1-ma`ruza Mavzu: Tikuv sanoati haqida umumiy ma’lumotlar. Reja


Mashinaning ayrim qismlarini biriktiradigan detallar



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana27.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#413710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1-ma`ruza

Mashinaning ayrim qismlarini biriktiradigan detallar. 
Mashinaning 
qismlari ajraladigan yoki ajralmaydigan qilib biriktirilishi mumkin. Ajralmaydigan 
biriktirishda bir detal ikkinchisiga nisbatan hech qanaqasiga siljiy olmaydi. 
Payvandlangan va parchinlangan birikmalar ajralmaydigan birikmalarga kiradi. 
Ajraladigan bikr birikmalar ancha keng tarqalgan bo‘lib, ular vintlar, boltlar, 
shplintlar, shponkalar va boshqa detallar bilan biriktiriladi. Barcha vintlar vazifasiga 
qarab tirak, qisuvchi, tortish va o‘rnatish vintlariga bo‘linadi. Tirak vint (1-
jadvaldagi 1-qator) bir detalni ikkinchisiga mahkamlashda ishlatiladi. Bunda rezbali 
qismining uchi detallardan birining yuzasiga tiralib turadi. Vint (3) bo‘shatilgandan 
keyin detal (2) ni sterjen (1) bo‘ylab surish yoki shu o‘q atrofida burish mumkin. 
Qisuvchi vint (1-jadvaldagi 2-qator) ham bir detalni ikkinchisiga biriktirishda 
ishlatiladi, bunda 1-va 3-plastinalar bir-biriga vintlar (2) ning kallaklari bilan qisib 
mahkamlanadi. Detallarni bunday mahkamlash vintlar (2) bo‘shatilgandan keyin 
plastinalarni bir-biriga nisbatan uzunasiga surish imkonini beradi. Tortish vinti (1-
jadvaldagi 3-qator) qirqilgan bir detalni ikkinchisiga nisbatan tortish yo‘li bilan 
mahkamlashga xizmat qiladi. Vint (3) detal (2) ning chap qismiga burab kiritiladi, 
bunda vint (3) ning kallagi detal (2) ning chap yarmini o‘ng yarmiga tortib sterjen 
(1) ga mahkamlaydi. Vint (3) bo‘shatilgandan keyin detal (2) ni sterjen (1) ga 
nisbatan shu sterjen o‘qi bo‘ylab surish yoki uning atrofida burish mumkin. 
O‘rnatish vinti (1-jadvaldagi 4-qator) bir detalni ikkinchisiga qat’iy aniq holatda 
mahkamlashda qo‘llaniladi. Krivoship (2) val (3) ga vint (1) bilan mahkamlanadi. 
Bunda vintning silindrik barmog‘i (7) krivoship (2) teshigiga kiradi. Detallarni 
bunday mahkamlash bir detalning ikkinchisiga nisbatan surilishiga yo‘l qo‘y maydi. 


O‘rnatish vinti (4) ning rezbali sterjeni uchida vtulka (5) ni mahkamlaydigan 
konussimon yoki yassi tores bo‘lishi mumkin. Bunday biriktirish vint (4) 
bo‘shatilgandan keyin vtulka (5) ni val (6) bo‘ylab surish imkonini beradi. Tikuv 
mashinalarida bir detalning ikkinchisiga nisbatan surilishini ta’minlaydigan sharnirli 
vintlar (1-jadvaldagi 5-qator) keng ishlatiladi. Chunonchi, silindrik sharniri bor 
sharnirli vint (1) detal (2) ga tebranma yoki aylanma harakat qilish imkonini beradi, 
konussimon sharnirli vint (3) esa 4-va 5-detallarning bir-biriga nisbatan o‘zaro 
surilishini ta’minlaydi. Sharnirli vintlar (1 va 3) tutashuvchi detallarning bitta 
tekislikda, sharsimon sharnirli vintlar esa fazoda harakatlanish imkonini beradi. 
Harakatlanuvchi detallarni tutib turish uchun sharnirli barmoqlar (1-jadvaldagi 6-
qator) ishlatiladi. Masalan, tirak vint (2) bilan mahkamlangan sharnirli barmoq (1) 
qa burilma yoki tebranma harakat qila oladigan detal (3) kiydiriladi. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish