Gidroekologik tadqiqotlarni kengaytirish va gidroekologik ekspertizani
keng miqyosda yo‘lga qo‘yishning
ahamiyati yildan-yilga ortib boradi. Bu masala
faqat xalq xo‘jaligi, shu jumladan, suv xo‘jaligi loyihalariga tegishli bo‘lmay,
ma’lum bir hudud, mamlakat yoki regionning kelajagini belgilaydi. Bu
yo‘nalishdagi tadqiqotlar, pirovard natijada ishlab chiqarish kuchlarini uzoq va o‘ta
uzoq muddatli rivojlantirish rejalariga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. SHu tufayli,
ana shunday ishlarni amalga oshirishda gidrologiya fani va shu fan sohasi
mutaxassislarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Gidrologiya fani, u o‘rganadigan quruqlik suvlari, okeanlar va dengizlar
haqiqatan ham global harakterga ega. SHuning uchun gidrologiyaning kelajakdagi
rivojlanishi bu sohada
Do'stlaringiz bilan baham: |