texnologiyalarni qo„llashning ilmiy-nazariy asoslari.
1.1.
“Ekologik tarbiya” jarayonining tarixiy-ijtimoiy rivojlanish
bosqichlari
O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, o‗z oldiga milliy qadriyatlarga
asoslangan xuquqiy demokratik davlatni qurish va fuqoralik jamiyatini
shakllantirishni maqsad qilib qo‗ydi. Unda xar bir fuqaro uchun davlat tiliga xurmat,
respublika tarixiga e‘zoz va o‗z vataniga mexr ila yashash imkoniyati yaratildi.
Milliy g‗oyaga tegishli bo‗lgan ushbu uch talabning oxirgisi ekologik tarbiya bilan
bevosita bog‗liqdir. Chunki ekologik bilim, o‗z mazmun va mohiyatiga ko‗ra,
11
ekotizimlarda turgan barcha ob‘ektlarning biosferada tabiat-jamiyat munosabatlarini
uyg‗unlashtirishga olib keladi. Aynan ekologiyaning predmeti davlatning tabiiy
sharoiti, tabiiy boyliklari va resurslari, ekologik holati va uni muxofaza qilish yo‗llari
xamda unga oid ta‘lim va tarbiya kabilar bo‗lib xisoblanadi.
Har bir xalqning milliy g‗oyasi uning maqsad va muddaolarini ifodalaydigan,
o‗tmishi va kelajagini uzviy bog‗laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga
xizmat qiladigan ma‘naviy omildir.
Ekologik bilimlar bilan puxta qurollangan shaxs g‗oyaviy tahdidlarga yoki
istiqlolimizning kelajagiga shubha tug‗diruvchi xar qanday ikkilanishlarga yuqori
darajada qarshi tura olishi mumkin. Chunki, istiqlolimizning ahamiyatini yoshlar
ongiga singdirishda, bu borada ishonchli dalallarga suyangan holda ularda Vatanimiz
tabiati xaqida samimiy faxrlanish, g‗ururlanish, shu bilan birgalikda qayg‗urish kabi
tuyg‗ularni shakllantirish ekologik ta‘lim tarbiyaning bosh vazifasi sanalmog‗i
lozim. Zero I.A. Karimovning ―O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ asrida ta‘kidlaganidek, ―Asrlar
tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik
xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‗l qovushtirib o‗tirish o‗zini-o‗zi o‗limga
mahkum etish bilan barobardir‖ [18.b.46].
Yer kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop muhitning chuqurlashuvida
ozmi-ko‗pmi O‗zbekistonning ham ishtiroki bor. Mamlakatimizda yashayotgan 31
milliondan ziyod aholining yarmidan ko‗pi ekologik xavfli bo‗lgan muhitda
istiqomat qilmoqdalar. Orol dengizi va unung atrofida ro‗y berayotgan ekologik
inqiroz holati sovet davrining noekologik agrar-iqtisodiy siyosatining natijasidir.
Shuning uchun ham davlatimiz, O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
I.A.Karimov ekologik masalalarni iqtiodiy, siyosiy va ijtimoiy istohatlar bilan
uyg‗unlashtirilgan holda olib borilishi lozim deb topgan va bu siyosat o‗zining
munosib davomchisi qo‗lida yanada yuqori cho‗qqilari bilan davom qilmoqda.
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni
ta‘minlash bo‗yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy iqtisodiy chora tadbirlar
ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy
12
resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga
soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanish
mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga
oshirish, turli toifadagi qo‗riqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ulardan alohida
foydalanish rejimini o‗rnatish tartib taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan
30 dan ortiq normativ huquqiy hujjat qabul qilindi va amal qilmoqda.
Qabul qilingan hujjatlar atrof muhit obyektlarining ifloslanish darajasini ma‘lum
darajada kamaytirish, qo‗riqlanadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, xalqaro
tashkilotlarni milliy ekologik muammolarni hal etishga jalb qilish imkonini berdi.
Shu bilan birga, atrof muhit muhofazasi sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi
va nazorati bo‗yicha o‗tkazilgan tahlil bir qator kamchilik va muammolar borligini
ko‗rsatdiki bularni bartaraf qilish uchun ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar
strategiyasini, ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖da amalga oshirishga
oid Davlat dasturida ko‗zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish uchun O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining ―Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida
davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonda O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasini
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‗ysunuvchi va hisobot beruvchi
O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat
qo‗mitasiga aylantirildi.
Yuqoridagi farmonga asosan Davlat ekologiya va atromuhofaza qilish muhitni
qo‗mitasiga quyidagi vazifalar yuklandi: ekologiya, atrof muhit muhofazasi, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini
amalga oshirish;
maishiy chiqindilarni to‗plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‗mish
ishlarining samarali tizimini tashkil etish; atrof muhitning ekologik holati maqbul
tarzda saqlanishini, ekologiya tizimlari, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni
qo‗riqlashni, ekologik vaziyat sog‗lomlashtirilishini ta‘minlash, yer, yer osti
boyliklari, suv, o‗rmonlar, qo‗riqlanadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‗simlik
13
dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza
qilish, chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka
rioya qilish borasida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish; ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi
hayvonlar, yovvoyi o‗simliklar ko‗paytiriladigan va saqlanadigan pitomniklar,
zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish, ekologik tarbiya,
targ‗ibot va ma‘rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof muhit muhofazasi
sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Yuqoridagi farmonga muvofiq quyidagi tuzilmalar tashkil etiladi: O‗zbekiston
Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat
qo‗mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish
boshqarmalarining markaziy apparatlarida chiqindilarning hosil bo‗lishi, ularni
to‗plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‗mish va
realizatsiya qilish bo‗yicha nazorat inspeksiyalari; Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‗mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida ‖Toza hudud‖ davlat unitar
korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida, shuningdek, tuman hokimliklari
huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni olib ketish bo‗yicha
xizmat ko‗rsatadigan uchastkalari negizida ularning filiallari; tabiatni muhofaza
qilish respublika va mahalliy jamg‗armalari negizida Ekologiya, atrof muhitni
muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish bo‗yicha
jamg‗arma tashkil etiladi, jamg‗arma mablag‗lari birinchi navbatda atrof muhitni
muhofaza qilish tadbirlariga, jumladan, chiqindilar bilan bog‗liq ishlarga va
bioresurslarni saqlash va qayta tiklashga, ekologiya va atrof muhitni muhofaza va
monitoring qilish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini o‗tkazishga, targ‗ibot va ma‘rifiy
ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi
mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‗naltirilmoqda; Shuningdek,
O‗zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksiga
jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, bu borada chiqindilar
14
bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun
jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, O‗zbekiston Respublikasining ―Tabiatni
muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi, ―Yer osti boyliklari to‗g‗risida‖gi qonunlariga ko‗p
joyda uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini
buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish
yuzasidan o‗zgartish kiritildi. Mazkur qarorning amalga oshirilishi juda muhim
ahamiyatga ega bo‗lib, quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
Birinchidan, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan davlat nazorati va boshqaruvi organlarining tizimli
ish olib borish samaradorligini oshiradi;
ikkinchidan - ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi idoralararo
samarali hamkorlikni ta‘minlaydi;
uchinchidan-atrof muhitning ekologik holati, ekologik tizim, tabiiy komplekslar va
alohida obyektlarni qo‗riqlash uchun qulay shart sharoitlar yaratadi.
Shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti M.Sh.Mirziyoyevning 2017- yil
7- fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar
strategiyasi‖ to‗g‘risidagi farmoniga asosan 2017-2021 yillarda O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari ishlab chiqilgan.
Ushbu strategiyaning 5 bo‗limining 1- bandida ekologik muammolariga
jumladan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‗yicha tizimli chora-tadbirlarni
kuchaytirish, tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar
ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish..
Mazkur hujjat bilan Radiatsiya xavfsizligini ta‘minlash tizimini takomillashtirish
bo‗yicha Davlat dasturi tasdiqlanib, unda respublikamizda radiatsiya xavfsizligini
ta‘minlashga doir amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan aniq tadbirlar, korxona va
tashkilotlarning bu boradagi vazifalari va majburiyatlari, ularning o‗zaro hamkorligi,
mazkur sohada hal etilishi lozim bo‗lgan boshqa masalalar nazarda tutilib chora
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu harakatlar bejiz emas albatta zero insonning shaxs sifatida shakillanishida
xalqning tarixiy, milliy ma‘naviy merosi asosiy o‗rin tutadi. Ushbu holat insonda
15
ekologik madaniyatning shakillanish jarayoni uchun ham daxildordir. Shu sababli
o‗quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish jarayonida millat ma‘naviyatining
tarixiy negizlari, milliy, hududiy asoslarini o‗rganish hamda ularga suyanish muhim
ahamiyatga ega.
I.A. Karimov ta‘kidlaganlaridek ―…yangicha fikrlash –g‗oyat murakkab va bu bir
kunda hal bo‗ladigan ish emas. ‗buning uchun ancha vaqt va katta mas‘uliyat kerak.
Shuning uchun ham jamiyatni isloh qilishda yangicha, zamonaviy fikrlovchi
kishilarga tayanishni men hal qiluvchi omil deb hisoblayman.Bu masalaning
hayotimizning barcha tarmoqlariga, shu jumladan, ilmu fan sohasiga ham bevosita
dahli bor‖ .[16.b.86] - deb bejiz ta‘kidlamagan edilar.
Zero, kasb-hunar kalleji o‗quvchi yoshlarini har tomonlama etuk shaxs qilib
tarbiyalashda ekologik, estetik tarbiyaning ro‗li beqiyos hisoblanadi.
Har bir halqning milliy g‗oyasi uning maqsad va muddaolarini ifodalaydigan,
o‗tmishi va kelajagini uzviy bog‗laydigan, asriy orzu istaklarini amalga oshirishga
xizmat qiladigan ma‘naviy omildir. Milliy g‗oya har bir vatandoshimizni o‗z oilasi,
jamiyat, el-yurt oldidagi burch va ma‘suliyatini qay darajada ado etayotganini
belgilaydiga ma‘naviy merosdir [29.b.20].
Burch va masuliyatni anglash bevosita milliy g‗urur orqali namoyon bo‗ladi.
Milliy g‗urur – har bir millatning o‗z -o‗zini anglashi natijasida sodir bo‗ladigan
ichki ruhiy kayfiyati. Bu tuyg‗u ona zamin, avlodu ajdodlarimizning moddiy va
ma‘naviy merosi, millatimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‗shgan hissasidan, o‗zga
millat va elatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‗-e‘tiboridan fahrlanish hissiyoti.
Insonning shaxs sifatida shakillanishida xalqning tarixiy, milliy ma‘naviy
merosi asosiy o‗rin tutadi. Ushbu holat insonda ekologik madaniyatning shakillanish
jarayoni uchun ham daxildordir. Shu sababli o‗quvchilarda ekologik madaniyatni
shakillantirish jarayonida millat ma‘naviyatining tarixiy negizlari, milliy, hududiy
asoslarini o‗rganish hamda ularga suyanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bilan inson orasidagi munosabatlar murakkab tarixiy xarakterga ega.
Jamiyatning davrlar mobaynida rivojlanishi tabiat va tabiiy boyliklardan u yoki bu
darajada foydalanish hisobiga kechgan. Ushbu jarayonda har bir hudud va shu joyda
16
istiqomat qiluvchi millatlarga xos bo‗lgan tabiat bilan munosabat me‘yorlarining
tarixiy, milliy, hududiy xususiyatlari shakillangan. Ular asosida avlodlar
tarbiyalangan.
Ekologik ta‘lim-tarbiya jarayonlarining Markaziy Osiyo mintaqasida o‗ziga
xos tarixiy taraqqiyot yo‗li mavjud. ―Avesto‖, Hadisi sharif, o‗tmish allomalaridan
Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn
Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahriddin Muhammad
Bobur kabilarning asarlarida tabiat noz-ne‘matlaridan oqilona, tejamkorlik bilan
foydalanish, tirik mavjudodlarga ozor bermaslik, tevarak-atrofni toza tutish, bog‘ va
gulzorlar yaratish to‗g‘risida ko‗plab fikrlar bildirgan. Ular diniy qadriyatlar va
o‗gitlar sifatida ajdodlar tomonidan avlodlarni tabiatga nisbatan mehr-muhabbat
ruhida tarbiyalash jarayonida o‗ziga xos asos vazifasini bajargan.
Ajdodlarimiz koinot va tabiat bilan bog‘liq har bir faslga mos an‘analar
tizimini shakillantirgan. Qadimgi bayramlar, jumladan, bahorgi ―Navro‗z‖ ,‖Angan‖,
kuzgi ‖Mehrijon‖, qishki ‖ Sada‖ kabilar yilning to‗rt faslidagi tabiiy ehtiyojlar
asosida vujudga kelgan. Navro‗z va kuz bayramlari ‖Mehrijon ‖, ‖Nimsada‖
tabiatdagi quvonchli o‗zgarishlarni qutlashga asos bo‗lgan, yozdagi ‖Angan‖ va
qishdagi ‖Sada‖ tabiatda vujudga kelgan noqulaylikni, uning o‗zida mavjud bo‗lgan
suv, olov orqali qulaylashtirishga intilgan.[41.b.80]
Milliy qadriyatlar jamiyat madaniyatining o‗ziga xos tarkibiy qismi sifatida
insonning tabiatga ongli, ma‘suliyatli munosabatini mustahkamlash va
transfarmatsiya qilish ehtiyoji sifatida shakillangan. Chunki jamiyat ham , shahs ham
tabiatdan mutloq ajralgan hodisa emas, balki unung mavjud shakillaridan biridir.
Binobarin, milliy qadriyat tabiiy ijtimoiy amaliyot natijasi sifatida shakillangan
tarixiy-ma‘naviy hodisa bo‗lib, u shahs amaliy faoliyatida ekologik ong va
dunyoqarashning shakillanish mezoni sifatida o‗z aksini topadi.
O‗z navbatida, shaxsning ekologik tafakkuri, qadriyatlariga munosabati u
yashab turgan muntaqaning tabiiy geagrafik iqlim sharoiti, turmush maromi bilan
ham uzviy bog‘liq bio‗lib, bu omillarning ta‘siri hamda o‗zaro aloqadorligi, uning
ekologik dunyoqarashi shakillanishida muhim o‗rin tutadi. Ana shu muhit va tabiiy
17
omillar millatimizning tabiatga nisbatan munosabatini o‗zida mujassamlashtirgan
bebaho qadriyatlarida ham o‗z ifodasini topgan.
Xalqimiz milliy ma‘naviyatida boshqa xalqlarda kam uchraydigan uvol
tushunchasi mavjud. Uvol barcha noz-nematlarga, tabiatning barcha elementlariga
tegishli bo‗lib, insonlarni, tabiatni, umuman hamma narsani nes-nobut qilmaslikka,
e‘zozlashga undaydi. Milliy ma‘naviy mezonga ko‗ra uvolga yo‗l qo‗ymaslik uchun
bir misqol xomashyoni bejiz ishlatmaslik lozim. Bu haqda juda ko‗p iboralar,
maqollar mavjud.
Ota-bobolarimiz ona yerni hurmat qilishgan, uni risq-ro‗zimiz manbai deb
bilishgan. Ekin ekiladigan har qarich yerga mufassal ishlov berilgan. Ishlov
berilmagan yerlardan ham jo‗yali foydalanishgan.
Xalqimiz ―Suv bor joyda hayot bor‖, deb suvni azaldan avaylab asrashgan
hamda tejab-tergab foydalanishgan. Suvni behuda oqizish uvol hisoblangan. Uni
turmushda ham, dehqonchilik ishlarida ham tejashgan. Dehqonchilikda suvni toshirib
yuborish jinoyat hisoblangan.
Eng qadimiy ajdodlarimizning tabarruk udumlari- yer va suvni, olov va havoni
e‘zozlash, bir so‗z bilan aytganda, tabiatni, unung barcha unsurlarini qadrlashi, ularga
ehtirom ko‗rsatilishi, ularning har zarrasini ko‗z qorachig‘idek asrashi va
ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishi e‘tiborga molik jihatlardir. Tabiat va insonning
o‗zaro uyg‘unlugi eng qadimiy manbalarda ham ilohiy qadriyat sifatida ulug‘langan.
Afsuski, oxirgi yuz yillikda aynan mintaqaning ekologik tizimiga juda katta zarar
yetkazildi. Ajdodlarimizning tabiatdan foydalanish sohasidagi an‘anaviy odob-axloq
qoidalari unutib yubordi. Bu qoidalarga ko‗ra suv va yerni o‗ylamay-netmay
bulg‘ash, isrof qilish gunohi azim hisoblanar edi.
Ta‘lim jarayonida o‗quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirishda milliy
xususiyatlar muhim o‗rin tutadi. Ekologik madaniyatni shakllantirish umumbashariy
muammo hisoblansa-da, ushbu yo‗nalishlarda olib boriladigan say-harakatlarda
milliylikni inobatga olish lozim. Chunki muayyan millat ekologik madaniyati bilan
umuminsoniy ekologik madaniyat o‗rtasida umumiylikdan tashqari xususiylik ham
mavjud. Bu borada fikr yuritgan B.M.Ochilov shaxsning ekologik tafakkur tarzi u
18
yashab turgan mintaqaning tabiiy-geografik iqlimi, shart-sharoitiga, u mansub
bo‗lgan millat yoki xalqning mintalitetiga, turmush tarziga, tarixi, urf-odati, e‘tiqidi,
qolaversa, muayyan jamiyatlarda yashovchi kishilarning tabiat to‗g‘risida
dunyoqarashi hamda unga bo‗lgan munosabatlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini
ta‘kidlaydi.[41.b.35]
Tadqiqot natijalaridan ma‘lumki, o‗zbek xalqi inson va tabiat o‗rtasidagi
munosabatlarni uzoq yillar davomida muvozanatga solib kelgan milliy ma‘naviy
qadriyatlarga, an‘ana, urf-odatlarga boy millat hisoblanadi.
Jamiyat paydo bo‗lgandan buyon kishilarning tabiatga, atrof-muhitga bo‗lgan
munosabatidagi ilg‘or yondashuvlar, tabiatni ulug‘lashga doir fikrlar, qarashlar,
rasm-rusm hamda tamoyillar vaqt o‗tishi bilan saralanib, o‗ziga xos qadriyat
darajasiga ko‗tarilib borgan. Millatning shakllanishi bilan ular milliy qadriyatlar
sifatida turkumlashib, inson dunyoqarashi, intilishlari, tabiat va unung ne‘matlariga
nisbatan ma‘suliyatli munosabatning shakllanishiga turtki bergan.
Ekologik tarbiya ekologik madaniyatning ajralmas qismi bo‗lib, insoninng ong,
dunyoqarashi va tasavvuriga ta‘sir qilish orqali ularda tabiatga nisbatan ongli,
ma‘naviy munosabat saviyasini muntazam va maqsadli ravishda oshirib borish
jarayonidir.
Ma‘lumki insonning barkamolligi, madaniyati tashqi ko‗rinishiga qarab emas,
balki uning ma‘naviy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Binobarin, yurtning ravnaqi va
kelajagi shu jamiyatda yashovchi fuqarolarning ham ma‘naviy, ham, madaniy
barkamolligiga bog‘liq. Insoniyat ma‘naviy tomondan qashshoq bo‗lsa, kelajagi
porloq jamiyat qurib bo‗lmasligi hayotiy haqiqat.
Hozirda o‗quvchi-yoshlarning ekologiya sohasidagi madaniyatini rivojlantirish
juda muhim. Chunki atrof-muhitning buzilishi va bu jarayon inson salomatligiga
salbiy ta‘sir etish holatlari tobora ortib borib, yoshlarni tabiatga oqilona munosabatda
bo‗lishga, tabiat boyliklarini asrab avaylashga undamoqda.
Mamlakatimizning har bir fuqarosi o‗zida ekologik madaniyatini oshirib borish
vazifasi eng dolzarb muammo ekanini tushunib yetishi va qo‗ldan kelguncha uni hal
qilishda faol qatnashishin kerak. Bugungi kunda ekologik jarayon murakkablashib
19
borayotgani uchun u o‗quvchi yoshlarda yangicha fikrlash va dunyoqarashini,
madaniy, ma‘naviy yetuklikni talab qiladi. Shuning uchun ham yosh avlodni bilimli
qilish, ularda ekologik madaniyatni rivojlantirish pedagoglar oldiga qo‗yilgan eng
muhim vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |