177
Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib
turuvchi Sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etiSh g‘oyalarini o‘zida aks
ettiradi.
Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika,
texnologiya va b. ko‘riniShida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Ular
quyidagilardir:
Novatsiya
Innovatsiya
1)
amaldagi
nazariya
doirasida
qo‘llaniladi;
2) ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni takomillaShtiradi
1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat
tizimini loyihalaydi;
3)
sub’ektlarning
faoliyati
to‘la
yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5)
faoliyatda
yangi
sifat
natijalariga
eriShiladi;
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi
Innovatsiya
jarayoni
tarkibiy
tuzilmalardan
iborat
bo‘liSh
bilan
birga
muayyan
qonuniyatlarga ham bo‘ysunadi. Mazkur jarayon uchun quyidagi to‘rtta qonuniyat xarakterli
sanaladi.
1- qonuniyat. Pedagogik innovatsion muhitining keskin beqarorlik
2-qonuniyat. Amalga oShiSh
3-qonuniyat. QoliplaShtiriSh
4-qonuniyat. (stereotiplaShtiriSh) Pedagogik innovatsiyalarning davriy takrorlaniShi
Keskin beqarorlik qonuniyatiga ko‘ra pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit
tasavvurlar o‘zgaradi, Shakllangan pedagogik yangilik baholanadi va bu yangilikning ahamiyati,
qiymati e’tirof etiladi.
Amalga oShiSh qonuniyati yangilikning hayotiyligini ifodalaydi, unga ko‘ra yangi pedagogik
innovatsiyalar stixiyali yoki ongli raviShda o‘ta tezkor yoki tezkor raviSha amaliyotga tatbiq etilai.
QoliplaShtiriSh
(stereotiplaShtiriSh)
qonuniyati
aksariyat
pedagoglarda
yangicha
tafakkurning qaror topganligini va ularning innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etiSh yo‘lida faollik
ko‘rsatiShlarini tavsiflaydi. Bu jarayonda dastlab innovatsion xarakter kasb etgan g‘oyalar yanada
ilg‘or yangiliklarni amalga oShiriShSh yo‘lida to‘siq bo‘la boShlaydi.
Pedagogik innovatsiyalarning davriy takrorlaniShi va qaytariliShi qonuniyati yangiliklarning
yangi, yanada qulay Sharoitlarda qayta tiklaniShini ifodalaydi.
Odatda pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiq etiliShi ikki xil kechadi:
1. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovatsion
jarayonda pedagogik yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tatbiq
etiShda mavjud Shart-Sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi tizimli kechadi, ya’ni, pedagogik
yangiliklar innovatsion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli
sifatida amaliyotga joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: