitsilat kislota 1 g dan 3—4 marta (bir kunda 3—4 g) beriladi. Bu dori
bemorga foyda bermasa yoki yoqmasa, 0,4 g dan bir kunda 3 marta brufen yoki 0,15 g dan butadion
buyuriladi. Qo‗shimcha salbiy ta‘siri kamroq bo‗lgan voltoren yoki indo-metatsin (0,05 g dan bir
kunda 3 marta) ham berilishi mumkin. Bu dorilarni ovqat yoki sut bilan bir vaqtda ichish kerak.
Bemor shifoxonadan chiqqandan keyin asetilsalitsilat kislotani bir kunda 1,5—2 g, brufenni 0,6 g,
indometatsin va voltorenni 0,02—0,05 g ichish buyuriladi, bu dorilarni poliklinika shifokori
nazorati ostida qabul qilish kerak. Ambulatoriya sharoitida davolanish muddati revmatik
jarayonning kechish xususiyatlariga: o‗tkir, o‗rtacha o‗tkir kechganda, 1—2 oyga cho‗zilib va
uzluksiz qaytalab kechganda, 2—4 oy bo‗lib, laboratoriya ko‗rsatkichlarining asli holiga qaytishiga
bog‗liq.Kasallik qaytalashining oldini olish tadbirlari bemorlarga yil bo‗yi har oyda 1500000 TB
dan bitsillin-5 qo‗llab, streptokokk
infeksiyasiga qarshi kurashish, infeksiya o‗choqlarini davo-
lashni o‗z ichiga oladi. Revmatizm bilan kasallanganlar, albatta, dispanser hisobiga olinadi va
kasallik qaytalanganligini o‗z vaq-tida aniqlash, uni davolash, yurak illatlari og‗irlashib borganda
jarrohlik usuli bilan davolash zarurligi masalalari hal qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: