Asboblar panelini sozlash.
MathCADda Windowsning boshqa dasturlari kabi foydalanuvchi asboblar panelining
tashqi ko’rinishini o’ziga optimal bo’lgan ko’rinishga sozlash mumkin.
Siz :
- panellarni ko’rsatishingiz yoki berkitishingiz; panellarni ekranning ixtiyoriy
joyiga ko’chirishingiz; formasini o’zgartirishingiz; panel tugmalarini aniqlab sozlashingiz
mumkin.
Panellarni ekranga chiqarish
Ekranga ixtiyoriy panelni chiqarish yoki uni berkitish
View
(ko’rinish) /
Toolbars
(asboblar paneli) buyruqlarini tanlash orqali amalga oshiriladi. Ochilgan menyusidan
kerakli panel nomi tanlanadi. Ekranlan ixtiyoriy panelni olib tashlash kontekst menyu
yordamida ham bajarilishi mumkin. Buning uchun kontekst menyu sichqoncha o’ng
tugmasini panelning ixtiyoriy joyida bosish orqali chaqiriladi va
Hide
(yashirish) buyrug’i
tanlanadi. Bundan tashqari, agar panel
suzuvchu
bo’lsa, yani asosiy oynaga biriktirilmagan
bo’lsa, uni yopish tugmasi orqali berkitish mumkin. Asosiy panellardan farqli ravishda
matemati panellarni
Math
panelidagi mos tugmalarni bosib chaqirish yoki berkitish
mumkin. Matematik panellarning bor yoki yo’qligi mos tugmalar orqali ko’rinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |