O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

Blokcheyn 
— bu bir-biri 
bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida 
saqlanuvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Uning nega kerakligini misol 
yordamida tushuntirish osonroq. AQSh dagi akangizga bank jo‘natmalari orqali 
100 dollar yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan 
so‘ng, bank xodimi shahsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni halqaro 
o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng, boshqa 
xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni 
AQShga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu tahlit akangizning shaxsiy 
hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch 
kun o‘tib, akangiz 97 dollarni oladi (
barcha banklarning komissionlari 
olinganidan so‘ng, albatta
). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz, va 
na sizning akangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz 
qayerda ekanligini va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. 
Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki 
xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin-ku. 
Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa o’ziga 
hos bir muammo. Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun 
foydalanilmoqda. Biroq shu bilan bir vaqtda u turli tashkilotlarning turli-tuman 
maqsadlarini amalga oshirish uchun ham faol joriy etilmoqda. Blokcheynning 
afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror-
bir ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida 
ma’lumotni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo‘q. Chunki 
bu jarayon butun dunyo bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan 


278 
tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning ko‘plab nusxalari 
saqlanadi — ular bilan istalgan foydalanuvchi istalgan vaqtda tanishishi mumkin. 
Jo‘natma jarayoni markazlashmagan holda bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi 
va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. Agar siz pullarni yoki 
qandaydir ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon 
yo‘qolib ketmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. Bozorning istalgan ishtirokchisi 
istalgan daqiqada moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. 
Blokchenda hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq 
shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati ta’minlab beriladi. 
Taqsimlangan reestr texnologiyalari (
blokcheyn
) bo’yicha vakolatlar markazi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3549-sonli 
“O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligini Faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qarorining ijrosini 
ta’minlash maqsadida tuzilgan. Hujjatda (
kontseptsiyada
) quyidagi atama va 
aniqlanuvlar qo’llanilgan: 

taqsimlangan reestr (blokcheyn)
- axborotni o’zida jamlagan, muayyan 
qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat). 
Ko'pincha bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli 
xil kompyuterlarda (
qurilmalarda
) saqlanadi. 

vakolatlar markazi
- tuzilmasining asosiy vazifasi qilib ma'lum bir sohadagi 
yangi bilimlarni, tajriba va vakolatlarni izlash va uzatish hamda konsalting, 
servis hizmatlari va professional hizmatlarni ko'rsatishdir. 
Markaz tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 

taqsimlangan 
reestr 
(

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish