Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt
hisob jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita
Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz
korxona va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya
hisobi registrlari va uning moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz
korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og’zaki bildirishlari; mijoz
korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan solishtirish, hamda uning hujjatlarini
uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; mijoz korxona aktivlari va
passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari.
Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita
118
kuzatishi va moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar
eng ishonchli hisoblanadi. Shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga
asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning
axborotlarga ishlov berish tizimidan to’planganiga qaramasdan, to’plangan
ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan
ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot
tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning
dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini
inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan axborotdan
dalil sifatida foydalanish mumkin.
Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik
riskini pasaytiradi.
Ko’p hollarda bitta holat bo’yicha har xil manbalardan to’plangan dalillar bir-
birlariga zid bo’lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish
va to’plangan dalillarning ishonchliligi hamda xulosalarning asosliligiga ishonch
hosil qilishi uchun qo’shimcha axborotlar to’plashi zarur. Agar auditor qandaydir
muammo bo’yicha etarli dalillar to’plash imkoniga ega bo’lmasa, buni o’zining
hisobotida aks ettirishi lozim.
Agar mijoz korxona auditorga to’laqonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi
hujjatlarni takdim kilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash
imkoniga ega bo’lmasa, uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin.
№50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik
tashkilotiga xo’jalik yurituvchi subekt tomonidan mavjud hujjatlar to’la hajmda
taqdim etilmasa va u qaysidir schet va (yoki) muomala bo’yicha etarli auditorlik
dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni
o’zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish
to’g’risidagi masalani o’rtaga qo’yishi mumkin. Demak, etishmayotgan auditorlik
dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa,
auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni
tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim.
119
Shunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to’g’risida o’z fikrlarini
shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan
foydalanib, auditorlik riskini pasaytirishni ko’zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: