Nasimxon rahmonov


Husayn Boyqaro (Husayniy)



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Husayn Boyqaro (Husayniy) 
Husayn Boyqaro Amir Temur Ko‗ragon naslidan bo‗lib, Mirzo Mansur binni 
Mirzo Boyqaroning o‗g‗lidir. Husayn 1438 yili Hirot shahrida tug‗ilgan. 1469 yili 
Hirot taxtini egallab, 1406 yilgacha Xurosonning hukmdori bo‗ladi. 
Husayn Boyqaro, Navoiyning ta‘biri bilan aytganda, forsiy va turkiy tilda she‘r 
yaratish iqtidoriga ega bo‗lgan bo‗lsa-da, asosan turkigo‗y shoirlarni o‗z ona 
tillarida ijod qilishga chorlab, maxsus farmonlar bergan. Bu haqda Naoviy 
quyidagilarni yozadi: ―Va iltifot va ehtimom yuzidin ba‘zi ma‘nilar topib, nazm 


qilurg‗a hukmlar ham joriy bo‗ldi va so‗z uslubig‗a ta‘yinlar va adosig‗a ta‘limlar 
ham izhori bo‗ldi‖.
137
Bu voqea turkiy adabiyot tarixida katta siyosiy, madaniy va 
ijtimoiy ahamiyatga molik bo‗ldi.
Navoiy Husayn Boyqaroni etuk shoir sifatida ko‗rsatishdan avval, uning 
shaxsiyati haqida, iste‘dodini vujudga keltirgan omillar haqida ―Majolis un-
nafois‖da so‗z yuritadi. Jumladan, Husayn Boyqaroning shajarasi haqida 
―Nasabnoma‖ bitilgan, ammo Navoiy bu ―Nasabnoma‖ni kim bitganligi haqida 
tazkirada 
aytmagan. 
Uning 
ta‘riflashiga 
ko‗ra, 
Husayn 
Boyqaro 
―Nasabnoma‖sining har sahifasi shunchalik go‗zal qilib bezalganki, Moniyning 
suratlari o‗za bezaklar qarshisida xijolatda qoladi. Boyqaroning obro‗-e‘tibori, 
dong‗i sharhida ―Nasabnoma‖dagi voqealar bitilgan har bir sahifa CHin 
suratxonalarini uyaltiradi. SHuningdek, Husayn Boyqaroning shonu shavkati, 
tafakkur olami haqida Navoiy so‗z yuritib, Jamshid va Iskandarning bilganlari 
ham, qilganlari ham uning oldida hechdir va h. 
Husayn Boyqaro biz uchun ulug‗ shoir sifatida qadrli. Navoiy uning devoni 
haqida quyidagicha ma‘lumot beradi: ―Ul hazratning (ya‘ni Husayn Boyqaroning – 
N.R.) xub ash‘ori va marg‗ub abyoti bag‗oyat ko‗pdur va devon ham murattab 
bo‗lubdur. Devon ibtidosidan bunyod qilildi va har g‗azaldin bir matla‘ yozildi‖. 
SHundan so‗ng Husayn Boyqaro devonidagi har bir g‗azalning matla‘ini 
keltiradi.Navoiy ―Majolis un-nafois‖da Husayn Boyqaro huzurida o‗tkaziladigan 
anjumanlarni ―oliy majlis‖ deb yuritilgani va bunday majlisda eng etuk asarlar 
o‗qilgani va muhokama boisi bo‗lgan to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Navoiy 
―Majolis un-nafois‖ning VIII bobini Husayn Boyqaroga bag‗ishlagan va uning 
devonidan 164 g‗azalning matla‘ini keltirgan. SHoir Husayniy qo‗llagan poetik 
obrazlar, vositalar, shoirning she‘riyatdagi ixtirolari yuzasidan fikr yuritgan. Misol 
sifatida ―Majolis un-nafois‖da Husayn Boyqaroning devonidan ―alif‖ harfiga 
keltirilgan matla‘ni olib ko‗raylik. Navoiy baytni keltirishdan oldin bayt 
mazmunini sharh qilib, mahbubning haddan ortiq iltifotidan behol bo‗lgach, 
hushsizlarcha o‗sha iltifotni izhor qilish ma‘nosida quyidagi matla‘ ajoyib 
ifodalanganini aytadi:
Evrulub gul boshig‗a bulbul visol o‗lgay anga, 
Gul aning boshig‗a evrulsa, ne hol o‗lg‗ay anga. 
(Bulbul gulning boshida aylanib, unga erishmoqchi bo‗ladi; 
Agar gul bulbulning boshida aylansa, uning holi qanday bo‗larkin.) 
Mana shu baytning o‗ziyoq Husayn Boyqaroning turkiy she‘riyat homiysigina 
emas, balki amalda nihoyatda nozik didli shoir ekanini ko‗rsatib turadi.
Husayn Boyqaroning mahorati, iqtidori shu qadar baland bo‗lganki, boshqa 
turkigo‗y shoirlar amalda istifoda eta olmagan g‗azalga mahorat bilan yondashadi. 
Masalan, uning devonidagi ―se‖ harfiga bitilgan baytni keltirishdan oldin Navoiy 
quyidagi sharhni beradi: ―Bu harfda turk shuarosining malik ul-kalomlari she‘r 
aytmaydurlar, balki ayta olmaydurlar, to anga ne etgayki, bu muqobalada kishi oni 
keturgay yo nisbat bergay . Bu matla‘ tarifida muncha basdur: 
137
Ўзбек адабиѐти тарихи. 2 том. Тошкент, Фан. 1977, 426-бет. 


YOr ko‗yidin o‗tarda ko‗rguzur bu zor maks,
So‗z desa dog‗i javobida qilur bisyor maks 
(Bechora oshiq mahbubasining ko‗chasidan o‗tganda, bu bechora to‗xtab qoladi; 
Mahbuba bir so‗z aytsa, javob berolmay, yana ko‗proq to‗xtab qoladi)‖.
Oshiqning ma‘shuqa oldida ojizu notavon holatini shoir ana shunday tavsif etadi. 
Navoiy Husayniyning etuk she‘rlariga yuksak baho beradi, ayniqsa uning she‘rlari 
turkiy tilda yozilganligini alohida ta‘kidlaydi (misol). 
Zahiriddin Muhammad Bobur ham ―Boburnoma‖da Husayn Boyqaroning 
faoliyatiga yuksak baho beradi. ―Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamona 
erdi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu erdi. Har 
kishingikim, bir ishga mashg‗ullug‗i bor erdi, qimmati va g‗arazi ul erdikim, ul 
ishni kamolg‗a etkurgay‖. (Boburnoma, Toshkent, 1960, 239-240-betlar.) 
Husayn Boyqaro Navoiyga bag‗ishlab ―Risola‖ ham yozgan. ―Risola‖ ―Munojot‖ 
ruhida yozilgan. Misol.―Risola‖da ham shoh, ham shoir bu olam saodati va cheksiz 
ne‘matlariga etkazgani, Jomiy va Navoiy kabi allomalar bilan zamondosh, 
hamnafas qilgani uchun Xudoyi Taologa shukrona aytadi.
Xulosa 
Biz o‗zbek mumtoz adabiyotining eng qadimgi davrlardan XU asrning birinchi 
yarmigacha bo‗lgan tarixi bilan tanishib chiqdik. Mazkur qo‗llanmada ilk marta 
islomgacha bo‗lgan davr turkiy, ya‘ni o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi va 
tarixiy taraqqiyoti, shuningdek, ―Qisasi Rabg‗uziy‖, ―Nahjul- farodis‖, 
―O‗g‗uznoma‖, ―Jome‘ut-tavorix‖, ―To‗rt ulus tarixi‖ kabi bir qator e‘tibordan 
chetda qolib kelgan badiiy, tarixiy-adabiy asarlar oliy o‗quv yurtlari dasturiga 
kiritildi va mazkur qo‗llanmadan ham joy oldi. Albatta, hali qo‗llanmada jiddiy 
yoritilishi zarur bo‗lgan masalalar bor.



Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish