O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

Google, FaceBook, 
Amazon, Intel
kabi yuqori texnologiyali transmilliy korporatsiyalarga tayanishi 
mumkinligi uchun; 
firmaning o‘zi uchunhamda mamlakatga naf 
keltirish uchun raqamli iqtisodiyotni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish 
mumkin va buning uchun xususiy kompaniyalar zaruriy miqdori bo‘lishi lozim. 
Biroq ushbu strategiyada yaqqol kamchiliklar ham bor bo‘lib, ularning 
asosiylaridan biri,yetuk raqamli iqtisodiyot shakllantirish jarayonining ancha 
uzunligi hisoblanadi. Boshqa norasmiy yetakchi – Xitoy esa ko‘p jihatdan qarama-


65 
qarshi strategiyani, raqamli iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirish yo’lini tanlagan. 
Bu fenomenni yaqindan ko‘rib chiqilganida ma’lum bo‘lishicha, Xitoy e’lon qilgan 
strategiya ikkita parallel va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlardan iborat: 
1. Sanoat internetini joriy qilish hisobiga ishlab chiqarishni raqamlashtirish; 
2.Sotuv bozorini yanada kengaytirish uchun Internet imkoniyatlaridan 
foydalanish. 
Tanlab olingan strategiya quyidagi to’rt asosiy tarkibiy qismni ko‘zda tutadi: 
Logistika va ishlab chiqarishi total raqamlashtirish; 
Raqamli iqtisodiyot uchun normativ-huquqiy baza ishlab chiqish; 
Boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish, raqamliplatformalar yaratish; 
Raqamli platformalar va ekotizimlarni umumiy makonga optimal ravishda 
integratsiyaqilish. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston 
uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan 
strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.Shuni hamtan olish 
kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – 
birinchi navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hosirda esa 
mamlakatimizda zarur miqdordagi iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk va 
to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish uchun shart-sharoitlar 
yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart-
sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat 
darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir. 
Milliy iqtisodiyotning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, 
YIMning asosiy qismi davlat korporatsiyalari (
yoki davlat ishtiroki ulushi katta 
bo‘lgan kompaniyalar
) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab 
tarmoqlarida davlat ishtirokidagi o‘yinchilar bozorning 80%gacha bo‘lgan qismini 
tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlarda profilli vazirliklar yoki davlat 
korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng 
oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez 
rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur 


66 
infratuzilma bazisini yaratadi. Raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy 
e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish zarur: transport, telekommunikatsiyalar, 
energetika, ma’lumotlarni qayta ishlash, sog’likni saqlash, dori-darmonlar 
logistikasi, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk va ishlab chiqarish. 
Aynan shu sohalarning rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga 
imkon beradi, ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli 
iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin.Bunday yondashuv 
bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muoviq bo‘lib ko‘rinadi, lekin 
u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Mos keluvchi strategiya unga 
asoslanishi lozim bo‘lgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun 
taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga 
olish lozim. 
Ushbu bobga yakun tariqasida shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, 
rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko‘plab dasturlari (
AQSH, 
Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar
) asosiy e’tiborni 

raqamli tibbiyot
” va “
aqlli shahar
” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday 
loyihalarni rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu 
holat bir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin: 
birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi 
ochiq jamiyatdajamiyat tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 
Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi 
ostida boradi; 
ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamli texnologiyalar joriy qilish ertami-
kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 
loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (
ya’ni, 
maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga 
muvofiqdir
); 
uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarraqamli iqtisodiyotni 
ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik 
asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish 


67 
natijasidako‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega 
bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish 
va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi; 
to‘rtinchidan, raqamli texnologiyalarni sanoatda joriy qilish (
masalan, 
ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 
3D
-printerlarni ishlab chiqarishga keng 
miqyosda joriy qilish kabilar
) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda 
tutilgan. “
Raqamli tibbiyot
” va “
aqlli shahar
” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish 
esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar 
keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi. Barcha zamonaviy texnologiyalar 
uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan shunday ko’rinishdagi 
«
ijtimoiystress-test
» zarurdir. Yuqorida aytib o‘tilganfikrlar va g’oyalar tufayli, 
ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha, 
o’quvchiga ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot 
respublika dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib 
qolaveradi. Ilk pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’yi-harakatlarni qaysi 
yo‘nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli 
katta, ya’ni, oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy 
moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni 
ko‘paytirish yo’li. 
Halqaro rivojlanish hamjamiyatining bashoratlariga ko‘ra, yaqin yillarda, hozirgi 
kunda aksariyat tarmoqlarda yetakchi mamlakatlar yigirmataligidan o‘rin olgan 
kompaniyalarning uchdan bir qismiuning e-platformalaridan yangi servislar va 
biznes-modellar 
yaratish 
uchun 
foydalanadigan 
qayta 
qurilgan 
«
eski
» 
kompaniyalar va yangi da’vogarlar tomonidan jiddiy raqobat his qiladi.Taxmin 
qilinishicha, bir necha o’n yillar ichida jahon iqtisodiyoti o‘sishining industrial 
bosqichi yakun topadi va uning kelgusi rivoji «

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish