192-guruh talabasi Ro’zmetova Nafisa
Muhammad Rahimxon II
Feruzning shoirlik qobiliyatiga yuksak baho bergan asarni va uning muallifini ayting. – Komil Xorazmiy ,“Latoyifuz - zaroyif”
1960-yilda, sho‘rolar mafkurasi ustuvor bo‘lib turgan bir zamonda Abdulla Qahhor birinchi bo‘lib kimning ijodini o‘rganish masalasini ko’rib chiqdi? – Feruz
“ Feruz - mashhur lirik shoir, musiqashunos, kompozitor, yaxshi tarjimon. Umarxon singari o‘z zamonasining shoirlarini o’rdasiga yiqqan. 1873-yilda bomaxona sotib olib, Xorazmda birinchi kitob bostirgan odam”. Ushbu fikrlar kimga tegishli? – Abdulla Qahhor
1994-yilda uning 150 yilligi Vatanimiz miqyosida keng nishonlandi. U haqida ko’plab ilmiy, badiiy asarlar yaratildi. U shoirni toping. – Feruz
Feruzning devoni 1994-yili qanday nom bilan bosmadan chiqdi? – “Elga shohu ishqqa qul”
Ushbu mashhur shoirning asl ismi Bobojon bo’lib, uning taxallusini toping. – Feruz
Feruzga kim “Ilmi aruz”dan dars beradi? – Muhammd Rizo Ogahiy
“Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxon yigitlik ayyomi va ayshu tarab hangomda hech bir lavhu lubg’a moyil bo’lmay, askar avqot besh vaqt namoz lavozimining adosi, faroyizu sunan shug’lining intihosvidin so’ng kitobxonlikka, ma’nidonlik ishig’a mashg’ul bo’lib, har turluk kitobni mutolaa qilur erdi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli? – Ogahiy
Feruzning taxtga chiqishida hech qanday qarshiliklar bo’lmaydi, u “shuaro va fuzalo xaylining” xohish irodasi bilan amalga oshadi. Bu hol kimning qaysi asarida katta mamnuniyat bilan tasvirlanadi? – Yusufbek Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy”
“Mavizatnoma” asarining muallifi, nima maqsadda yozilganini va uning hajmini toping. – Ogahiy, Feruzning taxtga chiqishi munosabati bilan yozilgan,92 baytdan iborat.
Ushbu asarda shoir yosh xonga davlatni adolat bilan boshqarish haqida pand-nasihatlar qadaydi va buning uchun tarixda o’tgan hukmdorlar faoliyatini taxt vorisi ko’zi o’ngida jonlantiradi, ularning olib borgan ishlaridan to’g’ri xulosa chiqarishga da’vat etadi. Ushbu asarni va uning muallifini toping. – “Mavizatnoma”, Ogahiy
Feruz uchun qaysi asar bir umr dasturulamal vazifasini o’tagan? – “Mavizatnoma”
Feruzshoh buyrug’iga binoan 1880-yillarda qaysi asarlar bosmadan chiqqan ? – Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni, to’rt devondan iborat “Xazoyin ul-maoniy”, Munisning “Munis ul-ushshoq”, Ogahiyning “ Taviz ul-oshiqin”, Komil Xorazmiyning beshta devoni bosmadan chiqarilgan.
Kim bastakor sifatida “Shashmaqom” yo’llarida o’ndan ortiq mustaqil kuy yaratdi? – Feruz
Bayoniy to’kib ashk ta’rixini Dedim: “Ketdi xusravi jam nomdor”. Ushbu bayt kimga qarata aytilgan? – Muhammad Rahimxon II
Uning adabiy merosi hajmi 2534 misradan iborat bo’lib, 98 g’azal, 7 muxammas, 2 musaddas , 4 masnaviy va 7 ruboiydan iborat. Ushbu shoirni toping. – Feruz
Komil ersam nazm aro Feruzdek, ermas ajab, ………..dek she’r mashq aylarda usdodim mening. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. – Ogahiy
Kim “Ishqiy g’azallar piri” deya e’tirof etiladi? – Feruz
Ushbu shoir lirikasining asosiy mavzusi ishq-muhabbatdir. Shoir ushbu mavzuda o’ziga xos jozibali she’rlar bitgan. Ushbu shoirni toping. – Feruz
Uning lirikasida shohning emas, oddiy insonning - oshiqning ruhiy kechinmalari, iztiroblari o’z ifodasini topgan. U kim? – Feruz
Ishq bir o’tdurur, nechukkim barq Aylamas shoh bila gadoni farq. Ushbu baytlar muallifini toping. – Feruz
Sanga …… erur bir qul, vale hajringdadur noshod, Bir qulni shod etarga, ey, nigori muhtasham, kelgil . Nuqtalar o’rnidagi shoir nomini toping. – Feruz
Qaysi shoirning ishqiy she’rlari, asosan, an’anaviy yo’nalishda, badiiy tasvir vositalari ham oshiqning hijron kechinmalarini, ma’shuqaning go’zal husn-u jamolini , noz-u karashmalarini tasvirlashga qaratiladi? – Feruz
Feruzning takrir san’ati asosida yozilgan g’azalini toping. – Oftoboso jamoling…..
U 1844-yili Navro’z ayyomi arafasida tavallud topdi. Ushbu shoir kim? – Feruz
Feruzga ustoz, murabbiy etib tayinlangan shaxsni toping. – Muhammad Rizo Ogahiy
Kim “Feruz davri Xorazm adabiy muhiti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi? – Gulsara Ismoilova
“ Feruz – madaniyat va san’at homiysi” asarining muallifi kim? – N.Jumaxo’ja
Qaysi shoir she’rlarining lirik qahramoni dunyo tashvishlarini yelkasiga ortgan, jamiyat va xalq farovonligini o’ylaydigan, yuksak madaniyatli va ma’rifatparvar inson bo’lgan? – Feruz
Kim Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib toshbosmaxona tashkil qiladi va fotogrfiya ishlarini yo’lga qo’yishda bosh-qosh bo’ladi? – Feruz
“Ey rafiq”, “Gulshan ichra”, “Aylading” nomli g’azallar muallifini toping. – Feruz
Feruzning “Lali shiriningni …”deb nomlanuvchi g’azalining har bir baytida qaysi she’riy san’at keng qo’llangan? – Talmeh
Feruzning qaysi g’azali talmeh asosida qurilgan? – “Lali shiriningni…”
Oftoboso jamoling ko’rgach o’ldum,ey nigor, …………………… Ushbu misrani bayt qilib shakllantirishda qaysi so’z takrir asosida berilgan? – Beqaror so’zi. Beqaror-u beqaror-u beqaror-u beqaror
Ushbu shoirning jami 706 misrani o’z ichiga olgan 4ta masnaviysi mavjud bo’lib, har to’rtala masnaviy ham diniy - tasavvufiy ruhda bitilgan. Ushbu shoir kim? – Feruz
Feruzning bizgacha qaysi devoni va majmuasi yetib kelgan? – “ Devoni Feruz” devoni va “G’azaliyoti Feruz” majmuasi
Muhammad Rahimxon IIga kim “Feruz” taxallusini qo’llashni taklif qiladi? – Komil Xorazmiy
“ Feruz “ so’zining ma’nosini toping. – “baxtli”, “tole’li”, “g’olib”
Feruzning 150 yilligi munosabati bilan qanday nom ostida she’rlar guldastasi e’lon qilingan? – “Ne bo’ldi yorim kelmadi”
U Ogahiy, Bayoniy,Komil kabi shoirlarga ergashib g’azallar mashq eta boshlaydi, ushbu shoir kim? – Feruz
Do'stlaringiz bilan baham: |