31
Ajratuvchi seksiyali
– shartli holda birlamchi va ikkilamchi turlarga ajratishi
mumkin.
Birlamchi
seksiya gazning tarkibidan asosiy yirik suyuqlikning dispers
massasini ajratadi. Uning ish samaradorligini oshirish uchun kirishdagi quvurcha
tangensial holda joylpashtiriladi. Bunda gaz oqimi to‘g‘ri kiritilganda oqimning
oldiga sachratuvchi (tarqatuvchi) to‘siq o‘rnatiladi. Oqimning tangensial kirib
kelishida suyuqlik gazdan markazdan qochma kuch ta’sirida ajraladi va to‘g‘ri
oqim yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Ikkilamchi ajratish yoki cho‘kma seksiya
– suyuqlikni o‘rtacha despers
qismini ajratishga mo‘ljallangan. Ajratishning ososiy prinsipi gazning kichik
tezligida gravitatsiali cho‘ktirishga asoslangan. Gravitatsiyali cho‘ktirishda asosiy
talab oqimni turbulentligini kamaytirish uchun ajratgichlarning ba’zi bir
konstruksiyasida .oqimni to‘g‘rilovchi maxsus moslamalar o‘rnatiladi.
Koagulyatsiya seksiyasi (tuman ekstratori
) - cho‘ktiruvchi seksiyalarga
cho‘kmagan juda kichik suyuqlik tomchilarni ushlab qolish uchun xizmat qiladi.
Mayda tomchilarni koagulyatsiyalash va ushlab qolishda har xil turdagi jalyuzli
nasadkalardan foydalaniladi. Ularda ajratadigan muhit bilan katta kontakt yuzasi
hosil qilinadi va inersion kuchdan foydalaniladi. Kichik o‘lchamdagi tomchilar
(diametri 100 mkm.dan kichik) jalyuz nasadkasi yordamida olib chiqib ketiladi va
simli to‘rlardan tashkil topgan kapillyarli tuman ekskatorida ushlab qolinadi.
Yig‘ma seksiya
– ajratilgan suyuqliklarni to‘plash va chiqarib ketish uchun
xizmat qiladi. U yetarli kattalikdagi hajmga ega bo‘ladi va qulay joylashtirilishi,
ajratgich to‘xtovsiz oqimda normal ishlashi hamda ajratilgan suyuqlik gazning
oqimiga ta’sir qilmasligi kerak. Tomchilarni koagulyatsiya jarayoni nobarqaror
bo‘lib, uning barqarorlashishi uchun aniq vaqt talab qilinadi. Tomchilarning
o‘lchami 10
-5
sm.gacha bo‘lganda
Broun
harakatiga ega bo‘ladi, undan yuqorida
esa – turbulent oqim bo‘ladi. Ma’lumki, gazning zichligi suvning zichligidan juda
ham kichik bo‘lganligi uchun gaz oqimining turbulentligida tomchilarning
o‘lchami 10
-4
sm.dan katta bo‘lganda inersion kuchlar katta ta’sir ko‘rsatadi va
tomchilarning mustahkamlanishi asosan turbulentli koogulyatsiya natijasida
boradi. Tomchilarning o‘sishi turbulent pulsatsiya ta’sirida parchalanguncha
32
davom etadi. Shu paytdan boshlab gazning oqimida tomchilarni yiriklashishi va
parchalanish muvozanati o‘rnatiladi.
Gaz suyuqlik tizimida oqim mustahkamligining umumiy nazariyasidan
ma’lumki, suyuqlik tomchisi pardali oqim sirtidan uzilganda az va suyuqlikning
tezligini maksimal qiymati gorizontal quvurlar orqali birgalikda harakatlanganda
sodir bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, eng yaxshi gaz
suyuqlik ajratgich – gorizontal quvurning bir qismi bo‘lib, mualloq tomchini
pardali holatga o‘tkazishini ta’minlashda uning kirish qismiga maxsus qurilma
o‘rnatiladi. Bunday qurilmalarga har xil turdagi buralmalar, qanotchalar, shneklar
va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: