Asosiy tushunchalar: Suyboriy xojalari, amirlik, xonlik, yorliq, vasiqa.
25
4.1. Hujjatlar — 0 ‘zbekiston tarixining muhim manbalari
Rasmiy hujjatlarni o'rganish - diplomatika — tarix fanining yordamchi
ilm sohalaridan biri b o ‘lib, shuning uchun juda muhimki, hujjatlardagi
qimmatli m a’lumotlar boshqa yozma manbalardagi tarix va tarixda o ‘tgan
voqea, hodisalarni oydinlashtirishga, ularni tushunishga va hatto qayta
k o ‘rib, yangi fikr, m ulohaza va tasaw urga olib kelishi mumkin.
Yurtimizning ko‘p asrlik tarixiga oid yozm a m anbalar qatorida yuz
yoki yuz ellik mingdan ziyod hujjatlarni o'rganish, ulardagi qimmatli
m a ’lumotlardan foydalanib, o ‘z tariximizning qorong‘i sahifalarini yoritish
katta ilmiy ahamiyatga ega. Biz hujjat degan so‘zning ikki m a ’nosi borligini
eslatmoqchimiz. Birinchisi — hujjat, dokum ent, akt m a ’nosida b o ‘lib,
podshohlar, amirlar, xonlar, yirik davlat amaldorlari va qozilar nom idan
bitilib, ularning shaxsiy dastxati va m u h r bilan tasdiqlangan hujjatlar.
Bular ju d a kam hollarda asl nusxada uchraydi, aksariyat hollarda esa,
ularning naql qilingan, qayta ko‘chirilgan nusxalari saqlangan. Ikkinchi
m a ’nosi — o ‘tm ishdan qolgan hokim, davlat idoralari, xususiy shaxslarga
tegishli maktublar, insholar, arznom a va qaydlarni bildiradi.
Respublikamizda yurtimiz tarixiga oid boy hujjatlar xazinalari b o ‘lib,
mutaxassislar fikricha, ularda jami yuz ellik mingdan ziyod hujjat mavjud.
Hujjatlarning eng boy xazinasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Davlat arxivida b o ‘lib, ularning u m um iy soni yuz mingdan ko'pdir. Ular,
asosan Qushbegi arxivi, Buxoro amirlari, Xiva xonlari, viloyatlar hokimlari
d e v o n va m a h k a m a l a r i g a tegishli h u jja t, X V —X IX a srla rg a oid
vaqfnomalardan iboratdir.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi 0 ‘zbekiston F anlar akademiyasining
Sharqshunoslik instituti qo'lyozm a xazinasida taxm inan o ‘n mingdan
ziyod hujjat mavjud bo'lib, ular, asosan vaqfnomaiar, yorliqlar. savdo
bitimlari, qarz vasiqalari, ijaraga oid tilxat, d a ’vo arizalar va boshqa turli
m azm undagi rasmiy hujjatlarni tashkil qiladi. Ular 0 ‘rta Osiyo hududida
yaratilgan.
Sam arqand, Buxoro, Xiva va boshqa viloyat va shaharlardagi muzey
va arxivlarda ham bir necha ming hujjatlar saqlanmoqda.
1873-yili Xorazm Rossiya tom onidan zabt etilganidan so‘ng Xiva
xoni devonidagi hujjatlar m o ‘tabar qo ‘lyozmalar qatorida Sankt-Peterburg
shahriga olib ketilgan edi. Ancha m u d d atd an s o ‘ng, y a ’ni 1936-yili
sharqshunos olim P.P.Ivanov Rossiya Milliy kutubxonasi — sobiq M.E.
Saltikov-Shchedrin nomli Xalq Davlat kutubxonasida Xivadan olib
ketilgan hujjatlarning bir qismi saqianayotganini aniqladi. Ular 137 ta
hujjat edi. Keyinchalik M.Yu.YoMdoshev Rossiya Fanlar akademiyasining
26
Sharqshunoslik institutida to'qqizta hujjatni aniqlab, ularni o'rganib, nashr
ctdi. Shunday qilib, jam i 155 ta Xiva hujjatlari chop etildi. Mazmuniga
k o 'ra ularni ikki qismga: k irim -c h iq im qaydlari daftarlari (M e h ta r,
Qushbegi, Devonbegiga tegishli) va xon amaldorlari nomlari qayd etilgan
daftarlarga ajratish mumkin.
1967-yili Rossiya Milliy kutubxonasida yana uch m ingdan ko‘proq
Xiva xonlari hujjatlari borligi aniqlandi va 1962-yili avval aniqlangan
hujjatlar bilan birga Toshkentdagi O 'zbekiston Davlat arxiviga keltirildi.
Bu hujjatlar, asosan, Xiva xoni n o m ig a yozilgan arzn o m alar, turli
am aldorlarga m urojaatnom a, soliq yig‘ini t o ‘g ‘risida m a ’lum otnom a,
yurtda olib borilgan turli tadbirlar, kanal qazish, turli t a ’mir ishlari
to'g'risida edi.
Xiva hujjatlarining m a ’lum qismi 0 ‘zR FAning Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida h a m mavjud. Bu yerda t o ‘rtta
qozixona faoliyatini qayd etgan daftarlar bo'lib, ularda qozixonalarda
amalga oshiriigan tadbirlar — savdo, qarz, d a ’vo, vasiyat va boshqalar
to'g'risida m a ’lum otlar bitilgan. Bu hujjatlarda Xiva xonligi hududiga
kiruvchi Hazorasp, Qipchoq, M ang‘it, Q a ta g ‘on, Q o 'n g 'iro t, Shahobod,
Toshovuzlarda amalga oshirgan ishlar zikri mavjud. Bu daftarlarda 1893—
1912-yillarda tuzilgan 28205 ta hujjat qayd etilgan.
O 'z b ek isto n tarixiga oid hujjatlarni O .D .C h e x o v ic h , P.P.Ivanov,
M.Y o'ldoshev, E.Yu.Bregel, T . N e ’matov, A.Shayxova va boshqa olimlar
o'rganganlar. A m m o, ularning tadqiqotlari c h u q u r ilmiy xarakterga ega
bo'lib, asarlari ancha vaqt ilgari chop qilingan, hozirgi kunda ular kamyob
nashrlarga aylangan.
O ' z b e k i s t o n ta r ix ig a o id h u j j a t l a r n i o 'r g a n i s h m u a m m o l a r i
O .D .C hexovich tom onida n 1969-yili alohida m aqolada yoritilib, olima
ularning o'ziga m a ’lum bo'lgan o 'ttiz to 'rt turi borligini qayd qilgan
bo'lib, ularning nomlarini keltirgan. U lar quyidagilar:
1. O m o n n o m a — harbiy vaziyatda tin c h qo'yish va xavfsizligini
t a ’minlash haqidagi hujjat; 2. Ariza — m urojaatnom a bilan t a ’minlash;
3. A h d n o m a — keiishuv; 4. Barot — soliq olish huquqini beruvchi hujjat;
5. V a q f n o m a — m a ’lu m m o l - m u l k n i v a q f q ilish , y a ’ni xayriya
tashkilotlariga o'tkazish xususidagi hujjat; 6. Vasiyatnoma; 7. Vasiqa; 8.
Vasiqai batot — savdo xususidagi vasiqa; 9. Vasiqai bahshish — tuhfa
qilinganligi to'g'risidagi hujjat; 10. Vasiqai joiz — garov to'g'risida hujjat;
I I. Vasiqai ijoza — ijara to'g'risidagi hujjat; 12. D aftar — soliqlar haqidagi
yoki a m a ld o r la r n om alari va m aoshlari qayd qilingan ro'yxat; i3.
Inoyatnom a — tuhfa — oliy m ansabdor shaxs to m o n id a n berilgan hujjat;
27
14. Istimolatnoma — soliqni undirish haqidagi buyruq; 15. Kabola —
savdo haqidagi (X—XVI asrlarga oid) hujjat; 8. M ahzar — janjal qaydi; 9.
Manshur — farmon; 10. Misol — viloyatni boshqarish huquqini beradigan
farmon; 19. M uboraknom a — hokim devoni buyrug'i yoki u t o ‘g ‘ridagi
m a ’lumot; 20. Nishon — m anshur bilan bir m a ’nodagi hujjat; 21. Rivoyat
— muftiy tom onidan bahsli masala b o ‘yicha chiqarilgan yuridik qaror;
22. Sulhnoma — sulh t o ‘g‘risidagi shartnoma; 23. Tilxat — qarz olinganligi
t o ‘g ‘risidagi hujjat; 24. F ath n o m a — harbiy g'alaba to'g'risidagi e ’lon;
25. Fatvo — rivoyat m a ’nosida; 26. Farm on; 27. Xatti vakolat; 28. Xatti
d a ’vo, ariza; 29. Xatti nikoh — nikoh shartnomasi; 30. Xatti taraka —
meros taqsimlash haqidagi hujjat; 31. Xatti ibro — qarzdan ozod qilish
yoki d a ’vodan voz kechish to'g'risidagi hujjat; 32. Hukm — qozi yoki
hokim hujjati; 33. H u k m n o m a — h u k m hujjati; 34. Yorliq — xon
tom onidan lavozimga tayinlash haqidagi hujjat.
Ushbu darslikda huquqiy hujjatlar (podsho va xonlarning farmonlari,
yorliqlar, inoyatnomalar, rahnomalar, vasiqalar, vaqfnomalar) haqida
tushuncha berilib, ayrim namunalar taijimalari ham da rasmiy yozishmalar
xarakteri, maktublarning qisqa mazm uni bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |