3.mavzu. Konstruksiyalash bosqichlari (4 soat).
Reja:
1.
Konstruksiyalash bosqichlari.
2.
Konstruktorlik hujjatlari. Texnik topshiriq. Texnik taklif.
3.
Loyiha eskizi. Texnik loyiha. Ishchi hujjatlar.
4.
Asbob ishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
Loyihaning bo‘limlarini kelishish va chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish
uchun loyihaning bosh muhandisi tayinlanadi, u loyihaning texnik echimlarining
to‘g‘riligi, bajarilishi muddatlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun javobgar
bo‘ladi. Shuningdek u loyihani ishlab chiqish davri va uni amalga oshirishda
loyihaning texnik rahbari vazifasini bajaradi. Ushbu funksiyalarni ishlab
chiqarishning texnolog mutaxassisiga yuklatish maqsadga muvofiq bo‘ladi, u
boshqa mutaxassislarga nisbatan tezroq va malakali tarzda texnologik jarayonning
o‘ziga xos jihatlarini aniqlashi va qabul qilingan loyihaviy qarorlarning
to‘g‘riligini baholashi mumkin.
Loyihani ishlab chiqish sanoat korxonasi, bino, inshootning qurilishidan
avval amalga oshiriladi va uning asosiy maqsadi ma’lum sifatdagi, belgilangan
hajmlarda rejalashtirilgan mahsulotni eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
unga qo‘yiladigan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish sharti bilan sanoat
ob’ektining qurilishi uchun talab etiladigan hujjatlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining
qonunchilik va me’yoriy hujjatlariga tayanish lozim. Loyihalash davomida
ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari fan- texnika yutuqlari va ushbu sohadagi ilg‘or
tajribalarni hisobga olishi lozim, bunda qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan
korxonalarni ishga tushirish paytiga kelib, texnik ilg‘or bo‘lishi va yuqori sifatli
mahsulotning chiqarilishini ta’minlashi lozim. Bunga quyidagilar tufayli erishish
mumkin:
- yuqori unumli jihoz-uskunalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, avtomatik
liniyalardan va boshqa progressiv jihoz-uskunalardan foydalanish;
- yuqori samarali ishlab chiqarish jarayonlaridan, kam chiqindili va
resurslarni
tejaydigan,
qo‘l
mehnatini
kamaytiruvchi
texnologiyalardan
foydalanish;
- binolar va inshootlarning hajmiy rejalashtirish va konstruktiv echimlarini
takomillashtirish;
- qurilish materiallari, mehnat hajmi va qiymatini kamaytirish, uning
muddatini qisqartirish, progressiv buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishga
joriy qilish;
- xom ashyo, yoqilg‘i, materiallar va butlovchi buyumlarni olib kelish va
tayyor mahsulotni olib ketishning eng tejamkor transport sxemalaridan
foydalanish;
- ob’ektlarni rejalashtirishni takomillashtirish va sifatini oshirish;
- loyihalashning namunaviy konstruksiyalari, loyihalari va namunaviy
echimlaridan foydalanish;
- yer maydonidan oqilona foydalanish, atrof-muhitni, tabiiy resurslarni
muhofaza qilish hamda moddiy, yoqilg‘i-energetik va mehnat resurslarini
tejamkorona sarflash;
- ishlab chiqarish texnologiyasi, qurilish konstruksiyalari va materiallari
sohasidagi eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish.
Loyihalash topshirig‘i loyihalash jarayonini boshlash uchun boshlang‘ich
hujjat bo‘lib, u Buyurtmachi tashkilot tomonidan, Ijrochi tashkilotning ishtirokida
yoki maslahati bilan tayyorlanadigan loyiha ishidir. Loyihalash topshirig‘i
quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- loyihalanadigan korxona, bino va inshootning nomi va manzili;
- loyihalash uchun asos;
- ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotning nomenklaturasi;
- ishlab chiqarishning ishlab chiqarish quvvati;
- qurilishning boshlanish va yakunlanish muddatlari;
- asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
- loyihalash bosqichlari va boshqalar.
Loyihalashni
boshlashdan
avval
Buyurtmachi
loyiha
tashkilotiga
quyidagilarni taqdim etadi:
- tasdiqlangan loyiha topshirig‘i;
- tasdiqlangan qurilish uchun yer maydonini tanlash dalolatnomasi; - mavjud
qurilishlar (er osti, yer usti inshootlar va kommunikatsiyalar) va ularning texnik
holati haqida ma’lumot;
- loyihalashtiriladigan korxonani ta’minot manbalariga, muhandislik
tarmoqlariga va kommunikatsiyalarga ulash uchun texnik shartlar;
- inventarizatsiya materiallari, baholash dalolatnomalari va mahalliy
boshqarish organlarnining buzish to‘g‘risida hamda buziladigan binolar va
inshootlar uchun kompensatsiyasi xususiyati haqidagi qarorlari;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazolar bo‘yicha chora-tadbirlarni
kelishish (qurilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va
tasdiqlash tarkibi va tartibi qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) bilan belgilab
beriladi.
Korxonalar, binolar va inshootlarni loyihalash ikki xamda (ish loyihasi va
ish hujjatlari) bir bosqichda (ish loyihasi - ish chizmalari bilan birgalikdagi texnik
loyiha) amalga oshirilishi mumkin.
Texnik-iqtisodiy asoslashda (TIA) yoki texnik-iqtisodiy hisoblashda (TIH)
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlari (bir yoki ikkita) belgilanadi. Bir
bosqichda loyihalash qurilishi texnik murakkab bo‘lmagan ob’ektlar uchun
namunaviy takroriy qo‘llaniladigan loyihalarga binoan amalga oshiriladi. Ishchi
loyiha (yangi qurilish, amaldagi binolar va inshootlarni kengaytirish va
rekonstruksiya qilish uchun) quyidagi bo‘limlardan iborat:
- umumiy tushuntirish xati;
- bosh plan va transport;
- texnologik echimlar;
- ishchilar va xizmatchilar mehnatining ilmiy tashkil etilishi (MITE);
- qurilish qarorlari;
- qurilishning tashkil etilishi;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- turar joy qurilishi;
- smeta hujjatlari;
- ishchi loyihaning pasporti.
Ishchi loyiha qurilishning davomiyligi (me’yorlar bo‘yicha) ikki yilgacha
bo‘lganda - ushbu qurilish bo‘yicha, qurilishning davomiyligi ko‘proq bo‘lganda -
qurilish-montaj ishlarining bir yillik hajmi bo‘yicha ishlab chiqilgan ish hujjatlarini
o‘z ichiga oladi. Umumiy tushuntirish xatida korxonaning tuzilishi, ishlab
chiqarish quvvati, ishlab chiqariladigan yoki ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan
mahsulotning nomenklaturasi, qurilish ishlarining ketma-ketligi, qurilish rayoni va
maydonchasining tavsifi (shu jumladan qisqa iqlimiy va gidrogeologik ma’lumot);
asosiy loyiha echimlari; loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari; ishlab
chiqarishning, mehnatning va korxonani boshqarishning tashkil etilishi;
qurilishning tashkil etilishi va uning muddatlari; kiritilayotgan kapitalning miqdori,
ob’ektni ishga tushirish muddatlari va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumot keltiriladi.
Bosh planda rejalashtirilgan echimlarni asoslash, transport va xodimlarning
oqimlari, transport turlarini tanlash, bosh plan bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar
(korxona egallagan maydoni, qurilishning koeffitsienti va boshqalar) keltirilgan.
Texnologik qism quyidagilar haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi: chiqariladigan
mahsulot (tavsifi, xususiyati, nomenklaturasi va hajmi), korxona (ishlab
chiqarishning tarkibi va sxemasi), texnik echimlar va texnologik jarayonlar (tavsifi,
xususiyati, asosiy jihoz-uskunalar; qabul qilingan avtomatlashtirish va majmuaviy
mexanizatsiyalash darajasini asoslash), ishlab chiqarish (bo‘limlarni rejalashtirish,
asosiy jihoz-uskunaning joylashuvi bilan, xom ashyo, asosiy materiallar, elektr
energiyasi, suv va boshqalarga bo‘lgan ehtiyoj) va hokazo. Qurilish qismi
quyidagilardan iborat: umuman ob’ektning arxitektura - qurilish echimlarining
qisqacha tavsifi va ularni asoslash, hajmli-rejalashtirish va konstruktiv echimlarga
qo‘yiladigan
texnologik
talablar,
texnologik
jarayonlarning
qurilish
konstruksiyalariga agressiv ta’sir etishi, xonalarning yoritilishi yuzasidan talablar,
zararli chiqindilar miqdori, xonalar bo‘yicha umumiy havo almashinuvi, qabul
qilingan qarorlarni asoslash (isitish va shamollatish, havoning taqsimlanishi,
havoni tozalash), suv ta’minoti manbalarining ta’rifi, qabul qilingan suv ta’minoti,
kanalizatsiya sxemasi, oqava suvlarni tozalash usullari va ularni asoslash va
hokazo. Texnik-iqtisodiy qismi qurilishning maqsadga muvofiq joyini tanlashni
asoslab beradi, korxonaning quvvati va tarkibi, mehnat unumdorligi darajasi,
mahsulotning qiymati va rentabelligi, o‘z-o‘zini qoplashi, nisbiy kapital kiritish va
hokazolarni belgilaydi. Ish hujjatlarining tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ish chizmalari; - ob’ektning qurilishi yuzasidan smeta hujjatlari;
- qurilish va montaj ishlarining hajmlari qaydnomalari;
- qurilish va montaj ishlarining turlari bo‘yicha tuzilgan materiallarga
bo‘lgan ehtiyojning qaydnomalari va jamlanma qaydnomalari;
- jihoz-uskunalarning spetsifikatsiyalari to‘plami;
- jihoz-uskunalar va buyumlarning tegishli turlari bo‘yicha so‘roq varaqalari
va gabarit chizmalarining to‘plamlari;
- agar loyihada unga boshlang‘ich talablar ishlab chiqilmagan bo‘lsa,
individual tayyorlangan (namunaviy bo‘lmagan va nostandart) jihoz-uskunalar
uchun konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishga boshlang‘ich talablar. Ish
chizmalari tasdiqlangan texnik (ish) loyihaga muvofiq rasmiylashtiriladi. Ish
chizmalarida texnik loyihada bayon etilgan qarorlar aniqlashtiriladi. Ular er osti, er
usti kommunikatsiyalari va transport yo‘llari ko‘rsatilgan bosh planning
chizmalari, arxitektura-qurilish va texnologik chizmalari, hududni obodonlashtirish
va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha chizmalar, jihoz-uskunalarni buyurtirish uchun
spetsifikatsiya, qurilish uchun konstruksiyalar, detallar, buyumlar va materiallar
qaydnomalarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Smeta hujjatlari
loyihalashtiriladigan ob’ektning smeta qiymatini aniqlash uchun zarur bo‘ladi. Bir
va ikki bosqichli loyihalashda jamlanma smeta hisoblari, xarajatlar jamlanmasi,
ob’ekt bo‘yicha va lokal smetalar, loyiha va qidiruv ishlari bo‘yicha smetalar
tayyorlanadi. Smeta qiymati smeta hujjatlarining kerakli haqqoniyligini va
hajmining qisqarishini ta’minlaydigan yiriklashtirilgan normativlar qo‘llangan
holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |