Takrorlash uchun savollar:
1.
Ekspert tushunchasi nima?
2.
Ekspert ishidan auditorlik dalil sifatida qanday foydalanish mumkin?
3.
Ekspert xulosasi nimani anglatadi?
4.
Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan qay tartibda foydalanish mumkin?
5.
Asosiy auditor qanday ma’noni anglatadi?
6.
Boshqa auditor qanday ma’noni anglatadi?
142
1
1
0
0
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
AUDITORLIK TANLASH
1.
Auditorlik tanlash tushunchasi
Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvoli-ning auditor
tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining
garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat
o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida
tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob
registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi,
buxgalteriya xodimlarining bilim da-rajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga
qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi
lozim.
Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda
sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz-
korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil
qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistik tanlash usullarini talab
qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash
yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti
buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aks
ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi
mumkin.
Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada
ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil
etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotganligi,
avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linma-lari
tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari
bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin.
143
Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha
bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.
Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi
tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab
olingan elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash»
(Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning
mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli
Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning
uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi
auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish
va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan
iborat.
O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni
ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega»
deb ko’rsatilgan qoidalardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari uchun
majburiy hisoblanadi.
Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin:
1.
Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish
2.
Mohiyatan tanlab tekshirish.
Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari.
Tekshiriladigan hisobot davri
ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat.
Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan tovar-moddiy zahiralar va
chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-fakturalarni to’lashga
ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralar-ni nomlari,
miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol
bo’ladi.
Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi
ichki nazoratning buzilishini qiymat
ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab
tekshirish deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-
144
ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar
olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi.
Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini
ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu maqsadga
erishishni ta’minlaydigan auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra auditor
ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur
dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar
to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan
birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam
elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon
beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi.
Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
tanlash ko’lami;
kuzatish birligi;
tanlash birligi;
tanlash uslublari;
saylab olish hajmi;
salmoqli (reprezentativ) tanlash;
tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.
Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni
aniqlash zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga
taalluqli bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plam
– bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda
buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari
sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.
Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha
hujjatlari
turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik
izchilligi va boshqalar
bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib
chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi
axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga
145
taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yil-gan) summadan kam
bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami
tekshiriladigan to’plam
bo’lib hisoblanadi.
Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu
mijoz korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan
hujjatlaridir. Tanlash birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish
birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har
qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi
mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi mumkin.
Tanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi
oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |