Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/159
Sana27.01.2022
Hajmi2,54 Mb.
#413519
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159
Bog'liq
2 5292162743971878624

Nazorat savollari: 
1.
Axborot xavfsizligi nima? 
2.
Qanday turdagi viruslar mavjud? 
3.
Antivirus dasturlarining vazifalari? 
4.
Axborot xavfsizligini oshirishning usul va vositalari? 
 
10-Ma’ruza 
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash 
tillari. 
Reja: 
1.
Dasturlashnig zamonaviy texnologiyalari. 
2.
Dasturlash tillari turlari. 
3.
C++ dasturlash tili va uning lahjalari 
4.
Borland C++ Builder 6 tizimi 
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu bеlgisi bo’yicha tasniflash mumkin. 
Dasturlash tilining komp’yuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha tasniflash eng umumiy 
hisoblanadi (1-rasm). 
Yuqorida aytilgan bеlgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog’liq va mashinaga 
bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.


Mashinaga bog’liq tillar, o’z navbatida, mashina tillari va mashinaga mo’ljallangan 
tillarga ajratiladi. 
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi 
tushunchasi qo’llaniladi. Mashina tili 0 daraja dеb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi 
hisoblanadi. Odamning tabiiy tili “eng yuqori darajadagi til” dеb qaraladi.
Mashinaga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita toifaga bo’linadi: birinchisi 
protsеduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga - muammoga mo’ljallangan tillar.
Protsеduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yеchish algoritmlarini 
(protsеduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan; shuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib 
“algoritmik tillar" dеb ataladi. Ushbu tillar yеchilayotgan masalalar xususiyatlarini to’la 
hisobga oladi va komp’yuterning turiga dеyarli bog’liq emas. 
0-daraja 
1-daraja 
2-daraja 
3-daraja 
4-daraja 
Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga 
yaqinroq. Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-tеxnik, iqtisodiy, matnli va sonli 
axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yеchish tillari ma’lum. Masalan: 
FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo’lib, FORmyla TRANslator -formulalar 
tarjimoni dеgan manoni anglatadi va ilmiy va muhandis – tеxnik masalalarni 
hisoblashlarda qo’llaniladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic Langauge -algoritmik til dеgan 
ma'noni anglatadi va ilmiy-tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge – 
“savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til” dеgan ma'noni anglatadi. Korxona va 
tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan 
bog’liq iqtisodiy masalalarni yеchish uchun qo’llaniladi.
BORLAND C++ BUILDER 6 tili 1971 yilda e’lon qilingan bo’lib, frantsuz olimi 
Blеz Borland C++ Builder 6 nomiga qo’yilgan. Toifali xildagi masalalar yеchimini olishda 
tartiblangan (struktoifaaviy) dasturlar tuzishda qo’llaniladi. 
PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge/`1 - 1-tartib raqamli 
dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til univеrsal tillar toifakumiga kiradi. Bu tilda 
ishlab chiqilgan dasturlar komputerni yangisi bilan almashtirilganda qaytadan tuzib 
chiqilishi zarur emas. BЕYSIK (BASIC - Beginner's All 
Purpose 
Sumbolic 
Instruction Code - boshlovchilar uchun ko’p maqsadli dasturlash tili) hisoblash 
algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut 
kollеji xodimlari Kеmini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
DASTURLASH TILLARI 
Mashinaga bog’liq tillar 
Mashinaga bog’liq bo’lmagan tillar 
Mashina tillari 
Mashinaga mo’ljallangan 
tillar 
Mnemokodlar
Avtokodlar
Prosedyraga mo’ljallangan tillar 
Muammoga mo’ljallangan tillar 


Protsеduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matеmatik ifodalari, algoritmlar 
va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan 
komputerning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo’ljallangan tillar komputerda masala yеchish usullari va dasturlash 
usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi 
masalani tariflashi, boshlang’ich malumotlarni bеrishi va natijani chiqarishning talab 
qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
Komp’yuterda dasturlash oxirgi yillarda juda tez rivojlanib dastur tuzishga 
qiziquvchilar soni oshib bormoqda. 10-15 yil oldin o’z dasturlarini Windows muhitida 
yaratish ko’pgina dasturchilarning orzusi edi. Dasturlashtirish vositalarining zamonaviy 
texnologiyalari aynan shu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun qaratilgan. Hozirgi 
vaqtda yuqori darajali dasturlash tillaridan Borland C++ Builder 6, C++, Java kabi tillar 
Windows muhitida dasturlash imkonini beradi.
C++ dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki 
oddiy astur tuzuvchilar uchun ham keng yo’l ochib berdi. Juda qisqa vaqt ichida Borland 
korporatsiyasi C++ning bir qator (1 tadan 8 tagacha) laxjalarini ishlab chiqdi. C++ ning 
oxirgi laxjalarida ma'lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash, Internet tarmog’idan 
foydalangan holda ma'lumotlar alamashinuvini o’rnatish, dasturlashning ob'ektga 
yo’unaltirilgan modelini keng qo’llash, visual dasturlashda yangi komponentalar 
kutubxonasini (VCL) yaratish kabi asosiy farqli imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.
Borland C++ Builder (Borland C++ Builder 6) - Windows operatsion tizimida 
dastur yaratishga ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash muxitidir. Borland C++ Builder 6 
dasturlash muhitida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga 
asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob'ektga yo’naltirilgan g’oyasi mujassamlashgan.
Borland C++ Builder 6 - bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar 
kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan: 
-
yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;
-
ob'ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;
-
dastur ilovalarini vizual tuzish;
-
ma'lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.
Borland C++ Builder 6 - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay 
bo’lgan vosita bo’lib, komp’yuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, 
xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur 
zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob'ektga yo’naltirilgan dasturlash 
nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. 
Ma'lumki, dastur tuzish sermashaqqat 
jarayon, lekin Borland C++ Builder 6 tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va 
masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50-80%ni tizimga yuklaydi.
Borland C++ Builder 6 tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, 
hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi. 
Borland C++ Builder 6 o’zida bir qancha zamonaviy ma'lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlari, dasturlash texnologiyalarini ham ma'lumotlar bazasini yaratishda 
ishlatadi. 
Borland C++ Builder 6ning asosiy xarakteristikalari . 
- C++ Builder 6 - bir nechta dasturlash texnologiyalarni ishlata oladi; 
- yuqori darajali kompilyatorga ega; 
- komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli mavjud; 
- ilovalarni vizual ravishda tuzish imkoniga ega; 
-ma'lumotlar bazalarini yaratishda maxsus vositalardan foydalaniladi. 


Komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli tayyor ob'ektlardan foydalanib 
yangi ilovalar yaratish, shu bilan birga foydalanuvchining shaxsiy ob'ektlarini yaratish 
imkonini beradi.
Borland C++ Builder 6ning standart ob'ektlari 270tadan ortiq asosiy sinflarni 
birlashtiradi. Borland C++ Builder 6 sinflari murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lgan 
vizual komponentalar kutubxonasini (Visual Component Library -VCL) tashkil qiladi. 
VCL tarkibiga kiruvchi yuzlab sinflar mavjud.
Ilovalarni vizual ravishda tuzish. Vizual dasturlash vizual ravishda loyixa proektini 
tuzish va uning asosida programma kodini yaratish imkonini beradi. Vizual dasturlashni 
amalga oshirish uchun Borland C++ Builder 6, Borland C++ tizimlaridan foydalaniladi. 
Vizual dasturlash texnologiyasida ob'ekt deganda muloqat oynasi va boshqarish 
elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa) 
tushuniladi. 
Borland C++ Builder 6da dasturlash ikkita o’zaro ta'sir etuvchi bir-biri bilan bog’liq 
jarayon asosida tashkil qilinadi: 
-dasturni vizual loyihalash jarayoni; 
-dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni. 
Vizual loyihalash jarayonida dasturda yaratilayotgan ilovaning dizayni shakllanadi. 
Dasturchi vizual loyihalash jarayonini bajarganda Borland C++ Builder 6 avtomatik 
ravishda dastur kodini yaratishni boshlaydi. Dasturchi loyihasini ishlashi mobaynida dastur 
kodini C++ tilining maxsus operatorlari bilan to’ldiradi.
Ma’ruzada Borland C++ Builder 6 tizimida ishlash tavsifi keltirilgan bo’lib, bu 
dastur ham Windows amaliyot tizimining boshqa dasturlari kabi ishga tushiriladi: 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish