Bog'liq jahondagi pensiya taminoti tizimlari ularning oziga xos xususiyatlari
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining
maqsadi – jahondagi pensiya ta’minoti tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini
o‘rganish va ilg‘or tajribalardan” O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotida
foydalanish yuzasidan xulosa va takliflar berishdan iborat. Muallif tomonidan
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan:
–
xorijiy davlatlar pensiya ta’minotining nazariy jihatlarini o‘rganish;
–
jahonda pensiya tizimini moliyalashtirish modellarini o‘rganish;
–
pensiya fondi sug‘urta badallarini to‘plash amaliyotini ilmiy o‘rganish;
–
rivojlangan mamlakatlardagi pensiya tizimining hozirgi zamon muammolari
o‘rganish;
–
MDH davlatlaridagi fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini tahlil qilish;
–
pensiya ta’minoti tizimidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari o‘rganish va
O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha xulosalar tayyorlash;
–
O‘zbekistonda jahon pensiya ta’minoti tizimi yangiliklaridan foydalanish
yuzasidan amaliy takliflar berish.