Ushbu inventarizatsiya
ro’yxatida qayd qilingan barcha moddiy boyliklarni komissiya mening
ishtiroqimda aslidan tekshirdi va ro’yxatga kiritdi, bu borada inventarizatsiya
komissiyasiga e’tirozim yo’q. Ro’yxatda qayd qilingan barcha boyliklar mening
javobgarligimda saqlanmoqda»
Auditor hisobot yilining oxirgi yoki yangi yilning dastlabki kunlarida
tekshirilayotgan korxona xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan inventarizatsiyada
qatnashishi mumkin. Biroq, inventarizatsiya ma’lum bir sana oralig’ida
o’tkazilgan bo’lsa, auditor inventarizatsiya o’tkazilgan paytdan hisobot
sanasigacha o’tgan davrda zahiralarning kirimi va chiqimini ko’zdan kechirib
277
chiqishi zarur. Bu holda nakladnoylar, schyot-fakturalar, bojxona deklaratsiyalari
va shunga o’xshash hujjatlar hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari bir necha omborlarda saqlanishi mumkin. Bu holda
kamomadni yopish maqsadida zahiralarni bir ombordan ikkinchisga o’tkazib
qo’yishning oldini olish uchun inventarizatsiyani barcha omborlarda bir vaqtning
o’zida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Agar qandaydir sabablarga ko’ra bunday
qilishning imkoni bo’lmasa, auditor birinchi omborda inventarizatsiya boshlangan
paytdan boshlab, u oxirgi omborda tugagunga qadar vaqt oralig’ida zahiralarning
bo’linmalar (omborlar) o’rtasida biri-biriga o’tishini ko’zdan kechirib chiqishi
zarur.
Agar barcha omborlarni bir vaqtning o’zida inventarizatsiyadan o’tkazish
imkoni bo’lmasa, ularning hammasini muhrlab qo’yib, so’ngra birma-bir
inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish mumkin.
Inventarizatsiya o’tkazish chog’ida auditorda zahiralar to’g’risida dalil-
isbotlar olishda, texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan
murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun ayrim hollarda
mutaxassislar maslahatiga zarurat seziladi.
Shuningdek, zahiralarning miqdorini aniqlash bilan bog’liq dalil-isbotlarni
olishda ham murakkabliklar vujudga kelishi mumkin. Ular quyidagi shart-
sharoitlardan kelib chiqadi:
a) tanlash usulining qo’llanilishi. Ma’lumki, bitta tekshiruv doirasida barcha
zahiralarni yoppasiga tekshirishning imkoni yo’q, ammo zahiralar to’g’risidagi
hisob yozuvlari ularning haqiqatdagi qoldiqlariga yaqqol mos kelmagan hollarda
barcha tovar-moddiy zahiralar tekshiruvdan o’tkazilishi zarur;
b) auditorning zahiralar saqlanadigan barcha joylarda bir vaqtning o’zida
ishtirok eta olmasligi;
v) nazorat amallarining xususiyatlari - takroran hisobga olish, tasodifan yoki
ataylab hisobga olinmagan qiymatliklar yo’qligiga ishonch hosil qilish zarur.
Nazorat uchun o’tkazilgan tekshiruvlar qiymatliklarni jamlash to’g’ri amalga
oshirilganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi;
278
g) inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklarning xususiyatlari (masalan,
fermalarda pichan g’arami, elevatordagi don uyumi va h. k. ). Bunday hollarda
auditor maxsus o’lchash, baholash usullaridan foydalanib, bu vaqtda
zahiralarning bir qismi o’lchanadi va so’ngra ularning umumiy miqdori
aniqlanadi.
Bunday tekshiruv natijalarining to’g’riligi ularni buxgalteriya hisobi va ombor
hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Ayrim turdagi zahiralar mavjudligini oddiy hisob-kitob yo’li bilan tekshirish
mumkin emas. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz kechadigan - qayta
ishlash, sanoat ishlab chiqarishi kabilarda. Bunday holda auditor ichki nazorat
amallariga tayanishi, hamda bunday moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya qilish
uchun mijoz ruxsati bilan ekspertlar jalb qilishi mumkin.
Ayrim hollarda bir qator sabablarga ko’ra inventarizatsiya o’tkazish imkoni
bo’lmaydi. Masalan, audit o’tkazish uchun shartnoma tuzish paytiga, yil oxirida
mijoz tomonidan inventarizatsiya o’tkazib qo’yilgan va uni takroran o’tkazishdan
bosh tortsa yoki inventarizatsiya o’tkazish juda qimmat bo’lgan hollarda. Bu
holda auditor matematik metodlarni qo’llashi mumkin. Ular ma’lum darajadagi
ehtimol bilan zahiralar miqdorini baholashga imkon beradi. Shunday holat yuzaga
kelishi mumkinki, mijoz yoppasiga inventarizatsiya o’tkazishni istaydi, ammo
auditorning iltimosiga ko’ra tovar-moddiy zahiralarning bir qismi inventarizatsiya
qilinadi.
Inventarizatsiya ishlari yakunlanib, tegishli tarzda rasmiylashtirilgandan so’ng
inventarizatsiya ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari taqqoslanib,
tafovutlar aniqlanishi lozim. Bu ish taqqoslash qaydnomalari tuzish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
Agar inventarizatsiya natijasida mavjud boyliklar qoldiqlarining buxgalteriya
hisobi ma’lumotlaridan farq qilishi aniqlansa, auditor rasmiylashtirilgan ro’yxatni
taqqoslash qaydnomasi tuzish uchun buxgalteriyaga topshiradi.
Taqqoslash qaydnomalari faqat hisobga olish ma’lumotlaridan farq qilganligi
aniqlangan moddiy boyliklar bo’yicha tuziladi. Ularni auditor, bosh buxgalter va
279
moddiy javobgar shaxs imzolaydi. Agar kamomadlar yoki oshiqchaliklar
aniqlansa, moddiy javobgar shaxs bu haqda yozma tushuntirish beradi.
Boyliklarning tabiiy kamayishidan ortiq kamomadi aybdor hisobiga yoziladi,
oshiqcha chiqqan boyliklar esa kirim qilinadi. Bir tekshiriladigan davr ichida bir
moddiy javobgar shaxsga tegishli bir xil nomdagi moddiy boyliklar qayta xillash
(navlarga ajratish) natijasida aniqlangan oshiqchaliklar va kamomadlarning
o’zaro o’rnini qoplashga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Moddiy boyliklarning
tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha kamomadlari va buzilishdan yo’qotishlari
aniq aybdorlari noma’lum bo’lgan hollarda korxona daromadi hisobidan
qoplanadi.
Taqqoslash qaydnomasini mazkur korxona buxgalteriyasi tuzsa ham auditor
uning to’g’ri tuzilganligini va unda buxgalteriya xodimlari tomonidan qayd
qilingan raqamlar buxgalteriya ma’lumotlariga mos kelish-kelmasligini tekshirib
ko’rishi lozim.
Shuningdek, inventarizatsiyada aniqlangan, tovar moddiy zahiralar
kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa
tortish masalalari ham o’rganiladi.
Moddiy
boyliklarning
but
saqlanayotganligini
tekshirishda
moddiy
boyliklarning to’liq kirim qilinganligini va chiqimga to’g’ri hisobdan
o’chirilganligini aniqlash muhim o’rin egallaydi. Chunki ayrim hollarda ortiqcha
xom ashyo hosil qilinib, undan noqonuniy maqsadlarda «chapga ketadigan»
mahsulot ishlab chiqarishga yo’l ochib beriladi.
Odatda, moddiy boyliklarni kirim qilishni nazorat qilish mol etkazib
beruvchilardan kelib tushgan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish yo’li bilan amalga
oshiriladi. Bunday hujjatlar jumlasiga to’lov talabnomalari, schyot-fakturalar,
turli ilovalar (spetsifikatsiyalar, sertifikatlar, sifat yorliqlari va hokazo) qo’shib
yuboriladigan tovar-transport yuk xat (nakladnoy)lari kiradi.
Korxonaga keltirilgan moddiy boyliklar tegishli omborxonaga o’z vaqtida
kirim qilinishini yoki agar ular darhol tsexga beriladigan bo’lsa, omborxona
orqali rasmiylashtirilib, bu haqda hujjatlarda qayd qilinadi.
280
Shunday qilib, bu holda omborxona xodimi moddiy boyliklarning mavjudligi
va tsexga berilganligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, moddiy boyliklarni
tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
*
yo’ldagi moddiy boyliklar va fakturasiz jo’natilgan moddiy boyliklarni
hisobga olish ishlari to’g’ri bajarilishini; balansda ko’rsatilgan, yo’ldagi moddiy
boyliklar qoldiqlarining haqqoniyligi;
*
10-«Materiallarning pul ifodasidagi harakati» qaydnomasining to’g’ri
yuritilishini;zimmalarida moddiy boyliklar qoldiqlari hisobda turgan moddiy
javobgar shaxslarning hammasi ham har oyda moddiy hisobotlarni topshirishini;
aytilgan hisobotlar topshirilmay turib(moddiy javobgar shaxsning kasalligi yoki
boshqa sabablarga ko’ra) korxona rahbarining alohida farmoyishi bo’yicha
materiallar hisobdan chiqarilishini va hisobdan chiqarilgan materiallarning soni
va qiymatiga keyin topshirilgan hisobot bo’yicha o’zgartirishlar qilinishi;moddiy
boyliklar ishdan bo’shagan xodimlar hisobida turgan hollar borligini (agar bor
bo’lsa, buning sabablarini va aybdor shaxslardan ularning qiymatini undirish
uchun qanday choralar ko’rilganligini );kelib tushgan(mol etkazib beruvchilardan
va hokazo ) moddiy boyliklar hisob baholari bo’yicha qiymatining 6 yoki 7-jurnal
orderlarda aks ettirilgan baholar bo’yicha qiymatiga mos kelishini; sarflangan va
sotilgan materiallar hamda foydalanishga berilgan va ishga yaroqsizligi tufayli
hisobdan chiqarilgan arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi
tegishli balans schyotlarida to’g’ri hisobga olinganligini; moddiy boyliklarning
amaldagi tannarxini ularning hisob baholari bo’yicha qiymatidan farqi to’g’ri
aniqlanganligini va hisobdan chiqarilganligini; hisob baholarini qo’llash qiyin
bo’lgan inflyatsiya sharoitlarida moddiy boyliklarni baholash usuli borasida
korxonada qanday hisob yuritish siyosati qo’llanilayotganligini; transport-
tayyorlov xarajatlarining tarkibi to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinayotganligi;
moddiy boyliklarning harakatiga doir muomalalar 16-qaydnomada to’g’ri va
to’liq aks ettirilganligini;jo’natilgan moddiy boyliklar uchun xaridorlar
zimmasidagi qarzlarning haqqoniyligini; da’vo qilish muddati tugagan, to’lash
muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarning bor-yo’qligini;xaridorlar tomonidan
281
qisman aktseptlangan yoki bankka to’liq summada to’lash rad qilingan, bankka
inkassaga qo’yilgan schyotlar bor-yo’qligini, bunday hollarda qanday choralar
ko’rilganligini;
*
omborxona
xo’jaligining ahvolini;moddiy boyliklarning saqlanish
sharoitlarini; materiallar miqdor va sifat ko’rsatgichlari bo’yicha to’g’ri qabul
qilinganligini;moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarni saqlash va
hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaning bajarilishini, ularni saqlash
qoidalarining buzilish sabablarini; korxona omborxonasi hududidan moddiy
boyliklarning transportda yoki transportsiz olib chiqib ketilishi ustidan
nazoratning ta’minlanishini; omborxona binolarining texnik holatini;
*
moddiy boyliklar biriktirib qo’yilgan xodimlar bilan to’liq moddiy
javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma tuzilganligini; moddiy boyliklarning
omborxonadagi harakati to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishini;
ishonchnomalarni berish va ulardan foydalanishga doir hisobotlar tuzish
qoidalariga rioya qilinishini;
*
moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga to’g’ri hisobdan chiqarilishini;
amaldagi me’yorlarning hozirgi zamon texnologiyasi va ishlab chiqarishning
tashkil qilinish darajasiga muvofiqligini;materiallarni qayta ishlash uchun chetga
berishning to’g’ri rasmiylashtirilishini; moddiy boyliklarni saqlash va tashishda
tabiiy kamayish me’yorlariga muvofiq ularning kamomadi va yo’qolishlarini
hisobdan chiqarishning asoslanganligi va boshqa shularga o’xshashlarni.
Tovar-moddiy zahiralarining to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida
auditor mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini,
tanlangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo’yicha QQSni qoplash
tartibini hisobga olishi zarur.
Tovar-moddiy zahiralarining tushumi va kirim qilinishi mol etkazib
beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-
transport nakladnoylari, schyot-fakturalar, qodoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat
guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi.
282
Omborxona kirim hujjatlarini mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi
hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari
bilan solishtirish omborxonada sodir bo’lgan kirim muomalalarini tekshirishning
umumiy usuli hisoblanadi.
Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik
tekshiruvning ob’ekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish
jurnalidan moddiy qiymatliklarning assortimenti va etkazib berish muddatlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni mol etkazib beruvchilar bo’yicha olish mumkin.
Auditor bunday hisobning mijoz-korxonada qanday tashkil etilganligini
o’rganadi. Xususan, har bir mol etkazib beruvchi bo’yicha shartnomada
materiallarning etkazib berilish muddatlari va assortimenti ko’rsatilayotganligi,
hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko’rsatilgan
holda qabul qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan axborotlarning
ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan
ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol
etkazib berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo’yicha
auditor tekshirilayotgan davr ichida qanday mol etkazib berishlar amalga
oshirilganligini aniqlashi mumkin.
Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga
ega bo’lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo’lsa, auditor xarid
dalolatnomalarining mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga e’tibor
qaratadi. Xarid dalolatnomasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim:
sotuvchining pasport ma’lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori va
qiymati.
Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni qabul
qilib oluvchi shtampasi bosilgan mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi
hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga
ko’ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi.
Sotib olingan moddiy boyliklarning to’g’ri baholanishi va to’liq kirim
qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy boyliklarni hisobga oladigan
283
vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob registrlari
ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi.
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol
etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol
etkazib beruvchilardan kreditor qarzlarning haqqoniyligiga e’tibor qaratadi.
Buning uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan
schyotlar, shartnomalar va mol etkazib beruvchilarga to’langanlik to’g’risidagi
pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtiradi.
Tovar-moddiy zahiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo’yicha
tekshirish chog’ida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi;
qabul qilish dalolatnomalari, tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan
tafovut dalolatnomalarining to’g’ri rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxslar
hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar reestrlarining buxgalteriyaga o’z vaqtida
taqdim qilinishi aniqlanadi. Tafovutlar aniqlanganida hujjatlarni qarama-qarshi
tekshiruvdan o’tkazish zarur.
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda ichki hujjatlar
mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi.
Auditor olingan moddiy boyliklar sifati va miqdoridagi tafovutlarning
dalolatnomalar bilan to’g’ri rasmiylashtirilganligi va mol etkazib beruvchilarga
yoki transport tashkilotlariga (masalan, avtobaza, temir yo’l kompaniyasi) o’z
vaqtida da’vo qo’zg’atilganligini o’rganadi. Ayrim hollarda bunday tafovutlar
moddiy boyliklarni o’zlashtirish va kamomadni yashirish maqsadida qalbaki
dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Zarur hollarda auditor moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo’lgan
hujjatlarni ularning mol etkazib beruvchilarda saqlanayotgan nusxalari bilan
solishtirib, qarama-qarshi tekshiruv ham o’tkazadi.
Korxonaga tegishli bo’lmagan, ammo uning ixtiyorida saqlanayotgan yoki
ishlatilayotgan tovar-moddiy zahiralar shartnomalar shartlariga muvofiq,
shartnomada ko’rsatilgan bahoda balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
284
Ma’sul
saqlash uchun qabul qilingan
moddiy
boyliklar, hamda
buyurtmachining xom ashyosi sifatida qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo
va materiallar korxonaning o’ziga tegishli ishlab chiqarish zahiralaridan alohida
saqlanishi va hisobga olinishi lozim. Bunday moddiy boyliklar №21 BHMS ga
muvofiq 002 - «Ma’sul saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar» va 003-
«Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar» degan balansdan tashqari
schyotlarda hisobga olinishi lozim.
Hujjatsiz
(schyot-fakturasiz)
olingan
materiallarni
tekshirish
ayrim
xususiyatlarga ega. Ular 6010 - «Mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga
to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyoti bo’yicha
yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo’yicha alohida so’ngi
kirim qilingan partiya bahosi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o’rniga
«N» harfi (fakturlanmagan) qo’yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim
qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki,
keyingi oyda mol etkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu
yozuvlar mol etkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan materiallarni
haqiqiy sotib olish bahosi bo’yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o’zida
tuzatilishi (storno qilinishi) kerak.
Hujjatsiz mol olingan holatlar mavjud bo’lganida auditor quyidagilarni
tekshiradi:
*
qabul
qilish
dalolatnomalarini
tuzish
tartibiga
qanday
rioya
qilinayotganligi;
*
hujjatlarsiz olingan moddiy boyliklarni kirim qilishning to’liqligi va
to’g’riligi;
*
baho belgilashning to’g’riligi;
*
mol etkazib beruvchilarning qarama-qarshi hujjatlari kelib tushganda
qilingan tuzatish (korrektirovka) larning to’g’riligi (buning uchun auditor
qabul qilish dalolatnomalaridagi yozuvlarni keyinchalik olingan mol etkazib
beruvchilar hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirishi zarur).
285
Agar mijoz-korxona hisobida yo’lda kelayotgan ya’ni puli to’langan, lekin
hali oy oxirigacha kelib tushmagan moddiy boyliklar mavjud bo’lsa, u holda
auditor bunday moddiy boyliklar qiymatini buxgalteriya hisobi va balansda aks
ettirishning ishonchliligini tasdiqlashi uchun ular keyinchalik olinganligi va puli
to’langanligi yoki balans tuzilayotgan sanaga kreditor qarzlar tarkibiga
kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur.
Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida auditor
olinayotgan moddiy boyliklar bo’yicha QQSning hisobda aks ettirilishini ham
tekshiradi.
№4 –«Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSda tovar-moddiy zahiralarini
sotib olish xarajatlarining taxminiy tarkibi keltirilgan. Ularga, xususan,
materiallarni tayyorlash va tashib keltirish, import bojxona to’lovlari va
yig’imlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minotchi va vositachi
tashkilotlarga to’langan komission to’lovlar, soliqlar (korxona keyinchalik
qaytarib oladigan soliqlardan tashqari, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i kabi),
hamda tayyorlov-transport, xizmat ko’rsatish va zahiralarni sotib olish bilan
bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar kiradi. Savdo diskontlari, chegirmalar
va shunga o’xshash summalar tovar - moddiy zahiralarni sotib olish xarajatlarini
aniqlashda chegirib tashlanadi. 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida
yoxud 1000 (1010-1090) – «Materiallarni hisobga oladigan schyotlar»da
aniqlanib, hisobdan o’chirilgan transport-tayyorlov sarflari yoki hisob
baholaridan chetga chiqishlarni tekshirishda transport tashkiloti yoki vositachi
tashkilot to’lovga taqdim qiladigan schyot, tovar-moddiy zahiralar kirim
qilinganidan so’ng kechikib olingan holatlarga e’tibor qaratilishi kerak. Bunday
holda transport sarflari materiallarni kirim qilishda ularning haqiqiy tannarxiga
qo’shilishi mumkin emas.
Korxonaning omborxona-tayyorlov apparatini saqlash uchun qilingan sarflari,
uning hisob siyosatida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq tayyorlangan materiallar
tannarxiga qo’shilishi mumkin. Bunday sarflar, odatda, hisobot oyining oxirida
taqsimlanadi.
286
Amaldagi qoidalarga muvofiq moddiy boyliklar hisob va hisobotda haqiqiy
tannarxi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Haqiqiy tannarx ularni sotib olish uchun
qilingan sarflar (transport - tayyorlov xarajatlari), ushbu resurslarni etkazib
beruvchi tomonidan taqdim qilingan qarz hisobiga sotib olganlik uchun
to’lanadigan foizlarni ham qo’shgan holda aniqlanadi. Shuningdek, tashqi
iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’langan xizmat haqlari, ustama haqlari,
bojxona to’lovlari, chet tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan saqlash,
yuklash-tushirish va tashish xarajatlari (QQS siz) ham haqiqiy tannarxga
qo’shiladi.
Agar ishlab chiqarish zahiralari hisob baholari bo’yicha hisobga olinsa, ushbu
baholar va sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farqlarni
tovar-moddiy zahiralarning turlari o’rtasida taqsimlash ishlari audit ob’ekti bo’lib
hisoblanadi.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini
baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog’liq. Tovar-moddiy zahiralar
yil davomida har xil baholarda sotib olinganligi sababli, ularning to’g’ri
baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab
chiqarish zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida
tartibga solish mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zahiralarni
hisobdan o’chirishning qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-
xil bo’lishlari mumkin) qo’llanilishiga bog’liq.
№4 - «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSga muvofiq, ishlab chiqarishga
xarajat qilinadigan moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxini aniqlash chog’ida
ishlab chiqarish zahiralarini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish
tavsiya qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |