A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/264
Sana27.01.2022
Hajmi6,96 Mb.
#414487
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   264
Bog'liq
madraimov a. manbashunoslik fuzaelova

4.2.4. «Xiva qozilik hujjatlari»
«Xiva qozilik hujjatlari» davlat idoralari qaydiga tushmagan 1992-yili 
yapon olimi Torn Xorikava tomonidan xivalik Aliakbarov Abduhamidning 
qizi Akliya Aliakbarovaga tegishli bo‘lgan hujjatlardir. Ularni yapon olimi 
sotib olib, 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik instutiga sovg‘a qilgan edi. Shundan so'ng, ushbu 
hujjatlar ustida yapon va o'zbek olimiari A.O‘. O'rinboyev, T.Xorikova, 
K.lsogay, T.Fayziyev, A.Jo'rayeva bir necha yillar davomida ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib borib, nihoyat 2001-yili uni maxsus katalog shaklida rus tilida 
nashr etdilar. Bu kitobda 1713 rasmiy hujjat rus tilida ilmiy tavsiflangan, 
kitob oxiriga shaxslar nomlari, j o ‘g‘rofiy nomlar va boshqa eng muhim 
m a ’lumotlar ko‘rsatkichi va o ‘ttizta hujjat fotonusxasi ilova qilingan.
Ushbu hujjatlarning aksariyati XIX asrga oid va qism an XX asr 
boshiarida tuzilgan. Ayrim hujjatlar XVIII da yaratilgan bo'lib, eng 
qadimgisi 1762-yilda tuzilgan. Eng so'nggi hujjatlar S ho'ro davriga oid 
bo'lib, 1924-yilda tuzilgan va m uhrda «Xorazm Xalq jumhuriyatining 
Xiva qoziligi» muhri bilan tasdiqlangan.
Hujjatlar yaratilgan davrda Xiva xonligi tarixida murakkab siyosiy 
holatiar yuz bergan: Q o'ng'irot sulolasi namoyandalari xonlik qilgan, 
o'z aro hokimyat uchun kurashlar, urug'lar janjali, qo'shnilar bilan janglar 
bo'lib turgan. Ayni shu davrda, 1873-yili Xiva xonligi rus qo'shinlari 
t o m o n id a n bosib olin g an , 1920-yili esa ushbu h u d u d d a s h o 'r o la r
hokimiyati joriy etilgan.
Majmua hujjatlarining aksariyati m azm un jihatidan xususiy (shaxsiy) 
hujjatlar bo'lib, qozixonalarda tuzilib, qozi muhri bilan tasdiqlangan. 
Ularda turli shaxslar orasidagi m unosabatlar o 'z aksini topgan bo'lib, 
aksariyati savdo hujjatlari — «bay’i b o t-b ato t» va «bay’i joiz» deb
30


nomlangan. Ularda yer, uy, d o ‘kon, ustaxonalar kabi mulklar oldi-sotdisi 
qayd etilgan.
Son jihatidan ikkinchi o ‘rinda turuvchi hujjatlar «bay’i joiz» deb 
nomlanib, ularda mulk (yer, uy va boshqalar) keyinchalik sotib olish 
sharti bilan ijaraga q o ‘yilgan.
«Ibro» nomli, da'vodan voz kechish hujjatlari ham son jihatdan ko'p 
bo'lib, unda d a ’vogar va javobgar orasidagi bahsni to'xtatiigani qayd etiladi. 
Bu hujjatlar mazmuniga ko‘ra, d a ’vogarga javobgar m a ’lum m iqdor pul 
berish evaziga uning d a ’vosini qaytarib olishga erishganini ko‘rish mumkin.
Bu m ajm u ad a v a q f n o m a la r h am bor. U la rd a masjid, qabriston, 
madrasa va boshqalar uchun turli ko‘chm as va boshqa mulk-yer, d o ‘kon. 
naqd pul va boshqalar vaqf qilingani qayd etilgan. Vaqfnomalar ichida 
shundaylari ham borki, m azm uniga k o ‘ra, vaqf qilingan mulk foyda olish 
maqsadida, birovlarga ijaraga berilgan va foyda xayriya idoralari va ularning 
xizmatchilarini m oddiy t a ’minlash uchun ishlatilgan.
Shuningdek, yerdan foydalanish, uni sug'o rish bo 'y ich a tuzilgan 
hujjatlar ham bor.
Ushbu qozixona hujjatlari yer ijarasi, m eros taqsimoti, xatti nikoh, 
vasiyatnoma, tuhfa, homiylik to'g'risidagi hujjat, janjalli masalalar, qo'vdi- 
chiqdi munosabatlari, mulk uchun mutasaddi t a ’minlash va boshqalar 
bor. Shuningdek, qullik masalasiga oid hujjatlar ham bor. Ular 1873- 
yilning 12 iyuniga q adar tuzilgan b o ‘lib, shu tarzda Xiva xoni Savyid 
M uham m ad Rahim Bahodirhon Xiva xonligi hududidagi barcha qullarni 
rasman ozod qilish to'g'risida farmon bergan edi. Bu paytda Xiva xonligi 
rasman Rossiyaga qaram bo'lgan edi. Hujjatlar ichida qarz, mol-mulkka 
berilgan vasiqalar ham bor.
Xususiy hujjatlardan biri (86-raqamii) Xiva xoni Sayvid M uham m ad 
Rahim soniy (1865—1910) yorlig'i bo'lib, u nda o 'n uchta xojalar -
M uham m ad pir Eshon avlodiarini davlat soliqlari, solqut, olg'ut, ham 
bigar, hashar, qazuv ishlaridan ozod etganligini ko'rsatadi.
Hujjatlar orasida «rivoyat» nomi ostida yuridik, huquqiy ajrimlar ham 
bor. Ularda fiqhiy kitoblarga asosan xususiy mulk mojarolari ajrim 
qilingan. Bunday ajrim lar ushbu m ajm ua hujjatlardan farqli o'laroq, 
«rivoyat» lar yirik faqihlardan bir nechtasi, muftiy, raislar tom onidan 
ham tasdiqlangan.
Har bir hujjat tuzish uchun m a ’lum q o n u n -q o id a , tartibga rioya 
qilinganini ko'rishim iz m um kin. M asalan, hujjatga daxldor shaxslar 
nomlari aniq-tiniq ko'rsatiladi, ularning joyi, yer chegarasi, uy, do'k on 
tafsilotlari qayd etilib, ularga qo'shni joy nomlari, guvohlar va hujjatni
31


tuzuvchi kotib nomi bitiladi. hujjat qozi muhri bilan tasdiqlanib, tarixi 
yoziladi. Agar hoshiyaga bironta qo'shim cha kiritilsa, u ham qozi muhri 
bilan tasdiqlangan.
Shunday qilib, «Xiva qozilik hujjatlari» majmuasi Xiva xonligining 
XIX asr va XX asrboshidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini yorituvchi 
boy m a ’lumotlarga ega.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish