85
oqimlarining suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanishni muhofaza qilish
dolzarb va muhim
vazifalar ekanligini, ularni samarali hal etishga yaqin hamkorlik yoʻli
bilan erishish mumkinligini tushundi. Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston
Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan suv-energetika resurslarini
boshqarish sohasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha shu kungacha amalga oshirilgan
sa’y-harakatlarni ma’qullab va ushbu sohada suv taqsimlashning yangi strategiyasini va
iqtisodiy boshqaruv dastaklarini ishlab chiqishni jadallashtirish zarurligini ta’kidlab,
quyidagi oʻzaro tushunishga kelishdi.
Transchegaraviy suv oqimlari davlatlari oʻzlarining suv-energetika resurslaridan
atrof-muhit va rivojlanish siyosatiga muvofiq foydalanishda suveren huquqlarga ega va
ushbu faoliyat boshqa davlatlarning atrof-muhitiga zarar yetkazmasligi uchun
javobgardir.
Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanishni yaxshilash Orol
dengizi muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Mintaqada mavjud boʻlgan transchegaraviy suv oqimlarining holati uchta
davlatdan ulardan foydalanishning oqilona shakllarini topish uchun suv taqsimlash va
suv-energetika resurslarini boshqarish boʻyicha muvofiqlashtirilgan strategiyalarni
ishlab chiqishni talab qiladi:
- elektr energiyasi, gaz, koʻmir va neft mahsulotlari bilan oʻzaro iqtisodiy asoslangan
ta’minotni hisobga olgan holda Toʻxtagul GES kaskadining sugʻorish va ekologik
ehtiyojlari uchun suv-energetika resurslaridan foydalanishga kelishilgan yondashuvni
joriy etish;
- a’zo-davlatlarning iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olgan holda suv-
energetika resurslaridan oqilona
foydalanishni rejalashtirish;
- mintaqada barqaror ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy oʻsishni tezlashtirish uchun suv
siyosati va uni amalga oshirish uchun tegishli institutsional, huquqiy va moliyaviy
mexanizmlarni kuchaytirish.
Davlat rahbarlari Sirdaryo daryosining suv-energetika resurslaridan foydalanishni
86
yaxshilash suvning quyi oqimi va Orol dengiziga tranzitini ta’minlash boʻyicha
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishiga kelishdilar.
Atrof-muhitga salbiy ta’sir koʻrsatishning oldini olishni hisobga olgan holda suv
va
energetika
resurslarini
rivojlantirish
va
ulardan
foydalanish
boʻyicha
muvofiqlashtirilgan siyosatni ishlab chiqishga katta ahamiyat berib, davlat rahbarlari
Sirdaryo havzasining uchta davlatini BMTning YeXHTning transchegaraviy suv
oqimlarini va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi
konvensiyasiga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqish zarurligini ta’kidladilar.
Bishkek, 1996 yil 6-may.
Do'stlaringiz bilan baham: