Konyektura (
konyektura – conjecture) – matn kontekstidan
kelib chiqib, matndagi xato yozilgan oʻrinlar yoki oʻqib boʻlmas
darajada oʻchib ketgan soʻz va jumlalarni matn mantigʻidan
kelib
chiqib tiklash. Konyektura beixtiyor yoki e’tiborsizlik oqibatida yoʻl
qoʻyilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qoʻllanadi.
Kooperatsiya (
kooperatsiya – cooperation) – hamkorlik
faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab
beruvchi oʻzaro ta’sir.
Kotib (
pisar – scribe) – qoʻlyozmani koʻchiruvchi shaxs. Oʻrta
Osiyo xattotlik san’ati tarixini oʻrgangan xattot A.Murodov
ta’kidlaganidek, Sharqda kotiblik
bilan nom chiqargan har bir
shaxsni biz oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi sifatida emas,
balki oʻz zamonasining madaniy hayotida
favqulodda katta rol
oʻynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbob sifatida
taniymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: