S. E. Xolmurotoy, N. T. Shoyusupova



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/305
Sana26.01.2022
Hajmi5,92 Mb.
#411997
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   305
Bog'liq
Iqtisodiy sotsiologiya S. E. Xolmuratov 2005

Iqtisodiy
sotsiologiya
Boshqaruv
sotsiologiyasi
Tashkilotlar
sotsiologiyasi
Mehnat,  kasb
 
va  mashg‘ulot
 
sotsiologiyasi
Mulkiy
munosabatlaming
taqsimlaninsh
sotsiologiyasi
12


etadilar.  Bir tomondan  guruhning  hamma  tavsiyanomalarini  uni  tashkil  etadigan 
shaxslarning o'ziga xos xususiyatlari beigilaydi; boshqa tomondan — guruhning o ‘zi 
uni tashkil etadigan shaxslarning xususiyatlarini beigilaydi.  Unga esa maxsus guruhiy 
tafakkur  va  xulq-atvor  xos.
Shaxsning  faoliyati  va  xulqi  doimiy  munosabatlar  tizimiga  kiritilgan,  unga 
bo‘ysunadi, ularbilan oichanadi yoki rag'batlantiriladi. O'z navbatida munosabatlar 
doimo xulq va faoliyat orqali vujudga keladi.
Inson  ongi  shaxs  va  guruh  tarzida  doimo  ulaming  munosabatlariga  «bardosh 
beradi, tushunadi», fikrlash orqali ulami tartibga soladi, lekin o‘zi ham ular yordami 
va ta'sirida shakllanadi.
Iqtisodiy  muhitda  individ  va  guruh,  munosabatlar,  xulq-atvor,  faoliyat,  shaxs 
ongi  orasidagi  turli-tuman  aloqalami  kuzatish  inumkin.
Iqtisodiy  sotsiologiya  fani  iqtisodiy  muhitni  o‘z  nuqtai  nazaridan  o‘rganib, 
ma'lum qonuniyatlarini o‘rganish va bilishga intiladi.
Iqtisodiyotda murakkab inson omilini qanday qilib amaliyotda hisobga olish va 
unumli  ishlatishning  aniq  yo‘nalishlarini  ko‘rsatib  berish  mumkin.
Sotsium  uinuman  «Broun  harakatiga»  o‘xshatiladi,  ya’ni  tartibsiz,  yakka  va 
guruh,  harakatlar,  his-tuyg‘ular,  xohishlar va  fikrlar sifatida,  ularda  hech  qanday 
tamoyillar yo‘q va bo'lishi  ham  mumkin  emas deyishadi.  Lekin  haqiqatda bunday 
emas, chunki ijtimoiy qonuniyatlar mavjud. Ayrimlari juda oddiy va ulaming ta'sirini 
har kuni amaliyotda ko‘ramiz.  Boshqalari esa  murakkab,  ular uzoq  muddat ichida 
tadqiqot  va  amaliyot  asosida  faqatgina  tasdiqlanadi,  shartli  xarakterga  ega  boiib, 
aniq  holat bilan bog‘langan va ma’lum sharoitda harakatlanadi.
Oddiy  va  murakkab  ijtimoiy  qonuniyatlar  tamoyili  iqtisodiy  qonunlarga  ham 
bo‘ysunadi.  Iqtisodchilar (nazariyachi va amaliyotchilar) faqat o'z muhitining aniq 
va  oddiy  arifmetik tamoyiliga  asoslangan  qonunlami  ifodalab  berishlari  mumkin. 
Qolgan  murakkab  holatlarda  esa  iqtisodiy  qonunlar,  ular  bilan  bog‘liq  bo‘Igan 
iqtisodiy qonuniyatlarga o‘xshab, «xira» va «mavhum».  Ko‘p iqtisodiy qonunlaming 
murakkabligi  inson  omilining  murakkabligi  bilan  izohlanadi.  Bir  xil  iqtisodiy 
jarayonlar  har  xil  holatlarda  murakkab  yoki  oddiy  bo‘lishi  mumkin.  Ulaming 
murakkab  yoki  oddiyligi  «inson  omili»ning  faolligiga  bog‘liq.
Inson bir vaqtning o'zida bir-biriga ham o ‘xshaydi,  ham bir-biridan farqlanadi. 
Shuning uchun,  ayrim  holatlarda  iqtisodiy qarorlami  qabul  qilishda,  odamlaming 
xulqini oldindan yengil va xatosiz aytish mumkin,  boshqa holatlarda esa qarorlami 
qabul  qilishda  xulqni  belgilaydigan  ko‘pgina  shaxsiy,  individual jihatlarni  hisobga 
olish lozim.  Masalan,  ko‘p holatlarda shaxsning o‘zi buyruq asosida undan qanday 
xulq-atvorni talab etsa,  o‘zini shunday tutadi,  deb hisoblashadi.  Aslida esa,  xulqqa 
shaxsiy  inson  omilining  quyidagi  turlari  ta’sir  etadi:
• iqtisodiy tartibning ma'lum jihatlariga  nisbatan erkinlikka  intilish;
• rag‘batlantirish  sifatida  taklif qilinadigan  qandaydir  qadriyatlarga  intilmaslik 
va ba'zi jihatiar oldida qo‘rquvga berilmaslik;
® «o‘z  sinfi»  va  «o‘z  ahvoli»  me'yoriga  qaramasdan,  hayotning  umuminsoniy
13


tamoyillari va  shaxsiy yakkaligi  uchun harakatlar;
® guruh,  u  yoki  bu  shaxs  uchun  axborotning  ommaviyligi,  soddaligi, 
tushunarliligi,  axborot  va  uning  xususiyatlari;
«ta'lim  va madaniyat;  guruhiy  ongning  vajipslikning  mavjudligi  yoki  yo‘qligi, 
etakchilik xarakteri;
• ma'muriy buyruqlami sezish, tirishqoqlik, hokimiyatga va boshqamv apparatiga 
munosabatlar  ruhiyati;
® kayfiyat;
»  inersiya.
Inson  oinili  to ‘g‘risida  so‘z  borganda,  uning  obyektiv  (berilgan  holatda 
urnuminsoniy  xususiyatga  ega  hamma  odamlar  shunday  harakat  qiladilar)  va 
subyektiv (berilgan holatda hamma odam bir xil harakat qilmaydi, sababi -  shaxsiy 
xususiyatlar)  turlari  farqlanadi.
Nima uchun iqtisodiyotni sotsiologiya nuqtai nazaridan o'rganish kerak va uning 
amaliy  ahamiyati  nimada?  Bu  savolga javob  berish  uchun  iqtisodiy  sotsiologiya 
fanining  funksiyalarini  ajratish  lozim:
1.  Iqtisodiy.  Haqiqatda nazariya ishlab chiqqan metodikasi, iqtisodiy-sotsiologik 
tadqiqotlar,  odam lar  faoliyati  va  ma'lum  iqtisodiy  tartibning  m unosabatlar 
ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qodir iqtisodiy sotsiologiya fani quyidagilami o‘iganadi:
® iqtisodiy  muammolarni yechadigan va iqtisodiy masalalami bajarishga imkon 
beradigan  ijtimoiy  rezerv  va  resurslami;
*  inson  uchun  ma'qul,  «tabiiy»,  maksimal  samaraga  ega  iqtisodiy  tartibga 
asoslangan  ijtimoiy  tamoyillami  (iqtisodiy  samaradorlik,  ijtimoiy  maqbullik);
® ijtimoiy cheklashlar va tavakkallarni, ulami e'tiborga olmaslik iqtisodiy tartibni 
beqaror,  nizoli,  ko‘p  yashamaydigan  ahvolga  olib  keladi.
2.  Ijtimoiy.  Iqtisodiy  sotsiologiya  fanining  amaliy  ahamiyati  deganda,  faqat 
unumdorlik, foyda,  samaradorlik tushunchalarini turkumlarga ajratish degan fikrga 
kelish  mutlaqo  noto‘g‘ri.  Fan  iqtisodiyotni  inson  uchun  maksimal  ravishda to‘g‘ri 
kelishi  nuqtai  nazaridan  o‘rganadi.  Uni  odamlarning  faoliyat  va  munosabatlar 
iqtisodiy tizimida ruhiy,  maishiy qulayligi va ijtimoiy shart-sharoitlari, imkoniyatlari 
qiziqtiradi.  Fanning asosiy vazifasi -  iqtisodiy hayotga munosabat. Odamni potensial 
yoki  haqiqiy  ishchi,  mutaxassis,  boshqaruvchi,  iqtisodiy  faoliyatning  subyekti 
sifatida  har xil  holatlarga,  rollarga  moslashishi.
Odamning iqtisodiyotda nafaqat «kapital» yoki  «ishlab chiqarish»  komponenti, 
balki  uning  qadri  ham  hisobga  olinadi.  Iqtisodiyot  ijtimoiy  hayotning  barcha 
muhitlaridan  o‘tib  ketadi  va  har bir  shaxsni  «iqtisodiy  shaxsga»  aylantiradi;  ongli 
«iqtisodiy shaxs» bo‘lishi uchun unga yordam berishi kerak.  Bu iqtisodiy sotsiologiya 
faniga universal ta'lim fanining xarakterini singdiradi.  Inson omili to‘g‘risidagi bilimlar 
juda muhim.  Lekin bu bilimlar qachon va qaysi sharoitda amaliyotda foydali va bizga 
yordam bera oladi?
Birinchidan,  ular  etarli  darajada  ko‘p  bo‘lishi  shart.
Ikkinchidan,  ularni  ma'lum  bir  tartibda  qatorlashtirish  lozim.  Buning  uchun
14


uzoq  muddat  davomida bilimlar  nafaqat  aniq  ishlab  chiqilishi,  balki  tartibga  ham 
solinishi  lozim.  Har bir subyektga  o ‘zining  bilim  tartibi  zanir.
Uchinchidan, ko‘p narsa insonning o‘ziga ham bogiiq, ya'ni uning qobiliyatiga
sotsiologik va puhiy g‘oyalami o‘z hayotida, ishida qo‘llash xohishiga ham bog‘liqdir.
To‘rtinchidan, tasodifva baxtli hodisalarning ahamiyati katta.  Oldindan qaerda, 
qachon va  qanday bilimning  ishlatilishini  aytib boimaydi.  Har bir paydo  bo'lgan 
g‘oya to‘satdan muhim va kerakli bo‘lib qolishi  mumkin.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish