Darsning jihozi:
adabiy albom, kompyuter, proyektor, mavzuga
oid slayd taqdimoti.
Dars turi:
ma’ruza
Darsning rejasi:
1. Tarjima asarlarning oʻziga xos xususiyatlari.
2. Tarjima va asliyatni qiyoslashning ilmiy usullari.
3. Tarjima matnni oʻrganishda zamon va makonni aniqlashning
ahamiyati.
Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar:
Tarjima teng ma’nolilik
muqobillik, tarjimonning interpretatsion pozitsiyasi, asl nusxani
idrok etish, asl nusxa interpretatsiyasi, asl nusxani qayta ifodalash,
tarjima va sharh istilohlari, badiiy soʻz, soʻz birikmalari, grammatik
shakllar, hijjalab yoki soʻzma-soʻz tarjima qilish, ilmiy va ilmiy–
ommaviy kitoblar, diplomatiya hujjatlari, rasmiy qogʻozlar, siyosiy
arboblarning
maqolalari
va
notiqlarning
nutqlari,
gazeta
materiallari.
Tarjima – bu yuksak badiiy ijoddir. Ijod boʻlganda ham ba’zan
asliyat muallifiga nisbatan koʻproq izlanish va mashaqqat chekishni
taqozo etadi. Tarjima lisoniy, adabiy-estetik hodisa, soʻz san’atidir.
Tarjimon esa ijodkordir. Millatlar oʻrtasida oʻzaro aloqa qilishga
ehtiyoj kuchaygani sari tarjimachilik faoliyati ham kengayib
boraveradi.
“Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini
200
asoslaydigan narsa shuki, jahon xalqlari garchi turli-tuman tillarda
soʻzlashsalar ham, ammo ularning taffakur qonunlari bir xildir”, deb
yozadi tarjimashunos olim Gʻ.Salomov. Tarjima koʻp sohali,
sertarmoq va murakkab hodisa. Tarjimaning bosh xossasi uni boshqa
til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat. Ijodiy jarayon soʻz
san’ati ekanligi hammaga ayon.
Ma’lumki, tarjima bevosita yoki bilvosita amalga oshiriladi.
Hozirgi paytgacha qilingan tarjimalar, masalan, rus adabiyoti
namoyondalarining asarlari bevosita, ingliz, nemis, fransuz
yozuvchilarining asarlari esa bilvosita (vosita til) rus tili orqali
tarjima qilindi. Keyingi qator yillarda bevosita chet tillardan qilingan
tarjimalar ham paydo boʻldi. Hattoki ayrim adiblarimiz asliyatdan
tarjima qilish maqsadida chet tillarini oʻrganishga kirishishdi.
Tarjima badiiy ijodning eng mashaqqatli sohasi boʻlib, u kishidan
bagʻoyat katta bilim egasi boʻlishni taqozo etadi. Tarjima teng
ma’nolilik (muqobillik) ni taqozo etadi, amalga oshirilgan tarjima
asliyatga mazmun jihatdan muvofiq boʻlishi kerak. Bu hodisa
hamisha tarjima nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridan
biri boʻlib kelganligi aniq. Tarjimon faoliyatining asosiy mahsuli va
sifati ham zotan shunga bogʻliqdir. Tarjima qilinayotgan matn yoki
nutqning qandayligidan qat’iy nazar bir tildan boshqa bir tilga
tarjima qilish uchun umumiy boʻlgan ikkita holat mavjud:
1. Dastavval tarjima qilish uchun moʻljallangan asarni tushunish,
uning janrini aniqlash va tahlil qilish lozim. Bu jarayon ona tilida
amalga oshiriladi.
2. Asar oʻgirilayotgan tilda muvofiq ifoda vositalarini topish
zarur. Bularga badiiy soʻz, soʻz birikmalari, grammatik shakllar
kiradi.
Tarjima tushunchasining ma’nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi
tilga badiiy adabiyot, dramatik va nasriy asarlar, fanning turli-tuman
sohalariga doir ilmiy va ilmiy–ommaviy kitoblar, diplomatiya
hujjatlari, rasmiy qogʻozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va
notiqlarning nutqlari, gazeta materiallari, boshqa-boshqa tillarda
soʻzlashuvchi, tarjimonning xizmatiga muhtoj boʻlgan kishilarning
suhbatlari tarjima qilinadi, kinofilmlar oʻgiriladi. Asl nusxada
ifodalangan fikr boʻlak tilda ham xuddi asliyatdagiday toʻla, aniq va
ta’sirchan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, tarjima oʻsha asar
oʻgirilgan tilning andozasiga mos, muvofiq boʻlishi darkor.
201
Tarjimon asarning ma’no-mazmunini kuchaytirishi, ba’zan
susaytirishi mumkin. Tarjimonning interpretatsion pozitsiyasi ikki
holatga bogʻliq: tarjimaning tabiatan, tillar orasidagi, adabiyotlar
orasidagi farqlar oqibati hamda kitobxon didi, ehtiyojidan kelib
chiqadigan zaruriy interpretatsiya; tarjimon maqsadi, qarashlarini
ifodalaydigan atayin qilingan interpretatsiya. Tarjima jarayonida
koʻp ma’noli soʻzlar ifoda – obrazlarning bir qirrasini aks ettirish,
sinonimlar juftidan foydalanish, ayrim baytlarni qoʻshimchalar bilan
izohlashga zarurat bor. Bu zaruriy sharh (
interpretatsiya
) tarjima
ijodi qonuniyatidir. Tarjima san’ati ijodiy jarayon ekan, unda
interpretatsiya unsuri boʻlishi tabiiy.
Tarjimashunos olim Gʻaybulla Salomov tarjima jarayoni uch
bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Bular – quyidagilar:
1) Asl nusxani idrok etish;
2) Asl nusxa interpretatsiyasi;
3) Asl nusxani qayta ifodalash.
1. Asl nusxani idrok etishda matn soʻzma-soʻz idrok etiladi.
Mazkur bosqichda tarjimon oldida ba’zi bir qiyinchiliklar turadi:
Bulardan: matnni notoʻgʻri oʻzlashtirish, yaqin tillarda soxta
ekvivalentlar domiga tushib qolish, matnda ishlatilgan ayrim xos
soʻzlarning ma’nosiga tushunmaslik kabilar kiradi.
2. Ikkinchi bosqichda tarjimon muallif tomonidan ishlatilgan
uslubiy omillarga e’tibor qilishi nazarda tutiladi.
3. Uchinchi bosqichda tarjimon muallif tomonidan yaratilgan
badiiy voqelikni toʻlaligicha idrok etishi kerak. Agar tarjimon
haqiqiy san’atkor boʻlsa, asarda ishtirok etuvchilarning oʻziga xos
xarakter xususiyatlarini, tilini, toʻlaligicha idrok etib, keng
mushohada yuritadi.
4. Tarjimon voqelikni asarda koʻrsatilgani darajasida bilsagina
badiiy, haqqoniy tarjima yarata oladi.
Demak, tarjima hamma vaqt muayyan darajada interpretatsiyadir.
Tarjima interpretatsiyasi toʻgʻri boʻlishi uchun uning ibtido nuqtasiga
asarning bosh xususiyatlarini asos qilib olmoq kerak, uning obyektiv
qimmatini saqlash esa tarjimonning maqsadi boʻlishi lozim.
Tarjima
va
sharh
istilohlari mazmunan oʻzaro yaqin, kelib
chiqish jihatidan oʻxshash va vazifadosh soʻzlardir. Arab izohli
lugʻatlarida oʻzbek tiliga “tarjimon” shaklida oʻzlashgan soʻzning
oʻzagi ( َمَجْرَت – tarjama) boʻlib, uning bosh ma’nosi –
tushuntirmoq,
202
izohlamoq, sharhlamoq
dir. Najmiddin Komilovning aytishicha,
tarjima – forscha “tarzabon” soʻzidan arabiylashib oʻzgargan.
“Tarzabon”-chiroyli soʻzlovchi, notiq, tili burro kishi degan ma’noni
anglatadi. “Tarzabon” soʻzi arabcha talaffuzda “tarjumon”ga
aylanadi. Keyin fleksiya qoidasiga muvofiq bu soʻzdan yangi masdar
(oʻzak), fe’l va otlar hosil qilingan. Demak, olimning fikricha,
tarjimon – tarzabonning arabcha tarjimasi, tarjima esa undan hosil
boʻlgan yangi istilohdir. Bu soʻzlar bora-bora arabiy shaklida
forsigoʻy va turkigoʻy xalqlar tillariga kirib kelgan. Ammo tarzabon
arabiylashib, tarjumon boʻlgandan keyin ham nutqni bir tildan
ikkinchi tilga oʻtkazuvchi shaxsni bildirishdan tashqari, oʻtkir tilli,
fikrni ravon bayon etuvchi, notiq kishilarga nisbatan ham qoʻllangan.
Shu zaylda, tarjima sharh bilan ma’nodoshlikda tushunilib kelingan
va ular bir-birining oʻrnida qoʻllanavergan.
Tarjimada bir-biriga zid qonunlar asosan 4 tani tashkil qiladi:
1. Tarjima nazariyasi qanday boʻlmogʻi kerak. Adabiyot-
shunoslik asosiga qurilishi kerakmi yoki tilshunoslik zamirida
rivojlanishi kerakmi?
2. Tarjimaning hususiyati qanday boʻlmogʻi lozim: asar hijjalab,
soʻzma-soʻz tarjima qilinishi kerakmi yoki erkin ijodiy tarjima
boʻlmogʻi kerakmi?
3. Asl nusxada aks etgan milliy oʻziga xoslikni qanday berish
lozim. Tarjimada uning oʻzga tilga xos milliy xususiyatlarini berish
kerakmi yoki uni oʻz milliy andozasiga xos berish kerakmi?
4. Hamma narsani bilib boʻladi, hamma narsani tarjima qilish
mumkin yoki aksincha, til fikrning qolipi emas, balki dunyoni
takrorlanmas bir tarzda oʻziga xos idrok qilishdan iboratdirki,
shuning uchun bir tildan boshqa tilga tarjima qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |