Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafеdrasi


Qon aylanish sistemasini asboblar yordamida tekshirish usullari



Download 14,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/393
Sana28.01.2022
Hajmi14,95 Mb.
#414749
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   393
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

 
Qon aylanish sistemasini asboblar yordamida tekshirish usullari
Elektrokardiografiya (EKG) – 
yurak biotoklarini yozib olish. Muskul to‘qimasining 
qo‘zg‘alishi fizik – kimyoviy o‘zgarishlar bilanifodalanadi. Bulardan eng muhimi muskulning 
qo‘zg‘algan qismida manfiy elektr oqimi paydo bo‘lishi bo‘lib, u natriy (Na
+
) va kaliy (K
-

ionlarining hujayra pardasi orqali harakatlanib turishiga bog‘liq. Bunda hujayralarning manfiy 
va musbat qismlari yuzasida potensiallar farqi vujudga keladi yoki depolyarizatsiya jarayoni 
hosil bo‘ladi. Agar shu vaqtda elektrodning bir uchini muskul tolasining qo‘zg‘algan qismiga, 
ikkinchi uchini tinch holatdagi qismiga qo‘ysak, tashqi zanjirga tok hosil bo‘ladi. Bu tok musbat 
qismdan manfiyga qarab yo‘naladi. Tok hosil bo‘lishi grafik shaklda yozib olinsa, to‘g‘ri elektr 
chizig‘idan chetga og‘ish sodir bo‘ladi. Hujayraning tashqi yuzasi manfiy elektr oqimiga ega 
bo‘lib, ichki yuzasi musbat bo‘lsa, teskari polyarizatsiya vujudga keladi. Qo‘zg‘alish davrining 
oxirida repolyarizatsiya sodir bo‘ladi va egri chiziq boshqa tomonga og‘adi. 


248 
Agar hujayraning tashqi yuzasi musbat bo‘lib, ichki yuzasi manfiy bo‘lsa, egri chiziq yana 
to‘g‘ri chiziqqa aylanadi. Xuddi shunday holat yurakda ham kuzatiladi. Yurak juda ko‘p muskul 
tolalaridan iborat bo‘lib, depolyarizatsiya vaqtida qo‘zg‘alish hosil bo‘ladi. Natijada qo‘shni 
muskul tolalari ham qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘alish sinus tugunidan boshlanadi. U o‘ng bo‘lmachada 
yuqori kovak venaning quyilish joyida kuzatiladi, bu yerdan impuls o‘tkazuvchi yo‘llar orqali 
bo‘lmachalarga tarqaladi. Oldin o‘ng, so‘ngra chap bo‘lmachani egallaydi. Keyin qo‘zg‘alish 
atrioventrikulyar tugunga o‘tadi, u yerda qo‘zg‘alish bir oz ushlanib, so‘ngra Gis tutamlariga 
o‘tadi, uning chap va o‘ng oyoqchalariga hamda ular bo‘linib Purkine to‘r tolalarini qamrab 
oladi, bu tolalar bir-biri bilan keng miqyosda bog‘langan bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan 
o‘tkazish elemetlaridan tashqari, qo‘shimcha yo‘llar bo‘lib, impulslar shu aylanma yo‘llar orqali 
qorinchalarga yetib borishi mumkin: keng tutamli bu bo‘lmacha muskullarni chap va o‘ng 
qorincha muskullari bilan bog‘lab turadi. Djeyms tutami bo‘lmachani atrioventrikulyar 
tugunning pastki qismi va Gis tutamlari bilan muskullarga tarqaladi, bu qo‘zg‘alish jarayoni 
ichki subendokardial qismdan tashqi subendokardial qismga qarab yo‘nalgan. 
EKG ni yozib olish elektrodlar yordamida amalgam oshiriladi. Elektrodlar tananing turli 
qismlariga qo‘yiladi. Bunda har xil elektr potensiallari vujudga keladi. Yurak biotoklari faqat 
yurakning o‘zida bo‘lmasdan, butun tana bo‘ylab tarqaladi, shuning uchun uni tananing hamma 
qismida yozib olish mumkin. Klinika amaliyotida asosan 12 ta ulanish bo‘lib, ulardan 6 tasi qo‘l 
– oyoqlarga, 6 tasi ko‘krakka ulanadi. I ulanish o‘ng qo‘l (-) va chap qo‘lga (+), II ulanish o‘ng 
qo‘l (-) va chap oyoqqa (+), III ulanish o‘ng qo‘l (-) va oyoqqa (+). Ko‘krak qafasida bu
ulanishlarning o‘qi to‘g‘ri yassilikda Eyntxoven uchburchagini hosil qiladi. Eyntxoven 
gollandiyalik olim bo‘lib, u 1903 yilda torli galvanometr yordamida birinchi marta yurak 
biotoklarini yozib olgan. III – ulanishda ikki marta, ya‘ni nafas olib uni ushlab turilgan holatini 
yozib olgan. 
Qo‘l - oyoqlarda kuchaytiruvchi ulanishlar ham qayd qilinadi. QVR - o‘ng qo‘lda, QVZ -
chap qo‘lda va QVF - chap oyoqda (inglizcha so‘zning birinchi harfi bilan belgilanadi): a – 
kuchaytirilgan. R - o‘ng, Z – chap, F – oyoq. 
Asbobning musbat qutbiga qo‘l - oyoqdan yozib olinishi kerak bo‘lgan elektrod simi ulanadi, 
manfiy qutbiga esa qolgan qo‘l - oyoqlardan kelgan elektrod simlarining yig‘indisi ulanadi. 
Ko‘krak ulanishlari quyidagicha belgilanadi: V
1
, V
2
, V
3
, V
4
, V
5
, va V
6
. asbobning musbat 
qutbidagi elektrod quyidagi ko‘krak nuqtalariga o‘rnatiladi: 
IV qovurg‘a oralig‘idagi to‘sh suyagining o‘ng qirg‘og‘iga. 
IV qovurg‘a oralig‘idagi to‘sh suyagining chap qirg‘og‘iga. 
IV – V qovurg‘a oralig‘idagi to‘sh suyagiga yaqin chiziqqa. 
V qovurg‘a oralig‘idagi o‘mrov suyagining o‘rta chizig‘iga. 
V qovurg‘a oralig‘idagi oldingi qo‘ltiq osti chizig‘iga. 
V qovurg‘a oralig‘idagi o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘iga. 
Asbobning manfiy qutbiga chap oyoq, o‘ng va chap qo‘llarning potensialini birlashtiruvchi 
Vilson elektrodi ulanadi. Ayrim hollarda qo‘shimcha ko‘krak ulanishlari – NEB bo‘yicha II 
qutbli, Gurevich bo‘yicha, qizilo‘ngach ulanishlari, yurak bo‘shliqlarini zond bilan 
tekshirilgandagi ulanishlar va boshqalar yozib olinadi. 
Me‘yordagi EKG da quyidagi tishlar yozib olinadi: P, Q, R, S, T, ba‘zan U va ularning PO 
oraliqlari ORST qayd qilinadi. Tishlarning kengligi va og‘irligi sekundlar bilan o‘lchanadi. 

Download 14,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish