O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet437/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

vositasi sifatida namoyon bo’ladi; 

kraudsorserlar ishtirokida yaratilgan mahsulot/hizmatga qo’shimcha 
talab shakllanishi ro’y beradi. 

Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsingi esa tijorat maqsadlarini ko’zlamasdan, 
ko’ngilli asosda Internet tarmogida kraudsorsing platformasidan 
foydalangan xolda odamlarni («omma», kraudsorserlarni) kapital, 
mehnat va bilim sigimi katta bo’lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga 
molik) vazifalarni hal qilishga jalb qilishdir. 

Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsingi belgilari orasida quyidagilarni alohida 
ajratib ko’rsatish mumkin: 

odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi; 

kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi; 

kraudsorserlar rang-barang «omma»ni ifodalaydi; 

kapital, mexnat va bilim sigimi katta bo’lgan (jumladan, ijtimoiy 
axamiyatga molik) vazifalarni xal qiladi 

kraud-loyiha ishtirokchilari tijorat maqsadlarini ko’zlamaydi. 
Elektron 
tijoratning 
innovatsion 
kraudsorsingi 
tijorat 
va 
notijorat 
kraudsorsingining xususiy xolati hisoblanadi. Innovatsiyalar kraudsorsingi – 
ko’ngilli asosda Internet tarmogida kraudsorsing platformasidan foydalangan 
xolda odamlarni («omma», kraudsorserlar) innovatsion g’oya, yechim, loyiha, 
mahsulot yoki hizmat topish jarayoniga jalb qilishdir. Amaliyotchilar tobora 
kuproq «ochiq innovatsiyalar» atamasidan foydalanmoqdalar, buni innovatsiyalar 
kraudsorsingi yakuniy mahsuloti sifatida kurib chiqish xam mumkin. 
Quyidagilar innovatsiyalar elektron tijorat kraudsorsingining majburiy 
belgilari hisoblanadi: 


407 

odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi; 

kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi: 

kraudsorserlar rang-barang turga mansub «omma»ni ifodalaydi; 

kraudsorserlar faoliyati natijasi loyiha, mahsulot yoki hizmat hisoblanadi; 

kraud-loyiha xam tijorat maqsadlarini, xam notijorat maksadlarini kuzlashi 
mumkin. 
Masalan, mahsulot/hizmat sifatini takomillashtirish bo’yicha innovatsion 
g’oyalar izlab topishga yo’naltirilgan «yangi goyalar birjasi», tijorat 
kraudsorsingining xususiy xolati bo’lgan, ya’ni, kompaniya foydasini oshirishga 
qaratilgan innovatsiyalar kraudsorsingi texnologiyasi sifatida ko’rib chiqilishi 
mumkin. Agar davlat xukumat organi innovatsion transport turini ishlab chiqish 
bo’yicha g’oyalar to’plash bo’yicha kraud-loyihani ishga tushirgan bo’lsa, bunda 
gap innovatsiyalar notijorat kraudsorsingi xaqida boradi.
Kraudfanding (
crowdfunding
) deganda, tijoriy innovatsion loyihalarni 
birgalikda moliyalashtirish maqsadida ixtisoslashgan kraudfanding platformalarida 
ko’ngilli xayriyalar to’plashdir. Kraudfanding va kraudsorsing bir-biri bilan yaxlit 
bir butunlikni tashkil qiladi va uning bir qismi kabi munosabatda bo’ladi, ya’ni 
kraudfanding kraudsorsing turlaridan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
kraudfanding — moliyaviy kraudsorsing, internet tarmog’ida kraudfanding 
platformasi yordamida ko’ngilli xafriyalar to’plash. Ishlab chiqarish funksiyalarini 
kraudsorserlarga to’liq o‘tkazish «
sof kraudsorsing
» biznes-modeliga xos bo’lgan 
xususiyat hisoblanadi. Bu korxona shtatidagi personal soni qisqarishiga olib 
kelishi muqarrardir. Elektron tijorat kompaniyalaridagi insonlar soni kam sonli 
bo’lib qoladi va rasmiy belgilari bo’yicha kichik biznes sub’ektlari qatoriga kirishi 
mumkin bo’ladi, bunda ularni ishga rasmiylashtirish, ularning ish layoqatini 
saqlash uchun ijtimoiy javobgar bo’lish va ta’til uchun pul to’lash shart bo’lmagan 
yuzlab va xatto minglab kraudsorserlarni jalb qilish mumkin. Zamonaviy 
kompaniyalar rivojlanishida ushbu trend boshqaruv bo’ginlari sonini kamaytirish 
va boshqaruv tashkiliy tuzilmalarini soddalashtirishga yo’naltirish bilan birga 


408 
xattoki yirik korporatsiyalarda xam kuzatilmoqda. Kraudsorsing nafaqat tijorat 
kompaniyalarining biznes-modellarini o’zgartiradi, balki ular kelajakda notijorat 
soxasida xam zamon va makon bo’ylab cheklanmagan ochiq tashkilotlar barpo 
etish asosida mexnatni tashkil qilishga o’tish bilan birgalikda kuzatiladigan 
o’zgarishlar ro’y beradi. Kraudsorsingning tabiati va moxiyatini biznes, 
kraudsorserning o’zi va mamlakat iktisodiyoti oladigan foyda belgilab beradi. 
Bugungi kunda kraudsorsing loyihalarini amalga oshirayotgan biznes namoyish 
etayotgan iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni pasaytirish; innovatsion ishlanmalarni 
rag’batlantirish; «omma» ishtirokida yaratilgan mahsulotga talabning ortishini 
sanab o’tish mumkin. Xozirgi paytda kraudsorsing tibbiyot, farmatsevtika, 
dasturlash, axborot hizmatlari bozori, ilmiy tadqiqot soxasida keng tarqalgan. 
Kraudsorsing va kraudfanding asta-sekinlik bilan butun dunyoda ommaviylashib 
bormoqda. Kraudsorsingning elektron tijorat bilan bog’lik loyihalari amalga 
oshirilishini birinchi navbatda, ochiq kodli dasturiy ta’minot ishlab chiqish 
soxasida kuzatish mumkin bo’lib, bunda istalgan shaxs dunyoning istalgan 
nuqtasidan turib, kompyuterga utirishi, mahsulot ishlab chiqishi va bu bilan katta 
muvaffaqiyatlarga 
erishishi 
mumkin. 
Bir 
tomondan, 
kraudsorsingning 
ommaviylashuv jarayoni davom etadi, chunki biznes iqtisodiy samara beradigan 
xar narsaga ochiq bo’ladi. Boshqa tomondan - bu jarayonlar rivojlanishi ko’plab 
kasblar vakillari, masalan, jurnalistlar, fotograflarning xozirdanoq ishga joylashish 
borasida muammolar xis qiladigan xolatning namoyon bo’lishi bilan birgalikda 
kuzatiladi, chunki istalgan shaxs ularning ishini ko’ngilli asosda bajarishi mumkin 
bo’ladi. Kraudsorsing texnologiyalari - kelajak texnologiyalari ekanligi xaqidagi 
xulosa unchalik shak-shubxa uygotmaydi. Kraudsorsing jarayoniga kirishishda 
kraudsorser yo’lini tanlagan shaxslarning ijtimoiy ximoyalanmaganligi ishsizlik 
muammosini yuzaga keltirmaydimi, degan savolga javob berish xam katta 
axamiyatga molikdir. Bu makroiqtisodchi olimlarning vazifasi albatta, ammo 
zamonaviy raxbarlar uchun bir narsa aniq — kompaniyalarga ularning tijorat 
qudratlarini oshirishga imkon beradigan barcha innovatsion marketing vositalari 
biznes xamjamiyati tomonidan qullab-quvvatlanadi va amaliyotga tatbiq etiladi. 


409 
Kraudsorsing jarayoni ishlab chiqarish modellarining xam, iste’mol modellarining 
xam o’zgarishiga olib keladi. Jaxon bo’ylab ochiq boshlangich kodli dasturiy 
ta’minot 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqarish 
tobora 
ommaviylashmoqda. 
Kraudsorserlarning o’zi xam qo’shimcha iste’mol talabini faollashtiruvchi 
hisoblanadi. Kompaniyalarni butunlay «100% kraudsorsing» biznes-modeliga 
o’tkazish trendi barcha tarmoqlar uchun xam dolzarb emas. Lekin shunga 
qaramay, 
aloxida 
tarmoq 
vazifalarini 
xal 
qilish 
uchun 
kraudsorsing 
texnologiyalaridan foydalanish deyarli barcha kompaniyalar uchun ochiqdir. 
Kraud-loyihalar ishlab chiqish va joriy qilish soxasida boshqaruv vakolatlarini 
kengaytirish ularning barcha iqtisodiyot tarmoqlarida ommaviyligi yanada 
o’sishiga hizmat qiladi. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish