179
«
Innovatsion faoliyat
– bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos
kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi Shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan
to‘qnaShuvi natijasida vujudga kelgan muammolarni echiShga qaratilgan faoliyatdir»,-deb
ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov
59
.
Inson faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, ijodiy
faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, tadbirkorlik faoliyati, o‘quv-biluv faoliyati, boShqaruv
faoliyati va innovatsion faoliyat kabilar. Faoliyatning mazmuni, Shart-Sharoitlari, vositalari
o‘zgarib boriShi natijasida insonning ahloqiy madaniyati takomillaShib boradi.
«Pedagogik faoliyat - jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondiriSh maqsadida
umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni ShakllantiriShni ilmiy asoslangan reja-dasturga muvofiq
amalga oShiriSh, ya’ni yoSh avlodni hayotga tayyorlaydigan
ijtimoiy zarur faoliyat»,-deya
ta’riflaydi B.Ziyomuhammedov
60
.
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘naliSh - pedagogik innovatsiya va ta’lim
jarayonini yangilaSh g‘oyalarining paydo bo‘liShi natijasida o‘qituvchining pedagogik faoliyatida
ham yangi yo‘naliSh «o‘qituvchining innovatsion faoliyati» tuShunchasi paydo bo‘ldi.
Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritiSh, innovatsion jarayonlarni
boShqariShni tahlil qiliSh orqali innovatsion faoliyat tuShunchasini ta’riflaSh imkoniyati paydo
bo‘ldi. Innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boShlovchi, taraqqiy
ettiruvchi kuchdir. Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-
madaniy ob’ekt sifatlarini yaxShilaShga qaratilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u
ma’lum doiradagi muammolarni echiSh qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi
muammolarni echiSh uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘liShdir. O‘qituvchi innovatsion
faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali taShkil etiShdan iborat.Innovatsion
faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko‘rib chiqiSh zarur. Bu amaliyotning konkret
sub’ekt nuqtai nazaridan, amaldagi an’anaga nisbatan jiddiy o‘zgariShlarga olib keladigan yangi
faoliyatni innovatsion deb hisoblaSh mumkin.
Innovatsion faoliyatning infratuzilmasini innovatsion faoliyatni amalga oShiriSh uchun zarur
bo‘lgan xizmatlarni innovatsion faoliyat sub’ektlariga taklif etuvchi taShkilotlar taShkil etadi.
Demak, malaka oShiriSh institutlari, tuman (Shahar) metodika kengaShlari, maktab metod
birlaShmalari o‘qituvchilar innovatsion faoliyat yuritiShlari uchun zarur bo‘ladigan xizmatlarni
taShkil etiShlari kerak.
59
В
.
И
.
Слобадчиков
.
Учитель
и
инновации
.
Москва
. 2006. 215
ст
.
60
Do'stlaringiz bilan baham: