IV.O‘tilgan darsni yangi dars bilan bog‘lash.
O‘zbek adabiyotining mangu asarlaridan biri Oybekning”Qutlug‘
qon”romanidir.
“Qutlug‘ qon ”romanida tasvir etilgan voqealar sodir etilganda Oybek
endigina 7 yoshga to‘lib, 8 yoshga qadam qo‘ygan edi. Bu bolanong xotirasida
Toshkentdagi 1916-yil qo‘zg‘olonining ayrim nuqtalarigina saqlangan bo‘lishi
mumkin xolos. Shuning uchun ham aytish mumkinki, adib qo‘zg‘olon arafasidagi
o‘zbek xalqi hayotini, qolaversa, 1916-yil milliy ozodlik harakatini tasvir etishga
kirishishdan avval tarixiy-memuar adabiyotni yaxshi o‘rgangan, o‘sha
voqealarning tirik qatnashchilari bilan ko‘p bor uchrashgan va ular xotiralari
asosida o‘z tasavvurini boyitgan.
Yuqoridagilardan aytish mumkinki, “Qutlug‘ qon” romani Oybek hayoti
bilan bevosita bog‘liq holda dunyoga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |