O„quv so„qmoqlarini tashkil etishning vazifalari.
Shunday qilib, o‗quv so‗qmoqlarini tashkil etish quyidagi muhim vazifalarni
amalga oshiradi:
1. Ekologik ta‘lim.
2. Ekologik tarbiya.
3. Tashrif buyuruvchilarni dam olishi.
4. Tabiatni asrash.
An‘anaviy so‗qmoqlar qo‗riqxonalar, buyurtmaxonalar, milliy bog‗lar atrofida
tashkil etilishi kerak. Bunda so‗qmoq bilan birgalikda himoya yo‗lagi ajratiladi.
Uning eni har xil bo‗lishi mumkin. Agarda o‗rmonni so‗qmoq kesib o‗tadigan bo‗lsa,
unda yo‗lak uchun ikki tomondan bir necha metr, ochiq joylarda esa bu birnecha o‗n
metrni tashkil qilishi mumkin. So‗qmoq bo‗ylab himoya yo‗lagini tashkil etishdan
maqsad u hududdan xo‗jalik maqsadida foydalanmaslikdir.
Bundan tashqari o‗quv so‗qmoqlari shahar o‗rmon hiyobonlari, dam olish hududlari
shahardagi yashil maskanlar, shuningdek, cho‗l, dasht, tog‗li hududlarda tashkil
etilishi mumkin. So‗qmoqlar kollej, kasb-xunar kollejlari tevarak-atroflarida,
o‗quvchi va talabalar kuchi bilan tashkil etilishi mumkin. Ana shunday yo‗nalishlar
o‗quv ekologik so‗qmoqlar deb nom olgan.
O‗quv ekologik so‗qmoqlar qator o‗ziga xos xususiyatlar so‗qmoqni tashkil etish,
undagi ob‘ektlar majmuasi va joylanishi hamda tashviqot-targ‗ibot ishlari bilan
bog‗liqdir.
O‗quv ekologik so‗qmoqlar uch turdagi tashrif etuvchilarga mo‗ljallangan:
1. Pedagog va tarbiyachilar, o‘quvchilar.
2. Kollejgacha tarbiya muassasalarining katta guruh bolalari, kollej o‗quvchilari va
kasb-hunar kollejlari talabalari.
3. Barcha aholi uchun.
O‗quv ekologik so‗qmoqlar tashrif etuvchilar uchun tabiatning eng so‗lim va xilma-
xil ma‘lumotlar olish imkonini bera olishi mumkin bo‗lgan, shuningdek estetik zavq
bera oladigan va borish qulay bo‗lgan joylardan tanlanishi lozim.
O‗quvchilar uchun yo‗nalish ob‘ekti taxminan 2-2,5 soatga mo‗ljallangan, masofasi
70
esa 2 km ni tashkil etgan bo‗lishi kerak.
So‗qmoqdan olinadigan ma‘lumotlarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin:
- bilish, o‗rganib borish;
- ma‘rifiy;
- yo‗l-yo‗riq olish, yozib borish.
Har bir ma‘lumot muayyan yo‗nalish va ob‘ektlarga ega. Masalan, tabiiy ob‘ektlar
bilish va o‗rganib borish bo‗yicha ma‘lumotning asosi bo‗lib hisoblanadi.
Tashrif etuvchilarning diqqatini o‗quvchilar tomonidan tabiiy atrof-muhitni
muhofazasi borasidagi ishlari o‗ziga jalb qiladi. Shuning uchun yo‗nalish bo‗yicha
o‗quvchilar tabiatni muhofaza qilishga oid, ijtimoiy foydali ishlarni bajarishlari
maqsadga muvofiqdir. Bularga so‗qmoqning o‗tish joylarini tashkil etish, hashoratlar
uchun kichik buyurtmaxonalar, qushlar uchun sun‘iy uyalar va ozuqa uchun
moslamalar yasash va boshqalar kiradi. Ana shunday ob‘ektlar o‗quvchi va talabalar
uchun ilmiy tadqiqot xarakteridagi ishlar bo‗lib hisoblanadi. Olingan natijalar yosh
ekskursovodlar tomonidan tashrif etuvchilarga hikoya qilib beriladi.
So‗qmoqdagi maxsus ob‘ektlar sifatida tabiat yodgorliklari hisoblanishi mumkin.
Ular o‗tgan uzoq o‗tmish haqidagi voqealarning guvohi sifatida ko‗pgina ma‘lumot
berishi mumkin.
Ma‘rifiy suhbatlar tashkil etishga insonning tabiatdan foydalanish masalalari
bo‗yicha ko‗zga tashlanib turgan antropogen landshaftlar misol bo‗la oladi va
hakazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |