Creative Common
(CC)
turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani
ko’zda tutadigan
General Publik License
(GPL, GNU);
Quyidagilar mamlakatimizda kraudsorsing va kraudfonding texnologiyalari
asosida elektron tijoratni rivojlantirishnini eng muhim va boshqalardan ajratib
turadigan jihatlari hisoblanadi: «omma»ning xilma-xilligi ishlarni bajarishi uchun
nomzodlar tanlashda hech handay cheklovlar yukligi bilan izohdanadi. Shu nuqtai-
nazardan, «omma» elektron tijorat loyihalariga ko’ngilli asosda qo’shiladigan
insonlarning xilma-xilligi asosida ko’rib chiqiladi. Masalan, «omma» ni loyiha
uchun tanlashda milliy, irqiy belgilar, professional mahorat va ma’lumot darajasi
bo’yicha hech qanday cheklovlar yo’q. Bunda kraudsorsing tufayli erishiladigan
sinergetik samara kraud-loyihalar qatnashchilarining turli-tumanligi hisobiga
ta’minlanadi. «Ommani» elektron tijorat loyihasiga jalb qilish faqat internet-
texnologiyalardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin. Kraudsorsing
platformasi deganda, mahsus ishlab chiqilgan, o’ziniki bo’lgan yoki ijaraga
olingan, internet tarmogi orqali kraudsorserlardan olingan katta hajmdagi
ma’lumotlar va moliyaviy vositalarni to’plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish
mumkin bo’lgan texnologik servisni tushunish lozim. Gap ko’ngilli hayriyalarni
405
to’plash, saqlash va qayta taqsimlash hakida borganda platforma kraudfanding
hisoblanadi. Kraudsorser - kraudsorsing loyihasida kungilli ravishda ishtirok
etadigan «omma» vakili bo’lgan kishidir. Kraudsorsing mahsuloti deganda
«omma» yaratgan, ya’ni «kraudsorserlar» mehnatidan foydalangan holda va
kraudsorsing platformasi asosida yaratilgan mahsulot tushuniladi. Kraudsorsing
mahsuloti sifatida loyiha, mahsulot yoki hizmat namoyon bulishi mumkin.
Kraudsorsing deb, veb-saytda mijozlar ta’assurotlarini to’plash bo’yicha
surovnomani joylashtirishdan tortib, to ishlab chiqarish jarayonining asosiy biznes
jarayonlariga ko’ngillilarni kiritishgacha bo’lgan har bir narsani atash mumkin,
deb hisoblash xato bulardi. Ushbu masalaga aniqdik kiritish uchun, har xil
kraudsorsing turlarini ko’rib chiqamiz va ularning xususiyatlarini ta’riflaymiz.
Internet tarmogida kraudsorsing platformasidan foydalangan xolda kraudsorserslar
tomonidan yaratilgan elektron tijorat loyihasi asosida mahsulot va hizmatga
qo’shimcha talab shakllantirish va iste’mol qiymati qo’shish hisobiga foyda olish
maqsadida ko’ngilli ravishda odamlarni («omma» yoki kraudsorserlarni) loyiha,
mahsulot, hizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotni ilgari
surish jarayoniga jalb qilish elektron tijorat kraudsorsingidir.
Quyidagilar elektron tijorat kraudsorsingining majburiy belgilari hisoblanadi:
odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi;
kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi;
kraudsorserlar rang-barang turdagi «omma»ni ifodalaydi;
kraudsorserlar mahsulot/hizmatga iste’mol qiymati qo’shadi;
kraudsorserlar bitta yoki bir nechta jarayonda: loyihada mahsulot/hizmat
yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, mahsulotni reklama qilish va
taqsimlashda ishtirok etadi;
kraud-loyiha ishlab chiqaruvchilar tijorat maqsadini - kattaroq foyda
olishni ko’zlaydi;
406
kraudsorsing
kraudsorserlar
ishtirokida
yaratilgan
loyiha/mahsulot/hizmatni boxorda ilgari surish elektron marketing
Do'stlaringiz bilan baham: |