xlororganik zaharli moddalar
(DDT va uning aralashmalari, polixlorli
bifenil, aldirin va boshqalar);
158
-
metallar
(metilsimob, kadmiy - Ca, simob - , qo‘rg‘oshin - Pb, rux, mis -
Cu, xrom, temir - Fe va boshqalar);
-
neft, neft mahsulotlari
va boshqalar.
Bu moddalar hududiy taqsimlanish miqyosiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Masalan, neft va gaz mahsulotlari, radionuklidlarning barchasi, xlororganik
moddalardan DDT va uning birikmalari global miqyosda tarqalish xususiyatiga
ega. Metallardan kadmiy, simob, qo‘rg‘oshin - global, mis - regional, rux, xrom,
temir esa mahalliy miqyosda tarqaladi.
Dunyo okeaniga tashlanadigan turli ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha
yillik miqdorlari ham bir-biridan farq qiladi 12.1 - jadval)
12.1 - jadval
Dunyo okeaniga qo‘shiladigan eng asosiy ifloslantiruvchi moddalar miqdori
(tonna/yil, YU.A.Izrael va A.V.Siban, 1988)
Ifloslantiruvchi
moddalar
Suv oqimi bilan
Antropogen
oqim
hissasi, %
Ifloslanish
tabiiy
antropogen
quruqlikdan atmosferadan
Qo‘rg‘oshin
1,8.10
5
2,1.10
6
92
(1-20).10
5
(2-20).10
5
Simob
3,0.10
3
7,0.10
3
70
(5-8).10
3
(2-3).10
3
Kadmiy
1,7.10
4
1,7.10
4
50
(1-20).10
3
(0,5-14).10
3
Neft
6,0.10
5
4,4.10
6
88
(3-4).10
6
(3-5).10
5
Polixlorbifenillar
-
8,10
3
100
(1-3).10
3
(5-7).10
3
Pestitsidlar
-
1,1.10
4
100
(4-6).10
3
(3-7).10
3
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, dunyo okeaniga qo‘shiladigan ifloslantiruvchi
moddalarning ko‘pchiligi zaharlovchi xususiyatga ega. Ular orasida xlorlangan
uglevodorodlar, jumladan, pestitsidlar va polixlorbifenillar okeanlar va dengizlarda
yashaydigan barcha tirik organizmlar, o‘simliklarning hayot faoliyatiga o‘ta salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Okeanlar va dengizlarga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar orasida neft
va neft mahsulotlari eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Bu moddalarning Dunyo
okeaniga qo‘shilish sharoitlari turlichadir (12.2 -jadval).
159
12.2 - jadval
Dunyo okeaniga to‘shadigan neft va neftli uglevodorodning manbalari
(Yu.I.Lyaxin, 1991)
Manbalar
mln. tonna/yil
Neftni dengiz orqali tashish (shikastlanish yoki
halokatlar bunga kirmaydi)
1,83
Dengiz transporti vositalarining shikastlanishi,
halokatga uchrashi
0,30
Daryo oqimi, shaharlarning oqova suvlari
1,90
Qirg‘oq bo‘yida shakllanadigan oqar suvlar
0,80
Atmosferadan qo‘shilish
0,60
Neft burg‘ulash quduqlari
0,60
Dengizdan neft qazib olish
0,08
Hammasi
6,11
Jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan asrning 80-yillari
boshiga kelib, okean va dengizlarga har yil o‘rtacha 6 mln. tonnadan ortiq neft va
neft mahsulotlari qo‘shila boshlagan.
Bu raqam dunyo bo‘yicha bir yilda qazib olinayotgan neftning 0,23 % ini
tashkil etadi. Maxsus adabiyotlarda keltirilishicha, ikkinchi jahon urushi davomida
tankirlarning halokati natijasida atigi 4 mln. tonna neft mahsulotlari okean suviga
qo‘shilgan. Alohida qayd etish lozimki, yuqoridagi jadvallar ma’lumotlarini
solishtiradigan bo‘lsak, o‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalariga kelib, Dunyo okeaniga
qo‘shilayotgan neft va neft mahsulotlari miqdori ancha kamaygan.
Okeanlar va dengizlarga qo‘shiladigan neftning katta miqdori uni tashish
jarayonida suv transporti vositalarining shikastlanishi, halokatga uchrashi
holatlariga to‘g‘ri keladi. Bu turdagi dastlabki eng yirik halokat sifatida 1967 yilda
“Torri Kanon” tankirining shikastlanishini qayd etish mumkin. Bu tankir 117 ming
tonna neft xom-ashyosini Quvaytdan olib kelayotganda, Kornuell burni yaqinida,
dengiz tubidagi qoyaga urilib, shikastlanadi, undan 100 ming tonnaga yaqin neft
dengiz suviga qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan neft pardasi shamol ta’sirida Kornuell
qirg‘oqlarigacha, so‘ng La-Mansh bug‘ozidan o‘tib, Fransiyadagi Bretani
sohillarigacha etib borgan. Natijada shu rayonlardagi sohilbo‘yi hududlariga va,
umuman, dengiz ekosistemasiga katta zarar etkazilgan. CHunki neft oqimlaridan
160
hosil bo‘lgan pardalar okeanlar va dengizlar yuzasiga Quyoshdan tushadigan
yorug‘lik miqdorini, uning spektral tarkibini keskin o‘zgartirib yuboradi. Natijada
dengiz florasi va faunasiga katta xavf soladi.
Tabiat shunday yaralganki, uning barcha muhitlarida bo‘lgani kabi, okean va
dengizlarda ham ifloslantiruvchi moddalardan o‘z-o‘zini tozalash jarayoni kechadi.
Bunda fizik, kimyoviy, mikrobiologik va gidrobiologik jarayonlar birgalikda ro‘y
beradi. Natijada ifloslantiruvchi moddalar parchalanadi, oddiy minerallarga
aylanadi yoki okean tubiga cho‘kib, harakatsiz, tinch holatga o‘tadi.
Ta’kidlash lozimki, okeanlar va dengizlarning tabiiy sharoitda o‘z-o‘zini
tozalash imkoniyati ham cheklangan. Bunday holatda, ularni muhofaza qilish
maqsadida, xalqaro miqyosda
Do'stlaringiz bilan baham: |