Hikmat (1, 24. 25.2- 133).
―Qisasi Rabg‗uziy‖da hikmat shakl tomondan
rivoyat, hikoyat janrlaridan farq qilmaydi. ―Qisasi Rabg‗uziy‖dagi hikmat
―bilimdonlik‖, ―donishmandlik‖ ma‘nosidan tashqari, ―sir‖ ma‘nosida ham
ishlatilgan, shu bois Rabg‗uziy hikmatlarida falsafiy mazmun etakchilik qiladi.
Rabg‗uziy hikmatga o‗z asarida alohida urg‗u beradi va hikmatni qissa
janrining kaliti sifatida talqin qiladi – qissadagi ma‘lum bir voqeaning sabab va
natijasini ochish, uning mohiyatini kitobxonga etkazish uchun hikmat keltiradi.
Asosiy gap – hikmatning maqsadida, ―sir‖ni o‗quvchiga etkazishda. Bu
hikmatlarda javonmardlik va faqirlikni ulug‗lash o‗z ifodasini topgan. Ilk hikmat
―Qissai Odam safiy alayhis-salom‖da bor. Rabg‗uziy bu qissada Odam
alayhissalomning jannatga kirishi siri nimada edi, degan savolga javob berar ekan,
―
mo„minlarning tanini, molini sotg„in olib, ujmox (ya‟ni jannat)bergusini,
ko„rulmagan narsani bay‟ (ya‟ni savdo) qilmoq shariatda ravo bo„lmaz teb
ujmoxga kivur
(ya‟ni kirit
)‖ganlarini (1, 22) asosiy sabab qilib ko‗rsatadi.
Mo‗minlarning tanini va molini sotib olish evaziga jannatning in‘om qilinishi
Odam alayhissalomda javonmardlarga Bu masalada ulamolar o‗rtasida ixtilof
borligi haqida ham xabar berib o‗tadi.
Rabg‗uziy o‗z hikmatlari ―sir‖ini faqat savol va javoblarda kashf qiladi.
Hikmatlarning janriy belgilari savol va javoblardadir (1; 24, 25).
Ayrim hikmatlarda biron toifaning alomatlari bilan tarixiy voqea, tarixiy
shaxslarning sifatlari uyg‗unlashtiriladi. Luqmoni hakim valiylarning alomati
haqida so‗z yuritgan hikmatda ayni shuni ko‗rish mumkin. Luqmoni hakim
quyidagi uchta alomatni valiylarga xos deb aytadi: birinchisi - javonmardlik,
ikkinchisi - yomon xulqdan, hasad va kindan xoli ekani, uchinchisi - ulamo va
fuzalolar bilan do‗stligi. Ayni paytda bu uch alomatni Muhammad a.s.hayotiga
bog‗laydi:
―
Bilgilkim, Abu Bakr Siddiq va Umar ibn al-Xattob riziyallohu anhumo Rasul
alayhissalomning qayin otalari erdilar. Oysha va Hafsa yo‗lindin. YAna Usmon va Ali
raziyallohu anhumo kuyavlari erdilar. Usmon raziyallohu anhu Ruqayya sababidan. Ul vafot
bo‗ldi ersa yana Ummi Qulsumni berdi. Aning uchun Zunnurayn atandi. YAna Ali raziyallohu
anhu Fotima yo‗lindin kuyav erdi teb aymishlar
‖.
Bu hikmat savol va javob asosiga qurilmagan. Garchi shunday bo‗lsa-da,
Muhammad a.s.ning sifatlari valiylarda bor ekaniga ishora qilgani yuqorida
keltirilgan hikmatdagi faqirlikka hamohangligi bu hikmatlarni birlashtiradi.
Ruboiymi?
Bu bayt murodg‗a tekinmak tilar,
Do'stlaringiz bilan baham: |