Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafеdrasi



Download 14,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/393
Sana28.01.2022
Hajmi14,95 Mb.
#414749
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   393
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Elektrokardiogrammani o‘qish. 
EKG ni o‘qish (shifrini topish) yurak maromini tahlil 
qilishdan boshlanadi. Avvallo yurak faoliyatini hamma davrida P – P oralig‘ining 
muntazamliligini baholash kerak (III nafas olishdagi ulanishdan tashqari). So‘ngra qorinchalar 
ritmining tezligi aniqlanadi, buning uchun sekundlar soni P – P oralig‘I kattaligiga bo‘linadi. 


249 
Agar marom noto‘g‘ri bo‘lsa va P – P masofasi har xil bo‘lsa, lekin farqi kam bo‘lsa (0,01 sek 
gacha), bu holda marom tezligini aniqlash uchun P – P masofasining bir qanchasini o‘rtacha 
davomliligi olinadi. P – P masofasi har xilligi yurak urish maromi buzilganligidan dalolat 
beradi. Marom manbaini aniqlash uchun P – tishning qorinchalar kompleksiga bog‘liqligini 
bilish kerak. Agar P – tishi me‘yordagi shaklga ega bo‘lsa va ORS kompleksidan oldin kelsa, 
marom manbai sinus tuguni deb hisoblanadi. 
P – tishning tahlili. P – tishi bo‘lmachalar qo‘zg‘alishini ifodalaydi. Me‘yorda P – tishi 
hamma ulanishlarda musbat bo‘ladi, ba‘zan 2 davrli yoki manfiy bo‘lishi mumkin. I va II 
ulanishlarda uning kattaligi 0.250mv dan oshmaydi. Kengligi 0.1 sek. Yuqoriga ko‘tarilish 
bo‘g‘imi o‘ng bo‘lmachaning, pastga tushishi chap bo‘lmachaning qo‘zg‘alishini ifodalaydi. 
P – tishi me‘yorda II ulanishda eng katta balandlikka ega bo‘ladi. P – Q oralig‘i bo‘lmacha 
depolyarizatsiyasi bo‘lib, qo‘g‘alishning atrioventrikulyar tugundan o‘tishiga ketgan vaqtni 
ifodalaydi. P – Q oralig‘ining davomiyligi yurak qisqarishining tezligiga bog‘liq bo‘lib, 
me‘yorda 0.12 dan 0.18, 0.20 sek gacha o‘zgarib turadi. P – tishining kengligini va P – Q 
oralig‘i davomliligini o‘lchash ulanishlarning eng katta tishida bajariladi, u II ulanish bo‘lib 
hisoblanadi. 
Q tishi qorinchalararo to‘siqning depolyarizatsiyasini ifodalaydi, u doimo manfiy bo‘ladi va 
odatda P – tishning 
1
/

qismidan oshmaydi, kengligi 0.03 sek gacha bo‘ladi. Q tishi ko‘rsatilgan 
parametrlardan chiqadigan bo‘lsa, u muskullarda patologik o‘zgarishlar belgisi bo‘lib 
hisoblanadi. 
R – tishi yurak qorinchalarining oldingi, orqa, yon tomoni hamda yurak uchi 
depolyarizatsiyasini ifodalaydi. R – tishning kattaligini baholashda uning har xil ulanishlardagi 
balandligini, bir – biriga bog‘liqligini ko‘zda tutish, R va S tishlarning o‘zaro munosabatiga 
ahamiyat berish kerak. R – tishning kattaligi me‘yorda 0,5-1,5 mv ga teng bo‘ladi. Agar R – 
tishning kattaligi standart ulanishda 0,5 (5mm) yoki bu tishlar kattaligining yig‘indisi uchala 
standart ulanishda 1,5 mv (151mm) dan oshmasa, bunda EKG voltaji past hisoblanadi. S – tishi 
manfiy, R – tishdan keyin keladi va yurak asosining qo‘zg‘alish jarayonini ifodalaydi. Kattaligi 
yurak elektr o‘qining holatiga, ulanishga va boshqa sabablarga ko‘ra o‘zgaradi. 
QRS – kompleksi yurak qorinchalari depolyarizatsiyasi jarayonini ifodalaydi. Uning kengligi 
Q – T tishning boshlanishidan S – tishning oxirigacha o‘lchanadi. S – T oralig‘I qorinchalarda 
qo‘zg‘alishning so‘nish vaqtiga va asta – sekin repolyarizatsiyasining boshlanishiga to‘g‘ri 
keladi. Me‘yorda S – T oralig‘I izoelektr chizig‘ida bo‘lib, u 1mm gacha tebranishi mumkin. T 
– tishi qorinchalarning tez repolyarizatsiyalanish jarayonini ifodalaydi, u hamma ulanishlarda 
musbat bo‘ladi, faqat AVR – ulanishda hamma vaqt manfiy bo‘ladi. T – tishning balandligi R 
tishning balandligi 
1
/
4

2
/

qismi teng bo‘ladi. T – tishni baholashda uning yo‘nalishiga, shakliga 
va kattaligiga ahamiyat berish kerak. T – tishning o‘zgarishi aniqlanganda uni albatta QRS – 
kompleksi va S – bo‘g‘imi bilan solishtirish kerak. Q – T oralig‘I (QRST) T – tishning 
oxirigacha o‘lchanadi, u qorinchalarning elektrik qisqarishiga mos keladi. T – tishning 
davomliligi yurak qisqarishining tezligiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi. 
Q – T oralig‘ini aniqlash uchun turli formulalar belgilangan. Bazetta formulasi eng ko‘p 
qo‘llaniladi. Q – T = K • R – R; K – koeffitsent. U erkaklar uchun 0.37 ga va ayollar uchun 
0.39 ga teng. 
U – tishi hamma vaqt ham aniqlanavermaydi. T – P oralig‘i yurakning elektrik diastolasini 
ifodalaydi. 
AVR da P va T tishlari manfiy, P – tishi zo‘rg‘a ko‘rinadi yoki ko‘rinmaydi. Q – tishi 
odatdagidek, S – T oralig‘I izoelektrik chiziqdan ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘krak 
ulanishlari yurak muskullari holatini aniqlashda ancha aniq ma‘lumot olish imkomimi beradi. 


250 
Oldingi uchta ko‘krak ulanishida (V
1 - 3
) o‘ng qorincha biotoklari yozib olinadi. Bunda 
qorinchalararo to‘siqning oldingi va chap qismi yozib olinadi. V
4-5
– chap qorinchaning old, yon 
va orqa yurak uchi qismlari elektr faolligini yozib oladi. V

– asosan orqa yon tomonlarni ifoda 
etadi. 
Ba‘zan V
2-5 
ko‘krak ulanishlari o‘ng va V 
v-6
ko‘krak ulanishlari chap ulanish deb ataladi. 
Ko‘krak ulanishlarida R va T tishning voltajlari katta bo‘ladi. Standart ulanishlarga qaraganda 
V
1
ulanishda R va T tishi past va ikki davrli yoki manfiy, V
2
da R tishi o‘sib boradi, lekin hali 
katta bo‘ladi. T – tishi musbat (V
3
). R – tishining voltaji yuqori, R – tishi S – tishga teng bo‘lib 
qoladi, shuning uchun bu ulanish oldingi doira deyiladi. V
4-6
ulanishda EKG kompleksi II 
standart ulanishga o‘xshab ketadi. 

Download 14,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish