O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


REJA:  1.Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi



Download 4,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/247
Sana26.01.2022
Hajmi4,24 Mb.
#411182
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   247
Bog'liq
Ped mahorat ma\'ruza matni

REJA: 
1.Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi 
2. Sharq mutafakkirlari notiqlik san’ati haqida 
3. Nutqning asosiy xususiyatlari. Til va nutq 
4. O‘qituvchining nutq madaniyati va notiqlik san’ati 
5. Nutq texnikasini egallash yo’llari 
 
15-mavzu.  Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati 
 
 
 


109 
 
1. Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi 
O‘qituvchining  pedagogik  mahoratida  uning  nutqi,  notiqlik  qobiliyati  muhim 
ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu muammoga mustaqillikdaii keyingi yillarda jiddiy 
e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, avvalo, milliy 
istiqlol  mafkurasi  muhim  ahamiyatga  ega.  Mafkuramizning  yuksak  ustunlaridan 
biri — millat tilidir. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim ‘g‘risida”gi 
Qonunlari. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod 
tarbiyasida  o‘z  ona  tiliga  nisbatan  mehr—muhabbat  tuyg‘ularini  shakllantirish 
e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviyma’rifiy tarbiyaside o‘qituvchining nutqi, 
uning  notiqlik  san’ati  alohida  e’tibor  kasb  etadi.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  O 
‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining  1997yil  29avgustdagi  IX  sessiyasida 
so‘zlagan nutqida ta’kidlaydiki. 
“O z fikr ini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go 
‘zal va lo ‘nda ifoda etc olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbarlik kursisida 
о 'tirganlarm 
bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin’’. 
O‘qituvchining nutqiy madaniyatini 
shakllantirish  uning  kasbiy  faoliyatida  naqadar  muhim  ahamiyatga  egaligi 
to‘g‘risida  mulohaza  yuritar  ekanmiz,  avvalo,  notiqlik  san’atining  kelib  chiqish 
tarixini  bilish  lozim.  Professional  notiqlik  san’ati  Yunoniston.  O  ‘rta  Osiyo  va 
Hindistonda o‘zining uzoq tarixiga ega. 
Tarixchi  olimlaming  (Apresyan  G.Z.)  ma’lumotlariga  ko‘ra,  notiqlik  san’atiga 
eramizdan  oldingi  VII  asrda  Yunonistonda  asos  solingan.Qadimgi  Yunonistonda 
bolalarga  bilim  berish  faylasuflar  zimmasiga  yuklatilar  edi.  Ular,  notiqlik 
san’atining  yetuk  namoyandalari  bo'lib,  o‘zlarining  chiroyli  so‘zlari,  baland  va 
ta’sirchan  ovozlari  bilan  odamlar  tafakkuriga,  ongiga  kirib  borganlar,  ta’lim  va 
tarbiyada  ulkan  yutuqlarga  erishganlar.  Shu  sababli,  notiqlik  san’ati  va  nutq 
madaniyatining  nazariy  asiga,  uning  cheksiz  tarbiyaviy  ahamiyatiga  ilk  marotaba 
qadimgi  Yunonistonda  asos  solinganligi  ilmiy  adabiyotlarda  bayon  etiladi. 
Yunonistonda  epos,  lirika,  drama,  haykaltaroshlik,  musiqa  va  me’morchilik 
san’adari bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida 
e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlalning muhim ijtimoiy 
siyosiy  ishlariga  taalluqli  faoliyatdagi  ahamiyati  uchun  hamda  yosh  avlodni 
tarbiyalashda  ular  ongi  va  tafakkuriga  qizg'in  ta’sir  etuvchi  murakkab  vosita 
ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan. 
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik sanati”ning eng takomillashgan 
va  rivojlangan  davri  hisoblanadi.  Bu  davrda  notiqliksan’atining  quyidagi  uchta 
qonuniyati  qizg‘in  takomillashtirilib,  notiqning  unga  jiddiy  e’tibor  berishi  talab 
qilingan: 
•tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g'oyani); 
•tinglovchining tafakkurini uyg^otish (fikrini, ongini, maqsadini); 
•tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzurhalovat va qoniqish hissini 
uyg‘otish asosida). 
Notiqlar  ushbu  qonuniyatlarga  amal  qilgan  holda 
"tinglovchilarga  halovat 
bag'ishlash” 
orqali  odamlami  ezgulikka,  adolatparvarlikka,  vatan  oldidagi 
burchlariga  sadoqatli  bo‘lishga,  eng  yaxshi  insoniy  fazilatlarga  amal  qilib,  ulami 


110 
 
doimo  bajarishga,  odob  va  axloq  qoidalariga  rioya  qilishga  chonar  edilar.  Bu 
ularning  asosiy  vazifasi  hisoblanardi.  Yunonistonda  notiqlik  san’atini  chuqur 
egallagan,  o‘zlarining  go‘zal  va  chiroyli  nutqlari  hamda  noyob  asarlari  bilan 
jamiyatda  hurmat  va  e’tibor  qozongan  Sokrat  (Suqrot),  Platon  (Aflotun),  Dinarx, 
Giperid, Gorgiy (Horgiy), Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen, Sitseron, Kvintihan kabi 
namoyondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari bo‘lib yetishgajtilar. 
Yunon  notiqlari  og‘zaki  nutqning  shakl  va  qonuniyatlarini,  mulohaza  va 
isbot kabi mantiq ilmining qoidalarini chuqur o‘zlashtirganlar. Ular o‘z fikrlari va 
tuyg^ulanni  ruhan  o'quvchilar  hamda  tinglovchilar  tafakkuri  va  ongiga  chuqur 
singdira  olganlar  va  keskin  ta’sir  o'tkazganlar.  Har  bir  notiq  o'z  ustida  yillab 
tinimsiz  mashg'ulotlar  olib  borgan,  sehrli  ovoz  sohibi  boiish  uchun  nutq 
texnikasining  barcha  qonuniyatlariga  amal  qilganlar.  Ular  o'zlarining  ta’sirchan 
nutqlarini  namoyish  qilish  bilan  notiqlik  san’atini 
“Majkuraviy  va siyosiy  kurash 
hamda  yosh  avlodni  tarbiyalash  quroli  ” 
deb  hisoblaganlar  va  bun  i  o‘z 
faoliyatlarida isbotlab berganlar. 
Mashhur  yunon  faylasufi 
Sokrat 
(eramizdan  avvalgi  469  —  399  yillar) 
o'quvchilarga  ta’limtarbiya  berishda  munozara,  savoljavob  usulini  joriy  qilib, 
ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solgan.Sokratning shogirdi Platon esa o‘z 
ustozi g'oyalarini davom ettirib, 
savoljavobni  notiqlik  san’atining  bir  shakli  sifatidagi  ahamiyatini  o‘z  asarlarida 
yoritadi  hamda  uni  inson  tafakkuri  va  ongini,  dunyoqarashini  og'zaki  nutq  bilan 
boyituvchi noyob uslub sifatida baholab, uni mazmunan amaliy va nazariy jihatdan 
yanada  boyitdi.  Yunonistonda  notiqlik  san’atining  har  tomonlama  takomillashishi 
Demosfen 
(eramizdan  avvalgi  384—322  yillar)  nomi  bilan  uzviy  bog'langan.  U 
yoshlik  yillaridanoq  notiqlik  san’atiga  qiziqdi.  Tug'ma  duduq  bo'lishiga 
qaramasdan,  o'quvchi  va  tinglovchilammg  istehzolariga  bardosh  berib,  qizg'in  va 
shiddatli  mehnati  bilan  notiqlik  mahoratini  namoyish  eta  olgan.  Faqat  Demosfen 
Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk namoyandasi, ya’ni o'z davrida 
“notiqlik 
san’atining elitasi” 
sifatida mashhur bo'ldi. U davlat tribunasini notiqlik san’atiga 
asoslangan  siyosiy  va  mafkuraviy  kurash  maydoniga  aylantirdi.  Demosfenning 
notiqlik  san’ati  to'g'risidagi  g'oyalarini  uning  shogirdi  faylasuf,  notiq  va  siysiy 
arbob S
itseron Mark Tulliv 
(eramizdan 
avvalgi 1O6—43 yillar) davom ettiradi. Qadimgi Yunonistonda nutq mahorati. uni 
takomillashtirish  yo'llari,  nazariyasi  va  tarixi  bo'yicha  o'z  tajribalaridan  kelib 
chiqib  Sitseronning  19  ta  asari,  8OO  dan  ziyod  maktublari  hozirgi  kunga  qadar 
saqlanib  qolgan.  Sitseronning  notiqlik  san’ati  tarixiga  bag'ishlangan  "Brut”, 
“Notiqlik san’ati namoyandalari”, “Notiq ”. ''Notiqlik haqida” kabi asarlari shular 
jumlasidandir.  Notiqlik  san'atining  ulkan  imkoniyatlarini,  odamlami  va  jamiyatni 
boshqarishda  qudratli  qurol  ekanligini  ta’kidlab,  uni  davlatning  siyosiy  jihatdan 
bosh  quroli  deb  hisoblaydi.  Shu  sababli  har  bir  davlat  rahbari  va  davlat  arbobi 
notiqlik  san’atining  cheksiz  imkoniyatlarini  chuqur  egallashi  Iozimligini  aytadi. 
Sitseronning notiqlik san’ati nazariyasida “Ideal notiq” haqidagi g'oyalari muhim 
ahamiyatga ega Uning fikricha
“Ideal notiq egasi 
yuksak ma ’naviyatli, chuqur bilimga ega, tafakkuri boy faylasuf bo ‘lishi kerak. " 
Ideal  notiqlar  tinglovchilar  qalbiga  va  his  tuyg‘ulariga  tez,  chuqur  kirib  borishi, 


111 
 
ularning  kayfiyatini,  ruhiyatmi  bilib,  shodlik  va  sevinch  tuyg‘ularini,  yoki, 
aksincha, g‘azab va nafratini ta’sirchan nutqi asosida uyg‘ota olishi lozini. 
Sitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan 
notiqlik san'ati haqidagi ma’lumotlami. tizimlar va uslublarni rimlik                    
                   
Kvintilian 
(eramizdan avvalgi 3595 yillar) ma’lum bir tartibga keltirib, 
tabaqalashtirib,  undan  notiqlik  san’ati  sohasi  bo‘yicha  faoliyat  ko‘rsatuvchilar 
unumli  foydalanishlari  uchun  qayta  ishlab  chiqadi.  U  notiqlik  san’atining 
balandparvoz,  asabga  teguvchi  teatr  artistlariga  xos  ovoz  ritorikasiga  qarshi  edi. 
Kvintilianning fikricha, notiq tashqi ovoz natijalari bilan emas, balki ilmiy asosga 
ega  bo‘lgan,  mazmunan  boy,  mukammal  va  “tiniq”  nutq  orqali  ulkan  yutuqlarga 
erishishi  mumkin.  U  ‘Tarbiya  haqida”  nomli  asarida  o‘z  nazariyalariga  asoslanib 
notiqlik san’atmi o‘rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o‘zasarida ilk bor 
notiqlik san’atining ta’limtarbiya maskanlarida bolalar bilimi, ongi va tafakkuriga 
ijobiy ta’siri haqidagi g‘oyalarini ilgari surdi. 
Kvintilian  o'qituvchilar  va  tarbiyachilaming  qizg'in  faoliyat  olib  borishlari  uchun 
notiqlik  san’atini  mukammal  o'rganishga  doir  o‘zining  metodikasini  taqdim  etdi. 
Ushbu metodika notiqlik san’ati tarixida ulkan ahamiyatga ega va hozirgi davrda 
ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.  
 

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish