Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

2.Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish 

 

Boshqa  auditor  -  asosiy  auditor  tomonidan  tekshiriladigan  xo’jalik 

yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy 

axborotini  tekshiradigan  va  mazkur  axborotga  doir  hisobotni  tuzganlik  uchun 

javobgar bo’ladigan auditor; 

asosiy  auditor  -  moliyaviy  hisobot  boshqa  auditor  tomonidan  tekshirilgan 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  bir  yoki  undan  ortiq  bo’linmalari  bo’yicha 

moliyaviy  axborotni  o’z  ichiga  olgan  hollarda,  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning 

moliyaviy  hisoboti  bo’yicha  auditorlik  xulosasini  tuzganlik  uchun  javobgar 

bo’ladigan auditor; 

bo’linma  -  faoliyati  to’g’risidagi  moliyaviy  axborot  asosiy  auditor 

tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial, shu’ba 

korxonasi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt. 

Quyidagi  omillar  ta’siri  oqibatida  asosiy  auditorni  tayinlash  zarurati 

tug’iladi: 

asosiy  auditor  tomonidan  tekshirilayotgan  moliyaviy  hisobotga  kiritilgan 

bo’linma moliyaviy axborotining hajmi; 

asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi

xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  bo’linmalari  moliyaviy  axborotini  jiddiy  buzib 

ko’rsatishlar xatari. 

Asosiy  auditor  boshqa  auditor  ishining  natijalaridan  foydalanishni 

rejalashtirayotganda,  boshqa  auditorning  tekshirilayotgan  sohadagi  kasbiy 

bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor: 

taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi; 




 

 

139 



boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil 

qilishi; 

bo’linma  faoliyati  haqidagi  bilimini  baholash  maqsadida  boshqa  auditor 

bilan suhbat o’tkazishi kerak. 

Asosiy  auditor  o’zining  boshqa  auditor  bilimdonligiga  tegishli  xulosalari 

haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish hujjatlariga 

qo’shiladi. 

Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi: 

a)  auditorlik  tekshiruvi  chog’ida  uning  mustaqilligi  haqida  va  bu  haqda 

yozma majburiyat oladi; 

b)  boshqa  auditor  hisobotini  tuzish  hamda  auditorlik  tekshiruvi  chog’ida 

ularning  harakatlarini  muvofiqlashtirish  bo’yicha  tegishli  taomillarni  o’tkazish 

tartibi  haqida.  Asosiy  auditor  boshqa  auditorni  alohida  e’tibor  talab  etiladigan 

masalalar,  shuningdek  auditorlik  tekshiruvi  vaqtining  tugashi  haqida  xabardor 

qilishi lozim.  

Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart: 

a)  boshqa  auditor  bilan  qo’llaniladigan  auditorlik  taomillarini  muhokama 

qilish; 


b) boshqa auditorning reja va dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash

v) boshqa auditorning ish hujjatlarini ko’rib chiqish; 

g)  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  bo’linmasi  (bo’linmalari)  ma’muriyati  bilan 

boshqa auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish

d) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotini 

qo’shimcha  tekshiruvdan  o’tkazish  yo’li  bilan  boshqa  auditor  ishining  sifatini 

nazorat qilish. 

Boshqa  auditor  asosiy  auditorga  ma’lum  bo’lgan  hamda  boshqa  auditor 

tomonidan  tekshirilayotgan  moliyaviy  axborotni  to’g’rilash  va  oshkor  etishni 

talab  etadigan  boshqa  bo’linmalarning  bitim  hamda  operatsiyalariga  taalluqli 

so’rovlar qilishi mumkin. 



 

 

140 



Boshqa  auditor  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  bo’linmasi  (bo’linmalari) 

moliyaviy  axboroti  tekshiruvining  borishi  haqida  asosiy  auditorni  muntazam 

xabardor qilib turadi. 

Asosiy  auditorga  boshqa  auditorning  so’rovnomasi  yozma  shaklda  bayon 

etilishi, sana qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim.  

So’rovnomada  asosiy  auditor  boshqa  auditorga  javob  qaytarishi  kerak 

bo’lgan muddat ko’rsatiladi. 

Asosiy  auditor  boshqa  auditordan  so’rovnoma  olgan  taqdirda  boshqa 

auditorning  so’rovnomasida  ko’rsatilgan  muddatni  hisobga  olgan  holda  yozma 

shaklda javob yo’llashi lozim.  

Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim.  

Asosiy  auditorning  maktubiga  sana  qo’yilishi  va  boshqa  auditorga  tilxat 

orqali berilishi lozim.  

Asosiy  auditor  tomonidan  tuziladigan  moliyaviy  hisobot  to’g’risidagi 

auditorlik  hisobotiga  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  bo’linmasi  (bo’linmalari) 

moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar 

ham qo’shiladi. 

Asosiy  auditor  tomonidan  tuziladigan  moliyaviy  hisobot  to’g’risidagi 

auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi. 

Boshqa  auditor  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  bo’linmasi  (bo’linmalari) 

moliyaviy  hisobotiga  taalluqli  o’z  hisobotining  haqiqiyligi  uchun  javobgar 

bo’ladi. 

Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan 

xulosaga  kelgan  bo’lsa,  asosiy  auditorning  o’zi  esa  boshqa  auditor  tomonidan 

tekshirilgan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  bo’linmasi  (bo’linmalari)  moliyaviy 

hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi 

hajmining  cheklanganligi  tufayli  belgilangan  tartibda  auditorlik  xulosasini 

tuzishdan voz kechadi. 

 

 



 

 

141 




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish