O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

blokcheyn
) texnologiyasining imkoniyatlaridan 
foydalanish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish; 

taqsimlangan reestr (
blokcheyn
) texnologiyasi sohasida milliy kadrlar 
salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash; 

ushbu texnologiyani o'zlashtirish uchun mahalliy ishlab chiquvchilarni 
qo'llab-quvvatlash; 


279 

davlat boshqaruvi hizmatlarining sifatini yaxshilash, idoralararo ish olib 
borish samaradorligini oshirish, boshqa davlat vakolatlari bo’yicha 
hizmatlarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruv tizimida blokcheyn 
texnologiyalarini joriy etish. 
Taqsimlangan 
reestr 
texnologiyalari 
(
blokcheyn
) bo’yicha vakolatlar 
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun normativ-huquqiy va 
me'yoriy bazani takomillashtirish; 

Davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun 
tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni rivojlantirish; 

Davlat boshqaruvi tizimida taqsimlangan reestr texnologiyasini joriy etishga 
yagona texnologik yondashuvni ta'minlash; 

Blokcheyn sohasidagi bilimlarni boshqarish tizimini hayotga tadbiq qilish;

Blokcheyn texnologiyalariga ixtisoslashgan mahalliy ekspertlar va 
kompaniyalar reestrini yuritish; 

Taqsimlangan reestr sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini 
oshirish; 

Aholi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat hizmatchilarining taqsimlangan 
reestr texnologiyasi va uning afzalliklari haqidagi xabardorlik darajasiini 
oshirish; 

Davlat tizimi, xususiy va ijtimoiy sohalarda bloklcheyn texnologiyalardan 
foydalanish bo'yicha ilk pilot-loyihalarni amalga oshirish; 

Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo'yicha ilg'or xorij tajribalarini 
o'rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun xalqaro hamkorlikni 
amalga oshirish. 
Blokcheyn vakolatlari Markazining asosiy vazifasi va missiyasi ushbu sohadagi 
milliy tajriba darajasi va vakolatlarni oshirish hamda O'zbekistonda yuqori 
texnologiyali va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni rag'batlantirish 
maqsadida taqsimlanadigan reestr texnologiyalari sohasidagi bilimlarni yaratish, 
yanglash, saqlash va tarqatishning samarali mexanizmini joriy etishdan iborat. 


280 
Ushbu missiyani amalga oshirish uchun Markaz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha 
faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan: 
1.
Jamiyat hayotining turli sohalarida blokcheyn-texnologiyalarni muvaffaqiyatli 
joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan: 

global tendensiyalarni monitoring qilish, texnologik o'zgarishlarni, 
shuningdek, blokcheynni qo'llashning yangi sohalarini, usullarini va 
mexanizmlarini aniqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyalari bo’yicha 
xalqaro tajribani organish va uni halq xo'jaligi tarmoqlarida tezkorlik bilan 
o’zlashtirish; 

O'zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflarni 
ishlab chiqish maqsadida mamlakatdagi ilmiy-amaliy tashkilotlar bilan 
birgalikda amaliy, ilmiy va marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish; 

blokcheyn va unga aloqador texnologiyalarni, shu jumladan, bulut 
texnologiyalari, kriptografiya, kriptoanaliz, aqlli kontraktlar va boshqa bu 
bilan bog’liq innovatsion texnologiyalarni potentsial foydalanishni tartibga 
soluvchi halqaro normativ-huquqiy bazalarni tahlil qilish va ularni 
respublika sharoitlariga mos ravishda takomillashtirish; 

mamlakat miqyosidagi blokcheyn loyihalarni samarali ravishda amalga 
oshirish uchun tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmani rivojlantirish; 

blokcheyn-texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq tashabbuslar, milliy 
tildagi yangi adabiyotlar, tadbirlar hamda loyihalarni axborot-analitik va 
metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash; 

Blokcheyn-texnologiyalar bo’yicha oily ta’lim muassasalar va akademik 
tashkilotlar, 
olimlar 
va 
professor-o’qituvchilar 
bilan hamkorlikni 
rivojlantirish; 

Blokcheyn-texnologiyalarni ommalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy va 
o’zbek tildagi ommabop adabiyotlar yaratish va ularni ommaviy axborot 
vositalari yordamida halq ommasiga keng targ’ibot qilish; 


281 

Blokcheyn-texnologiyalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha moliya-kredit 
va bank tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uzviy aloqada 
bo’lib ishlash. 
2.
Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish, shu jumladan: 
o
taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat 
tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash; 
o
blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan 
bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan 
innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish 
hamda 
amaliyotda 
blokcheyn 
texnologiyalarni 
qo'llashning 
yangi 
yo'nalishlari va usullarini yaratish; 
o
iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga 
yo’naltirilgan 
blokcheyn-texnologiyalari 
sohasidagi 
mutaxassislarni 
tayyorlash va malakasini oshirish; 
o
taqsimlangan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi 
milliy kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda 
qo'llab-quvvatlash; 
o
blokcheyn texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib 
boruvchi oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlar, ilmiy-tadqiqot 
markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining 
a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish;
o
Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va 
o’tkazish, bu boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol 
ishtirok etish; 
3.
Blokcheyn innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy 
iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan:

blokcheyn texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat 
hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu 
soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish. 


282 

davlat 
boshqaruvida 
blokcheyn 
texnologiyani qo’llagan holda 
information-kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va 
tadbiq qilishda yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash; 

Davlat idoralari va boshqa tashkilotlarda taqsimlangan reestr 
texnologiyasiga 
asoslangan 
umumdavlat 
raqamli 
platformalari 
ishlatilishining rivojlanishiga ko’maklashish. 

blokcheyn konsepsiyasini ommaga namoyish qilish va uning amalga 
oshirilishi mumkinlgini tekshirish maqsadida davlat, hususiy yoki ijtimoiy 
sohalarda blokchain ilk loyihalarini amalga oshirish. 
Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini 
tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini 
osonlashtirishdir: 
Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar 
ko’z oldimizga keladi: 
Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi: 


283 
Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina 
murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi 
vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar, auyditor 
kompaniyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy tashkilotlar. Bu esa hisob 
ishlarini juda ham murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda 
blokcheynlardan foydalangan xoldagi taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi 
ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: 
Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday 
ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi. 
Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda 
buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar 
esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan shaffof va ommaviy 
xolatga keladi: 


284 
Noto’g’ri va noqonuniy tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular 
darhol barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi: 
Amalga oshirilgan har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan 
tasdiqlanadi va foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi: 


285 
Bu operatsiyalarningbarchasi blokcheyn deb atalgan taqsimlangan kompyuter 
tarmog’i vositasida amalga oshiriladi: 
Demak, blokcheyn bu - bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa 
P2P
(

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish