turi, manbasi
va
olinish usullariga
ko’ra turkumlanadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki
shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga
bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma
yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda
auditorlik tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat.
Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki
ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni
o’z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a)
faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni
aniqlash yo’li bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida
aniqlangan dalillar.
Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining
mavjudligini aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni
fakt-vaziyatlar deb hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi
hisoblangan inventarizatsiya yo’li bilan aniqlanadi.
Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini
to’ldirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li bilan amalga
oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz
operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq operatsiyalar misol bo’lishi
mumkin. Shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining bir-
117
birlariga mos kelmaslik holatlari.
Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan
ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan
amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit
jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar»
schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor
ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3)
taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va
mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning
egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910-
«Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa,
hech qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi
argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |