Kasb – hunar kollejlari o`quvchilarida ekologik tarbiyani shakllantirishning innovatsion uslublari


Ekologik ta‟lim berishda  og„zaki metodlar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/55
Sana25.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#410527
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
kasb-hunar kollejlari oquvchilarining ekologik tarbiyasida innovatsion texnologiyalarni qollashning pedagogik samaradorligi (1)

 

Ekologik ta‟lim berishda  og„zaki metodlar. 

Ekologik  bilim  berishda  qo‗llaniladigan  metodlardan  og‗zaki  metod  asosiy 

o‗rinlardan birini egallaydi. Og‗zaki bayon metodlari guruhi o‗z ichiga tushuntirish, 

xikoya, suhbat, ma‘ruza, bahs-munozara kabilarni oladi.



 

Quyida  ushbu  metodlarning  tarkibiga  kiruvchi  metodik  uslublar  haqida 

tushuncha keltiramiz. 

Tushuntirish  metodi  deganda  muayyan  o‗rganilayotgan  ob‘ektni  ayrim 

tushunchalar va xodisalarni qonuniyatlarini og‗zaki talqin etish deb tushuniladi. 

Hikoya  metodi  o‗quv  materialini  jonli,  ob‘ektlarga  xos  xususiyatlarini  bayon 

qilish,  axborotning  ilmiyligi,  tushunarliligi,  nutqning  ravonligi  va  ifodaliligi  uslubi. 

Hikoya yangi mavzuning ifodali izchil bayon qilinishidir. 

Odatda  hikoya  darsni  uncha  katta  bo‗lmagan  qismini  tashkil  qilib,  boshqa 

metodlarda  suhbat,  ekran  vositalarini  namoyish  qilish,  kitob  bilan  ishlash  va 

boshqalar bilan uyg‗unlashib ketadi. 

Suhbat  metodi  suhbat  savollarini  ketma-ketlikda  qo‗yish,  yordamchi  va 

qo‗shimcha  savollarni  o‗z  vaqtida  berish,  o‗quvchilarni  faollashtirish,  o‗quvchilar 

javobidagi hatolarni to‗g‗rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib toptirish uslubi. 

Ushbu  metod  o‗quvchilarga  bilim  berishda  muhim  rol  o‗ynaydi.  O‗qituvchi 

o‗quvchilar  oldiga  savol  va  topshiriqlar  qo‗yadi,  suhbatning  izchilligi  va  rejasini 




22

 

 



 

belgilaydi.  O‗quvchilar  javoblarni  tayyorlar  ekan,  berilgan  savollar  haqida  fikr 

yuritadi,  mavjud  bilimlarni  safarbar  qiladi,  faol  ijodiy  fikr  yuritadi.  Suhbat  metodi 

yakunlovchi, umumlashtiruvchi va yangi mavzular o‗tgan materillr bilan bog‗lovchi 

darslarda muhim ahamiyatga ega.  

Ma‘ruza  metodi  katta  hajmdagi  materialni  monologik  usulda  bayon  etish 

hisoblanadi.  Ma‘ruzaning  afzalligi  shundaki,  mavzu  materialini  o‗quvchilar 

to‗liqligicha,  ya‘ni  o‗zaro  tugallangan  holda  o‗zlashtiradilar.  Ma‘ruzada  kirish, 

umumlashtiruvchi ma‘ruzalar hamda mavzuviy ma‘ruzalar ajratiladi.  

Baxs-munozara-bu  muayyan  muammo  bo‗yicha  o‗z  fikr-muloxazalariga  va 

qarashlariga  ega  bo‗lgan,  boshqalar  bilan  o‗zaro  almashish  imkonini  beradigan 

o‗qitish  metodidir.  Ushbu  metoddan  talabalar  ancha  yetuk,  o‗z  nuqtai  nazariga  ega 

bo‗lgan,  teran  fikrlay  oladigan,  o‗z  muloxazalarini  erkin  ayta  oladigan  hollarda 

foydalanish  mumkin.  Bu  metodning  ta‘lim-tarbiyaviy  ahamiyati  juda  katta.  Unda 

talaba muammoni chuqur anglab yetishiga, o‗zini fikrini himoya qilishga o‗rganadi, 

shuningdek o‗zgalar fikrlari bilan hisoblanadi. 

Ko‗rgazmali metodlarning og‗zaki va amaliy metodlar bilan uyg‗unlashishi va 

ulardan  o‗z  o‗rnida  foydalanish,  ekologiyani  o‗qitishda  yaxshi  samara  beradi. 

Masalan:  o‗quvchilarning  bilish  faoliyati    takomillashadi,  o‗rganayotgan  nazariy 

materiallarini aniqlashtiradi, olingan nazariy bilimlarni turli ekologik ob‘ektlar orqali 

kuzatish  va  tajribalar  qo‗yish  imkoniyatiga  ega  bo‗ladi,  shuningdek  o‗rganayotgan 

nazariy materialini turli sxema, jadvallar asosida aniqlaydi va tasniflaydi. 

Kuzatish  metodi  orqali  o‗quvchilar  har  bir  mavzularga  oid  materillarning 

ko‗rgazmali  vositalarni,  shuningdek  tirik  organizmlarning  tashqi  muhitning 

o‗zgarishi  bilan  boradigan  munosabatlarini  organizm  va  muhit  orasidagi  o‗zaro 

bog‗liqlikni mustaqil kuzatadilar va o‗rganadilar.



.

 

Ekologik  tarbiya  berishda    amaliy  metod  ob‘ektlarni  ochish,  aniqlash,  bo‗lib 



tashlash,  eksperiment  o‗tkazish,  mashq  va  masalalarni  yechish,  hamda 

o‗quvchilarning ishlab chiqarish mehnati kiradi 




23

 

 



 

Amaliy  metodlarning  laboratoriya  metodidan  farqi  bunda  o‗qituvchi 

faoliyatidan  olingan  bilimlarni,  amaliy  maslahatlarni  hal  etishga  yo‗naltirilgan 

bo‗ladi. Avvalo nazariyani amalda qo‗llay olish nazarda tutiladi. 

Amaliy  metod  o‗quvchilarni  bilim  va  ko‗nikmalarini  chuqurlashtirishga, 

shuningdek  bilim  olish  faoliyatini  rivojlantiruvchi  vazifalarni  hal  etishga  yordam 

beradi.  Amaliy  metodda  o‗quvchilarning  bilim  olish  faoliyatini  odatda  5  bosqichga 

ajratiladi. 

1-bosqich. O‗qituvchining tushuntirishi. Ushbu bosqich ichki nazariy fikrlardan 

iborat. 


2-bosqich. Ko‗rsatkich. Yo‗l-yo‗riq berish bosqichi. 

3-bosqich.  Namuna.  Ushbu  bosqichda  2-3  o‗quvchi  ishni  bajaradi,  qolgan 

o‗quvchilar kuzatuvchi bo‗lib o‗qituvchi rahbarligida hatolarni tuzatiladi. 

4-bosqich. Ishni bajarish. Ushbu bosqichda har bir o‗quvchi topshiriqni mustaqil 

ravishda  bajaradi.  O‗qituvchi  topshiriqni  yaxshi  uddalay  olayotgan  o‗quvchiga 

e‘tibor beradi. 

5-bosqich.Nazorat. Ushbu bosqichda o‗quvchilarning ishlari qabul qilib olinadi 

va baholanadi. 

Amaliy  metod  o‗quvchilarni  topshiriqni  yuqori  sviyada  bajarishga  o‗rgatadi. 

Ularda  xo‗jalik,  iqtisodiy  va  boshqa  xislatlarni  shakllntirishga  yordam  beradi. 

Shuningdek ish jarayonini to‗g‗ri tashkil etish odatlari vujudga keldi. Ya‘ni ishning 

maqsadini anglash vazifalarini tahlil qilish uni yechish sharoitlari asbob-uskunalarni 

tayyorlashini sifatini nazorat qilish, xulosalarni tahlili kabilar. 

 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish