Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

3.Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 

  

Ombor xo’jaligining ahvoli va tovar-moddiy zahiralar saqlanishini tekshirish 

eng  muhim  auditorlik  amallaridan  biri  bo’lib  hisoblanadi.  Korxona  faoliyatining 

ushbu  sohasini  har  tomonlama  o’rganish  uchun  auditor  omborlar,  tsexlar  va 

ishlab  chiqarish  zahiralari saqlanadigan boshqa  joylarni  tekshiradi.  Bunda ishlab 

chiqarish  zahiralarini  saqlash  sharoitlari,  yong’in  xavfining  oldini  olish, 




 

 

273 



omborlarning  qurilmalar,  texnikalar,  asboblar  bilan  jihozlanganligi  va  ularning 

to’g’ri  ishlatilishi,  ombor  binolarini  qo’riqlash  holati  ham  o’rganiladi.  Ombor 

xo’jaligining  qoniqarsiz  tashkil  etilganiligi  tovar-moddiy  zahiralar  saqlanishi 

ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi.  

O’rganish jarayonida moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishga 

aloqador  xodimlarning  moddiy  javobgarliklarini  tashkil  etishga  maxsus  e’tibor 

qaratiladi.  Xodimlarning  huquq  va  burchlari,  ularning  ish  tartibi,  qiymatliklarni 

qabul  qilish  va  berish,  hamda  ularni  hujjatlashtirish  tartibi,  omborlarda  natural 

o’lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari 

ko’rsatilgan  standartlar  yoki  yo’riqnomalarni  ishlab  chiqish  va  moddiy  javobgar 

shaxslarga  taqdim  qilish  moddiy  qiymatliklarni saqlashni  ta’minlashning  muhim 

shartlaridan biri hisoblanadi.  

Tovar-moddiy  zahiralarni  saqlash  joylarini  ko’zdan  kechirish  chog’ida 

moddiy  javobgar  shaxslardagi  hujjatlar  bo’yicha  ular  qiymatliklarni  qabul  qilish 

va  berishni  rasmiylashtirish,  hamda  omborxona  hisobi  daftari  yoki 

kartochkalariga  yozishni  o’z  vaqtida  amalga  oshirilayotganligi  tekshiriladi. 

Hisobga  olinmagan  oshiqcha  materiallar  va  tayyor  mahsulotlar  quyidagi  yo’llar 

bilan vujudga kelishi mumkin: 

*

 

 tayyor  mahsulotlarni  tayyorlash  chog’ida  xom  ashyolarni  almashtirish; 



xom ashyo va materiallarni topshiruvchilarning og’irlikdan urib qolishi, namligini 

oshirib  ko’rsatish  va  ularning  navlarini  pasaytirish;  tayyor  mahsulotlarni 

xaridorlarga jo’natish chog’ida o’lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar; 

*

 



 moddiy  qiymatliklarni  yuklash-tashish-tushirish  yoki  saqlash  chog’ida 

yo’qolgan deb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o’xshash.  

Hisobga  olinmagan  oshiqcha  materiallar  odatda  alohida  saqlanadi.  Ularni 

aniqlash  uchun  omborxona  hisobi  daftari  yoki  kartochkalari  ma’lumotlaridan 

foydalaniladi.  Agar  hisobga  olinmagan  oshiqcha  materiallar  bo’lsa,  alohida 

turdagi  materiallarning  ma’lum  davrlardagi  chiqimi,  qoidagi  ko’ra,  ularning 

kirimidan  oshib  ketadi  (qizil  bilan  chiqish).  Bunday  oshiqcha  sarflashlar  shu 

nomdagi materiallarning keyingi tushumlari va kirimlari hisobidan qoplanadi.  




 

 

274 



Ombor  xo’jaligini  ko’zdan  kechirish  va  moddiy  qiymatliklar  saqlanishining 

nazoratini  hujjatlar  asosida  tekshirish  bilan  izchil  amalga  oshirish  tovar-moddiy 

zahiralarning  saqlanishi  to’g’risida  asoslangan  xulosalar  qilish  va  profilaktik 

tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.  

Tovar-moddiy  zahiralarni  auditorlik  tekshiruvdan  o’tkazish  jarayonini  ikki 

qismga bo’lish mumkin: 

1. Inventarizatsiya o’tkazish orqali ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash

2.  Moddiy  qiymatliklarni  hisob  va  hisobotda  to’g’ri  baholashni  hamda  aks 

ettirishni tekshirish.  

Auditorlik  amallari  inventarizatsiyagacha,  inventarizatsiya  vaqtida  va  undan 

so’ng  bajariladigan  amallarga  bo’linadi.  Inventarizatsiyani  boshlagunga  qadar 

auditor  oldingi  o’tkazilgan inventarizatsiya  natijalari to’g’risidagi  ma’lumotlarni 

so’rab  olib,  zahiralarning  tarkibiy  va  miqdoriy  o’zgarishlarini  tahlil  qiladi, 

zahiralarni  saqlash  joylari  haqida,  hamda  inventarizatsiya  ishlarining  tashkil 

etilishi to’g’risida ma’lumotlar to’playdi.  

Moddiy boyliklarni omborxona va boshqa saqlash joylarida hisobga olinishini 

tekshirish  ularni  inventarizatsiya  qilishdan  boshlanadi.  Tekshirishni  boshlashdan 

oldin  auditor  moddiy  boyliklar  saqlanadigan  barcha  joylarni  aniqlash  va  tanlab 

inventarizatsiya o’tkaziladigan boyliklar ro’yxatini alohida tuzishi lozim.  

Ish  boshlanishidan  oldin  auditor  korxona  rahbari  bilan  inventarizatsiya 

komissiyasini tuzish to’g’risida kelishib oladi. Korxona rahbari bu haqda buyruq 

chiqaradi.  Uning  bir  nusxasi  inventarizatsiya  o’tkazish  komissiyasi  a’zoliriga 

beriladi, komissiya raisiga nazorat so’rg’ich (plomba)lagichi topshiriladi.  

Inventarizatsiya  komissiyasi  tarkibiga,  odatda,  moddiy  javobgar  shaxslardan 

tashqari, korxona rahbariyati vakillari, mutaxassislar ham kiritiladi.  

Agar  moddiy  javobgar  shaxs  mehnat  ta’tilida  yoki  uzoq  vaqtdan  beri  kasal 

bo’lsa,  ayrim  auditorlar  inventarizatsiya  o’tkazishni  o’sha  shaxssiz  bajarishga 

qaror  qilib  katta  xatoga  yo’l  qo’yishadi.  Vaholanki,  moddiy  boyliklar 

etishmovchiligi  aniqlangan  taqdirda  moddiy  javobgar  shaxs  keyinchalik  uni  tan 

olmasligi va uning natijalariga e’tiroz bildirishi mumkin.  




 

 

275 



Agar  moddiy  javobgar  shaxs  uzrli  sabab  bilan  ishda  bo’lmasa,  auditor 

omborxonani  muhrlab  qo’yib,  inventarizatsiya  o’tkazishni  u  ishga  tushgandan 

so’ng bajarishi lozim.  

Auditor 


inventarizatsiya 

qilishni 

boshlashdan 

oldin 


omborchidan 

inventarizatsiya  boshlanadigan  sana  uchun  moddiy  boyliklarning  kirimi  va 

chiqimi  bo’yicha  hisobot  tuzib,  uning  bir  nusxasini  tashkilot  buxgalteriyasiga 

topshirtiradi va ikkinchi nusxasini auditor o’ziga oladi. Bundan tashqari, auditor 

moddiy javobgar shaxsdan boyliklarning kirimi va chiqimiga doir barcha hujjatlar 

buxgalteriyaga  topshirilganligi  va  ularda  kirim  qilinmay  qolgan  yoki  chiqimga 

hisobdan  o’chirilmagan  hech  qanday  moddiy  boyliklar  yo’qligi  haqida  tilxat 

oladi. Moddiy boyliklarni sotib olish uchun hisobdorlik summasi yoki ularni olish 

uchun ishonchnomaga ega shaxslardan ham shu mazmunda tilxat olinadi.  

Shundan so’ng komissiya a’zolari moddiy boyliklarni tekshirishga kirishadi, 

ya’ni ularni tarozida tortish, qayta sanash yoki o’lchab ko’rish yo’li bilan haqiqiy 

qoldiqlarini  aniqlaydi.  Auditorlar  inventarizatsiyani  boshlashdan  oldin  tarozilar 

va  boshqa  o’lchash  asboblarining  aniq  ishlashiga  ishonch  hosil  qilishlari  lozim. 

Ayrim  auditorlar  tortish,  o’lchash,  sanash  ishlarini  o’zlari  bajarishga  harakat 

qilishadi,  hisobchi  xodim  yoki  moddiy  javobgar  shaxs  bu  vaqtda  o’lchash 

natijalarini  qayd  qilib  turadi.  Biroq,  bunday  qilish  noto’g’ri.  Auditor  tortish, 

sanash, o’lchash ishlarini to’g’ri bajarilayotganligini kuzatib turishi va natijalarini 

o’zi yozib borishi lozim. Shuningdek, tushunmovchiliklar ro’y bermasligi uchun 

moddiy javobgar shaxs ham tekshiruv natijalarini yozib borishi kerak. Vaqti-vaqti 

bilan bu yozuvlar solishtirilishi zarur.  

Moddiy boyliklarning har qaysi turi bo’yicha inventarizatsiya qilish natijalari 

inventarizatsiya ro’yxatida qayd qilinadi; bunday ro’yxat moddiy boyliklar turgan 

yoki  saqlanadigan  joylar  yoki  ularning  but  saqlanishi  uchun  javobgar  shaxslar 

bo’yicha alohida-alohida tuziladi.  

Ular  ro’yxatlarda  nomenklatura  bo’yicha  va  hisobga  olishda  qabul  qilingan 

o’lchov  birliklarida  (!)  aks  ettiriladi.  Agar  moddiy  boyliklarni  inventarizatsiya 

qilish  vaqtida  moddiy  javobgar  shaxs  ba’zi  narsalar  bu  korxonaga  tegishli 



 

 

276 



emasligini,  ular  bu  erda  vaqtinchalik  saqlanayotganligini  aytsa,  auditor  baribir 

ularni  ro’yxatga  kiritishi  lozim.  Auditor  bunday  moddiy  boyliklarning  alohida 

ro’yxatini tuzib, keyin qarama-qarshi tekshiruvda ular kimga tegishli ekanligini, 

shuningdek, 002 balansdan tashqari schyotda hisobga olinishini aniqlashi lozim.  

Auditor  tekshirish  chog’ida  moddiy  boyliklarning  raqami,  rusumi,  nomiga 

alohida e’tibor berishi kerak. Chunki, amaliyotda mavjud boyliklarning raqami va 

rusumlarini  kirim  hujjatlari  hamda  pasportlariga  solishtirib,  bir  yangi  avtomobil 

dvigatelini  boshqa  eskisiga  yoki  kamyob  avtomashinani  boshqa  arzoniga 

almashtirib qo’yish hollari ham uchraydi.  

Ba’zi moddiy boyliklar bo’yicha namuna olish usulini qo’llash tavsiya etiladi. 

Namunalar  ikki  nusxada olinadi  va  muhr  bilan  surg’uchlanadi.  Namunaning bir 

nusxasi tegishli idishga solinib laboratoriyaga tahlil uchun topshiriladi. Ikkinchisi 

tilxat  bo’yicha  korxonada  qoldiriladi.  Tilxat  esa  tekshiruvchiga  beriladi.  Tahlil 

uchun  olingan  namunalarga  dalolatnoma  tuzilib,  unda  korxonaning  nomi, 

namunaning  og’irligi,  hajmi,  olingan  joyi,  saqlanayotgan  joyning  harorati 

ko’rsatiladi.  Namuna  olish  dalolatnomasini  tekshiruvchilar  va  moddiy  javobgar 

shaxslar imzolaydi.  

Inventarizatsiya  ma’lumotlari  bo’yicha  ro’yxatlar  tuziladi,  ularni  barcha 

komissiya  a’zolari  imzolaydi,  moddiy  javobgar  shaxs  esa  har  qaysi  ro’yxat 

bo’yicha  quyidagi  mazmunda  tilxat  yozib  beradi: 



«


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish