tarixga murojaat etdilar, tarixdan saboq olishga hukmdorlarni va xalqni da‘vat
etdilar. Badiiy asarning davlat va mamlakat hayotida qudratli omil ekanini ko‗rsata
bildilar. ―Qutadg‗u bilig‖ Qoraxoniylar davlatida aynan shu vazifani bajardi. Asar
Qoraxoniylar sulolasi ikki qismga – g‗arbiy va sharqiy xonliklarga bo‗linib ketgan
va ular o‗rtasida halokatga olib boruvchi kurashlar borayotgan paytda yozilgan.
Zotan, ―Qutadg‗u bilig‖da YUsuf foydalangan ramziy obrazlar ayni ana shu
kurashlarga barham berish va mamlakatda adolat, tinchlik o‗rnatishga ishora qiladi.
Bu obrazlar bir-biriga bog‗liq, biri ikkinchisini talab qiladi. Adolatni Kuntug‗di,
davlatni Oyto‗ldi, aqlni O‗gdulmish, qanoatni O‗zg‗urmish deb ataydi.
YUsuf bu
obrazlarni keltirar ekan, quyidagi maqsadlarni ko‗zda tutadi: mamlakatning
tayanchi
- adolat, adolat barqaror bo‗lgan davlatda farovonlik, yakdillik bo‗ladi;
mamlakat aql bilan boshqariladi, aql bilan boshqarilgan
mamlakatda adolat ham,
farovonlik ham. yakdillik ham bo‗ladi; qanoat esa mol-dunyoga ko‗ngil
bog‗lamaslikka, bu dunyo ishlarini ham unutmaslikka da‘vat qiladi. Aytish
mumkinki, ―Qutadg‗u bilig‖ asari mohiyatan o‗z davrining nizomnomasi vazifasini
bajargan.
Kitob muallifi YUsufning hayoti, ijodi haqida deyarli ma‘lumot yo‗q.
U mazkur
asarini hijriy 462 – milodiy 1069-1070 yillarda yozib tugatadi. Muallif asarini o‗n
sakkiz oyda yozib tugatgani haqida ma‘lumot beradi. Asarni tugatgan davrda
muallif YUsuf 50 yoshlar atrofida bo‗lganligi va uning hijriy 410 (milodiy 1019)
yillar atrofida tug‗ilgani ma‘lum bo‗ladi.
69
―Qutadg‗u bilig‖ni yozishda YUsuf CHin mamlakati donishmandlarining
hikmatlaridan,
asarlaridan, Mochin donishmandlarining ash‘orlaridan foydalandi.
Asarda bunga ko‗p ishoralar bor. Kitob debochasidan ma‘lum bo‗lishicha, bu asar
o‗z davridayoq SHarq mamlakatlariga keng tarqalgan va katta shuhrat tutgan.
YUsuf asar debochasida ―Mochin olimlari, donishmandlari Mashriq viloyatida,
Turkiston ellarida Bug‗roxon tilida biror kimsa hargiz bu kitobdan yaxshiroq kitob
yozmagan‖ini ta‘kidlaydi. Bu asar qaysi iqlimga etib borgan bo‗lsa, o‗sha
iqlim
olimlari, donishmandlari har xil nom berdilar: chinliklar ―Odobul - mulk‖ deb,
Mochin podshohining nadimlari (hamsuhbatlari) ―Oyinul- mamlakat‖ deb, atadilar,
mashriqliklar ―Ziynatul-umaro‖ deb, eronliklar ―SHohnomai turkiy‖ deb, ba‘zilar
―Pandnomai muluk‖ deb, turonliklar ―Qutadg‗u bilig‖ deb aytdilar.
70
YUsuf Xos Hojib ―Qutadg‗u bilig‖ avvalida Tavg‗och ulug‗ Bug‗ro Qoraxon
abo Ali Hasan binni Arslonxon sha‘niga qasida bitadi va asarni shu humdorga
bag‗ishlaydi. (yuqoridagi Qoraxoniylar tarixidan buning
kimligi haqida talqin
qilish kerak.). Abu Rayhon Beruniy Somoniylar sulolasida davlat boshliqlariga
nisbatan qo‗llangan laqablarga Bug‗roxon ham taqlid qilganini yozadi. Bug‗roxon
Somoniylar davlatiga bostirib kelgandan keyin o‗ziga o‗zi ―SHihob ad- davla‖
(Davlat osmonining yoritqichi) laqabini olganini ta‘kidlaydi.
71
69
Юсуф Хос
Ҳ
ожиб.
Қ
утад
ғ
у билиг. Тошкент, “Фан”нашриёти, 1972. Нашрга тайёрловчи филология фанлари
кандидати
Қ
аюм Каримов, 2
-нашри, 8-бет (Бундан кейинги мисоллар шу нашрда олинади)..
70
Ю
қ
оридаги асар, 49
-бет.
71
Абу Рай
ҳ
он Беруний.
Қадимги
хал
қ
лардан
қ
олган ёдгорликлар. Тошкент, Фан, 1968, 179 -бет.