Ekologik ekskursiyalar tashkil etish
Ekologik ekskursiyalar sinfdan tashqarida tabiatda, qishloq xo‗jaligi va sanoat
ishlab chiqarishlarida, botanika bog‗lari, hayvonot bog‗lari, muzeylar, qo‗riqxona,
buyurtmaxona, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa joylarda o‗tkaziladigan o‗quv
xarakteridagi mashg‗ulotlardir. Ekskursiya asosan bahorda va kuzda tabiatda yoki
muhofazaga olingan hududlarda o‗tkazilsa, muzeylarga tashkil etiladigan
ekskursiyalar dasturda ko‗rsatilgan materiallarni mustahkamlash uchun reja asosida
o‗tkaziladi.
71
Dastur bo‗yicha quyidagicha ekskursiyalar tashkil etish mumkin:
-odam va uning salomatligi;
- atrof-muhit holati va uni yaxshilash;
- mahalliy ekologik muammolar.
Ekskursiya o‗quvchilarni voqea va hodisalarni bevosita kuzatish, tabiiy
sharoitda o‗rganish imkonini beradi. O‗quvchilar tirik organizmlarni yashash sharoiti
va unga moslashish tomonlarini bilib oladi.
Qishloq xo‗jaligi va sanoat ishlab chiqarishlariga uyushtirilgan ekskursiyalarda
ekologik bilimlarning amalda qanday qo‗llanilayotgani kabilarni bilib oladi.
Ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati ham katta. U o‗quvchilarda ongli intizom,
o‗rtoqlik va do‗stlik, tashabbuskorlik va havaskorlik hislatlarini tarbiyalaydi.
Shuningdek, tetik va sog‗lom, estetik tuyg‗ular, Vatanga muhabbat kabi tuyg‗ular
shakllanadi. Ekskursiya davomida o‗quvchilarning bajargan ishlari ekologik
ko‗nikmalarni hosil qilsa, ikkinchi tomondan, ulardan dars va darsdan tashqari
mashg‗ulotlarda foydalanish mumkin.
Ekskursiyaga tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi.
2. O‗qituvchi tomonidan ekskursiya uchun joy va marshrutni belgilanadi, tegishli
jihozlar tayyorlanadi.
Ekskursiyaning rejasi tuzilib tegishli metodlar, didaktik materiallar hisobga olinadi.
Ekskursiyaga tayyorgarlik ko‗rish uchun o‗quvchilar oldindan ogohlantiriladi va
tegishli adabiyotlar bilan tanishish vazifa qilib beriladi.
Qishloq xo‗jaligi va sanoat ishlab chiqarishi va boshqa shunga o‗xshash
ekskursiyalarda uning vaqti to‗g‗risida xo‗jalik yoki muassasa bilan kelishib olinadi.
Tabiatda o‗tkaziladigan ekskursiyalarda quyidagilar hisobga olinishi kerak.
Ekskursiya o‗qituvchining kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda ekskursiyaning
mavzusi, maqsadi va o‗tkazish tartibi tushuniriladi. O‗quvchilar guruhlarga bo‗linib,
mustaqil topshiriqlar beriladi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya o‗tkaziladigan
joydagi ob‘ektlardir. Ob‘eklarni ko‗rsatish va tushuntirish suhbat yo‗li bilan izchillik
bilan olib boriladi. Ekskursiyada mustaqil ishlar tashkil etish bilan o‗quvchilarning
72
bilim va ko‗nikmalari mustahkamlanadi.
Ekskursiyani o‗tkazish uchun amaliy maslahatlar
Ekskuriyaga oldindan tayyorgarlik ko‗rish kerak. Bunda quyidagilarga e‘tibor berish
kerak:
- ekskursiyaning mavzusini tanlash;
- ekskursiyaning rejasini tuzish;
- ekskursiya o‗tkazadigan joy bilan oldindan tanishish;
-ekskursiyaga boruvchi talabalar bilan ekskursiyada qanday masalalarga e‘tibor
berishlarni hamda qanday kiyinishlari kerakligi, nimalar olmaslik kerakligi kelishib
olinadi;
- o‘quvchilarni tabaitda yoki ishlab chiqarish korxonalarida o‗zlarini tutish
qoidalari bilan tanishtirish.
Ekskursiya davomida ko‗rsatish mumkin bo‗lgan ob‘ekt haqida gapiriladi.
Ekskursovod umumbiologik va umumekologik mavzularini nazariy bilimlarini
muhokama qilishni taklif etishi mumkin. Shubhasiz, ekskursiya amaliy ahamiyatga
ega ekanini hisobga olinishi kerak. Ekskursiyada ba‘zi bir tirik ob‘ektlarni, ayniqsa,
hayvonlarni tutib, o‘quvchilarga namoyish qilish mumkin. Ayrim o‗simlik va
hayvonlarning tabiiy holdagi yashash joylarini guruhlarga ko‗rsatish mumkin.
Iloji boricha o‗rganiladigan ob‘ektlar haqidagi ma‘lumotlar o‗qituvchi va
talabalarning qo‗lida bo‗lgani maqsadga muvofiq. Ob‘ektlar ko‗rsatish, tushuntirish
suhbat yo‗li bilan olib borilishi kerak.
O‘quvchilar tirik ob‘ektlarni kuzatib o‗rganayotganda vaqt ham hisobga olinishi
kerak.
O‘quvchilarning ekskursiya davomida faolligi muhim ahamiyatga ega. Talaba va
o‗quvchilar ob‘ektlarni faol o‗rganishlari va o‗qituvchining ma‘lumotlarini
tinglashlari zarur. Shuningdek, talabalar daftarlariga ba‘zi ob‘ektlar haqidagi
ma‘lumotlarni yozib olishlari kerak.
Ekskursiyada guruhlar bilan muloqot amalga oshirilishi kerak. Buning uchun
talabalarni qiziqtiruvchi savollar va topshiriqlar tayyorlab qo‗yilishi kerak.
Talabalar xotirasida olingan ma‘lumotlarni mustahkamlash. Buning uchun har bir
73
talabaning ekskursiya uchun tutgan daftarlariga yozib borayotganligini nazorat qilish
lozim. Ekskursiya tugagandan so‗ng, yozilgan ma‘lumotlar yuzasidan [15-20 daqiqa]
suhbat o‗tkazish kerak.
Darsdan tashqari ishlar shunday hisob bilan tashkil etiladiki, bunda har bir o‗quvchi
yil davomida bir ikkita ish bajaradi, ularga tegishli baholar oladi.
Darsdan tashqari ishlar mavzusiga ko‗ra uyga berilgan tajribalarga yaqin hisoblanadi,
ba‘zan mos ham keladi. Farqi shundaki uy ishlari ancha oddiyroq bo‗ladi, ular asosan
butun sinf uchun bir vaqtda beriladi va uyda bajariladi. Darsdan tashqari ishlar turli-
tuman, murakkabroq bo‗ladi. Jihozni nazoratni, o‗quvchilar imkoniyatini, tirik
to‗garak burchagi imkoniyatini hisobga olinadi. Bu ishlar ko‗p haftalar, bir necha
oylar davomida o‗tkazilishi mumkin.
Tirik tabiat burchagi uchastkasida va tabiatda boshqa ishlar, darsdan tashqari ishlar,
darsda o‗rganish uchun qiziqarli material beradi. O‗quvchining mustaqil ishlash
o‗quv va ko‗nikmalarini tarbiyalaydi. Tabiatga qiziqishni rivojlantiradi. Bunday
ishlarni bajarish uchun o‗quvchilar odatda topshiriqlarda ko‗rsatilgan o‗simlik va
hayvonlar tabiatdagi maxsus adabiyotga ma‘lumotnomalarga ensiklopediyaga
murojat qiladilar. Yangi adabiyot qidirib topishda tashshabbus ko‗rsatadilar. Bu
doimiy kitobga murojat qilish ehtiyojini tarbiyalaydi.
Darslar bilan uzviy bog‘liq holda va sismavzuda darsdan tashqari ishlar biologiya
o‗qitishning majburiy formasi bo‗lib qoladi va ular asosiy va bosh formani darsni
davom ettiradi va mustahkamlaydi.
Oldingi sinflardagi kabi, pedagogika kursida ham o‗quvchilarning bunday ishlari
majburiy bo‗lib, ular tirik tabiat burchagida va tabiatda o‗tkaziladi. Ular mazmuni
jihatdan o‗quv rejasi bilan chambarchas bog‗liq bo‗ladi. Tajriba va kuzatishlar olib
borib, ularni darslarda ko‗rsatishga tayyorlash, biologik kolleksiyalar va gerbariylar
tuzish, mikroskopda ishlash, genetika masalalarini hal qilish shular jumlasidandir.
Har bir o‗quvchi yil mobaynida 1- 2 ta ish bajaradi. ‖Atrof-muhitni asrab avaylash‖,
―Tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini bo‗lish‖ kabi mavzularga oid darslarda ko‗rib
chiqiladigan muammolar kuz faslida, kechi bilan fevral oyi boshlarida o‗tkazilsa
yaxshi bo‗ladi.
74
Tabiatda darsdan tashqari ishlar, ko‗pincha, kuz faslida bajariladi. Bunda
―Tabiatimizning boy go‗zalligi va uni avaylab asrash‖ degan mavzu uchun material
rejalashtiriladi. Bunday hollarda, darsdan tashqari ishlar tabiatda olib boriladigan
ishlar bilan bog‗lik bo‗lgan uy vazifasi xarakterini oladi.
1.O‗quvchida atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirish imkoniyatlari:
tasavvurlarning nisbatan yuqori darajasi, atrof-muhit haqidagi axborotlarga
qiziquvchanlik bilan qarash, atrof-muhitdagi ob‘ektlar va hodisalarga hissiy javob
berish qobiliyati mavjud.
2.
Dars jarayonida ekskursiyalarni tashkil kilish usullarining avzalliklari shundaki
kuzatuvchanlik rivojlantirib, shu asosda xulosa va taxlil qilgan xolda, nazariy va
amaliy bilimlarni shakllantiradi.
3.
O‗quvchilarni ekskursiya davomida bilimlarni shakllanishini hamda bu
bilimlarni baholash tizimini shakllantirish.
4.
Ekskursiyadan foydalanish vaqtida talabalarni ekologik dunyoqarashini
shakllantirgan xolda erkin firklash qobilyatini shakllantiradi.
5.Dars jarayonida olingan nazariy ma‘lumotlarni amaliyot davrida yanada qiziqarli
o‗tishiga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |