75
Xulosa.
Bugungi kunda sayyoramizda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, inson va
tabiat o‗rtasidagi muvozanatni ta‘minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
ularning kamayib ketishi oldini olish jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb
vazifalardan biri bo‗lib qolayotgani alohida ta‘kidlandi. Bu borada aholi, ayniqsa
yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish, barqaror rivojlanishga
yo‗naltirilgan tadbirlarda keng jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish muhim
ahamiyatga ega.
O‗quvchilarning ma‘naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga innovatsion yondashish
orqali quyidagi sifatlarni shakllantirish mumkin: Vatanni sevishga o‗rgatish, o‗z
hududi, o‗lkasi, xalqiga mehrli va sadoqatli bo‗lish,mehnatsevarlik hissini
tarbiyalash,turli ijtimoiy joylarda o‗zini tutish qoidalariga rioya qilish, muomala
madaniyati, kiyinish odobi, tabiatni sevish va uni asrash hissini tarbiyalash,
go‗zallikni his qilish, go‗zallik yaratishga intilish,go‗zallikdan (musiqa kabi
manbalardan) zavqlanish hissini tarbiyalash kabilar. Bunday ma‘naviy-axloqiy his
tuyg`uga xos kategoriyalarning mazmun-mohiyatini o‗qituvchi nafaqat og`zaki
bayon qilish orqali, balki integratsion yondasha olish bilan o‗quvchilarda bunday his
tuyg`ularning bir butunlik holatini yaratadi. Yangi pedagogik texnologiyalardan
o‗rinli foydalangan holda kasb-hunar kolleji o‗quvchilarida ma‘naviy-axloqiy
tarbiyani yaxlitligini ifodalovchi his-tuyg`ularni shakllantirish mumkin.
Kuzatishlarimizdan shu ayon bo‗ldiki, kasb-hunar kollejlarida olib boriladigan
tarbiyaviy soatlar talaba-yoshlarning ijtimoiy-ahloqiy rivojlanishida muhim
ekanligini va ularning dunyoqarashini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarni
o‗qitishda innovatsion yondashishning o‗rni tobora oshib bormoqda. Shuni ta‘kidlash
lozimki, kollejning har bir bosqichida talaba-yoshlarga I.A.Karimovning asarlarini
o‗rgatish, ularning mazmunini teran tushuntirishga alohida e‘tibor berish darkor. Shu
bilan
birga
Respublikamiz
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
O‗zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlat strategiyasini, yoshlarga oid
davlat dasturini, ta‘lim tizimini rivojlantirishga oid yangi qabul qilinayotgan Qaror va
76
dasturlar bilan yaqindan tanishib, ulardan keng foydalanishga o‗rgatish bugungi kun
davr talabidir. Ulardagi nazariy, metodologik xulosalarni turli ta‘lim-tarbiyaviy
tadbirlar asosida amalga oshirish, ma‘ruzalar va amaliy mashg`ulotlarda asosiy
manba sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kasb-hunar kollejlari o‗quvchilarida atrof-muhitga nisbatan munosabatni
shakllantirish mazmuni, shakl va vositalari, metod va yo‗llarini ishlab chiqish
yuzasidan olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
Ayniqsa kollej oquvchisining ekologik ta‘lim va tarbiya olishida zarur bo‗lgan
nazariy qarashlar mavzuga aloqador metodologiyasi o‗z ifodasini togan.
Ekologik tarbiya tushunchasining nazariy asoslari tahlil qilindiEkologik tarbiya
tushunchasiga aloqador bo‗lgan ilmiy tadqiqot ishlari atroflicha o‗rganildi.
1.Insoniyat o‗zining moddiy ehtiyojlarini qondira borib, o‗zining ma‘naviy
dunyosini, jumladan, atrof muhitga bo‗lgan munosabatlarini ongli ravishda, reja
asosida amalga oshirish zarur.
2. Bu borada o‗rta ta‘limni tamomlayotgan o‗smirlarni tabiatni muhofaza
qilish qonuniyatlari bilan uzluksiz ravishda tanishtirib borish davlat ahamiyatiga
molik, shuningdek pedagogika fani oldida turgan asosiy muammolardan biri.
3. Hozirgi vaqtda Kasb-hunar kollejlarida ekologik madaniyat,
ekologik ma‘naviyatga yetarlicha e‘tibor qaratilmayotganligi sababli
jamiyatimiz ijtimoiy buyurtmasi va ta‘lim tizimi o‗rtasida ma‘lum ziddiyatlar paydo
bo‗lmoqda:
4. Kasb-hunar kollejini tamomlayotgan o‗smirlarni zamonaviy talablar asosida
atrof muhitni muhofaza qilish bo‗yicha amaliy faoliyatga tayyorlash
zarururiyati va bu ehtiyojni umumta‘lim maktablarining o‗quv-tarbiya
jarayoni qanoatlantirmayotganiligi.
5.O‗smirlarda atrof muhitni muhofaza qilishga oid bilim va ko‗nikmalarni
shakllantirishda asosiy e‘tibor tabiat va jamiyatning o‗zaro ta‘siri
muammolariga tabiat zahiralarini qo‗riqlashga, tabiat zahiralaridan oqilona
foydalanishga qaratiladi.
77
6.Ekologik madaniyat tushunchasi ―o‗smirlarda tabiatning mavjudligi va
rivojlanishi, uning zahiralari jamiyat mavjudligini zaruriy sharti ekanligi haqida ilmiy
qarashlarni maqsadga muvofiq holda shakllantirish jarayoni‖ sifatida aniqlanadi.
7.Milliy istiqlol g‗oyasi va madaniyat asoslarini o‗qitishda shakllantirish
mumkin bo‗lgan ekologik madaniyatning pedagogik tizimi ishlab chiqildi va
nazariy jihatdan aooslab berildi. Bu tizim o‗smirlarda atrof muhitni muhofaza
qilishga oid bilim va ko‗nikmalarini shakllantirish maqsadiga mos holda pedagogik
ta‘sir etish sifatini oshirish uchun zarur bo‗lgan o‗zaro bog‗liq metodlar, jarayonlar
va vositalarni o‗zida mujassamlashtiradi.
O‗smirlarda ekologik madaniyatni shakllantirish muammosining amaliy
asoslarini o‗rganish quyidagilarga e‘tibor qaratish lozimligini ko‗rsatdi, fan asoslari
mazmunini o‗smirlarda ekologik bilimlarni tarkib toptirishga oid bilimlar bilan
boyitish, o‗qituvchilarning ekologik xulq-atvor, madaniyat, ahloqiy tarbiyaga oid
bilimlarini boyitish va o‗smirlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga
yo‗naltirilgan metodlar bilan qurollantirishni davr taqozo etmoqda
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilsak, ona sayyoramizning kelajagi ko‗p jihatdan
insoniyatning o‗ziga bog‗liq ekanligini anglaymiz. Biz o‗z darslarimizda qaysi bir
ekoligik muammo to‗g‗risida to‗xtalmaylik uning kelib chiqish sabablari-yu,
oqibatlari to‗g‗risida o‗quvchilarga to‗liq ma‘lumot bermog‗imiz shart. O‗quvchilar
ekologik buzilishlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlar to‗g‗risida aniq tasavvurga
ega bo‗lsalargina, ularda tabiatga, atrof-muhit tozaligiga va tabiiy resurslardan
foydalinishiga bo‗lgan munosabat yanada yaxshilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |